Ismlar o'yini yoxud ismingiz ma'nosini bilasizmi?  ( 118810 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 18 B


Abdusalom  16 Iyun 2006, 09:29:10

Assalomu alaykum!
Silaga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim.

Sizning ismingiz qanday ma'noni anglatadi? Sizga kim ism qo'ygan?

Avvalo o'zim boshlab bersam. Mani ismimni buvamla qo'yishgan. Aslida ismim Abdusalom bo'lgan bo'lsa kerak. Lekin o'sha paytdagi o'ris hujjatnavislari, Assalom shunday o'zgartirishgan.

Salom, bu Allohning sifatlaridan. Arab tilidan, tinchlik, salmatlik degan ma'noni bildiradi. Biz har doim bir-birimizga salom beramiz. Bu "Sizga tinchlik, ofiyat bo'lsin degani".

Mavzu arxsivi

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Iyun 2006, 13:16:52

Assalamu alaykum. Meni ismim Nargiza. Ismimni onam qo'yganlar. Menimcha bu - nargis gulidan olingan. Lekin ismim islomiy bo'lmagani uchun turmush o'rtog'im doimo ismingizni almashtiring deydila. Sizni ismni almashtirishga munosabatingiz qanday.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 10:36:01

Manimcha Nargiza opa, sizning ismingiz ham juda chiroyli.
Nargiz gulini ko'rmaganman-u, lekin hushbo'y, chiroyli gul deyishadi.
Ota-ona suyub qo'ygan ismni o'zgartirish manimcha shart emas.
Islomda musulmon bo'lgach, ism ham albatta islomiy bo'lishi kerak degan hukm bo'lmasa kerak.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyun 2006, 15:39:01

Assalamu alaykum,Doniyor.
Fikrlaringiz uchun tashakkur.
Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 20:23:08

Assalomu alaykum!
Mening asl ismim ma'nosi quyidagicha:

Davronbek - bu so'z uch til mahsuli bo'lib,
davr - arabcha, zamon, davr ma'nolarini bildiradi;
on - forscha ko'plik qo'shimchasi, davron - zamonlar, davrlar ma'nosida;
bek - o'zbekcha, hokim, ega ma'nolarida qo'llaniladi.

Uchchala ma'no qo'shilib - Zamonlar, davrlar begi degan nom kelib chiqayapti.

Bu ismni menga dadam, opoqim (bobo, marg'ilon shevasida Toshkent shevasidan farqli o'laroq "opoqi" deganda erkak kishi tushuniladi) qo'yganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 20:23:35

AbdulAziz ismi "Hamisha g'olib, sharafli, ulug' Allohning quli" degan ma'noni ifodalaydi. 

Bu ism arabcha bo'lib, quyidagi so'zlardan tashkil topgan:

Abd - qul ma'nosida keladi.
al-Aziz - Alloh taoloning sifati bo'lib, ulug', g'olib, sharafli ma'nolarini anglatadi.

Aziz so'zi alohida quyidagi ma'nolarni anglatarkan:
1. Hamisha g'olib, bo'ysunmas, yengilmas.
2. Kamyob, nodir, topilmas.
3. Makarram, sharafli.
4. Misr podsholarining laqabi. Misr azizi (Yusuf alayhissalomning laqabi).

Qayd etilgan


azizaxon  10 Iyul 2006, 16:30:21

Assalomu Alaykum .Aziz forumdoshlar .
Mani ismim Munira  ismimni  buvamlar qo'yganlar
lekin ma'nosini bilmayman  iltimos biladiganla yozivoriyla
agar malol kelmasa  sizlarga oldindan katta raxmat .

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 08:41:14

Assalamu alaykum. Meni ismimni onam qo'yganlar.
Onamni eng yahshi ko'rgan ismlari ekan.
Mubashshir - Hushhabar - Hushhabarchi ma'nolarida keladi.
Qur'oni karim oyatlarida juda ko'p keladi bu so'z.

Qayd etilgan


Laylo  14 Iyul 2006, 07:57:02

Assalomu Alaykum .Aziz forumdoshlar .
Mani ismim Munira  ismimni  buvamlar qo'yganlar
lekin ma'nosini bilmayman  iltimos biladiganla yozivoriyla
agar malol kelmasa  sizlarga oldindan katta raxmat .

Va alaykum assalom Muniraxon!
Ismingiz ma'nosi arab tilidan, "nurlangan" degan ma'noni bildirarkan. Judayam chiroyli ism ekan.

Qayd etilgan


azizaxon  14 Iyul 2006, 08:24:10

Assalomu Alaykum .
Laylo opa sizga katta raxmat mani juda ham xursand qildiz shuncha yildan buyon ismimni ma'nosini bilishni  juda -juda xoxlar edim mana niyatimga ham yetdim  sizga yana bir bora  katta raxmat .yana bir bora RAXMAT   OPAJON !!!!!!!!

Qayd etilgan