Maknuna:
Ba'zi ismlarning ma'nosi
Alisher (ma’nosi — dovyurak, jasur, sherdek kuchli bo‘lib o‘ssin. Ali hamisha qo‘llab-quvvatlasin).
Aziz ( ma’nosi — qadr-qimmatli, muhtaram, ulug‘ kishi bo‘lsin).
Yolqin (ma’nosi — o‘t-olov kabi ravshan, nurli bo‘lsin).
Zarif (ma’nosi — ozoda, toza, pokiza, ziynatli va ziyrak bo‘lsin. Aqlli va dono bo‘lib yursin).
Zufar (ma’nosi — yengilmas yo‘lboshchi, g‘olib va muzaffar).
Ma’sud (ma’nosi — baxtiyor, quvnoq va jiddiy, baxtli).
Nurkamol (ma’nosi — kamolot nuri, mukammal, vazmin, ko‘ngli yorug‘).
Umid (ma’nosi — ko‘p kutilgan bola, orzuli, umidli, xolis niyatli).
Sharaf (ma’nosi — or-nomusli, iftixorli, aziz va hurmatli, bir so‘zli).
Fattoh (ma’nosi - hal etuvchi, mushkulotlarni yenguvchi, g‘olib va odil).
Diyora (ma’nosi — muqaddas Vatan farzandi).
Zavqiya (ma’nosi — xursand va baxtiyor, qag‘ajon, sho‘x qiz).
Zulfinur (ma’nosi — yonib turuvchi, zebo sochli qiz).
Kibora (ma’nosi — ulug‘larga mansuf, aslzoda).
Marg‘uba (ma’nosi — qumsalgan, suyukli, xokisor).
Matluba (ma’nosi — iltijo g‘ilingan, orzu qilingan).
Shahlo (ma’nosi — qora ko‘zli, go‘zal, xushro‘y qiz).
Sahila (ma’nosi — omadli, muloyim, dilbar va saxiy.
Mohina (ma’nosi — nafis, oyga o‘xshash, ozoda va nozik qiz).