RUSTAM-Buyuk polvonning ismi bo'lib, u haqida ertaglar ko'p. Shu o'rinda bir rivoyat esimga keldi: Rivoyat qilishlaricha Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hazrati Ali qilgan qahramonliklarni ko'rib hitoban-Rustamona ish qildingiz- der ekanlar. Bir kuni Hazrati Ali Men kimmanu, Rustam kim (yani men kuchliroqman) deb o'ylanib qolibdilar. O'sha kuni kechasi bir tush ko'ribdilar. Tushlarida Bir yo'lda ketarmishlar, qarasalar bahaybat bir odam judayam katta tog'ni ko'tarib ketayotgan ekan. Shuni ko'rib bu kim bo'di ekan, men qilolmaydigan ishga qodir ekan deb hayollaridan o'tkazibdilar. yo'llarida davom etar ekanlar bir Qushga ko'zlari tushibdi. U qush chunonam chiroyli sayrar, u sayraganda boshqa qushlar uni tomasha qilishar ekan. anashu qushga mahliyo bo'lib, hangu mang bo'lib turganlarida anashu qush darahtdan tushib judayam kir narsalarni yeyishni boshlabdi. Shu payit Hazrat Alinig unga bo'lgan ihlosi so'nib, yo'llarida davom etibdilar. Qarasalar yo'lda bir chol eshshakda ketayotib hurjuni yerga tushib ketibdi. Hazrati Ali yugirib borib haligi hurjunni ko'tarmoqchi bo'libdilar lekin hech kuchlari yetmabdi. Rossa urinib ko'tarmoqchi bo'larmishlaru lekin ololmasmishlar. Shunda haligi Chol hurjunni bir qo'llari bilan ko'tarib yolida davom etibdi. shu payit Hazrati Ali uyg'onib ketibdilar. Ertasi kuni tushlarini Payg'ambarimiz(s.a.v.)ga bayon qilibdilar. Payg'ambarimiz (s.a.v) shunday ta`bir qilgan ekanlar: Anavi sen ko'rgan bahaybat inson Rustam edi hatto sen ham uni oldida lol qolding. Anavi qush bo'lasa Ohirgi zamonning olimlari va imomlaridir. Ular judaham chiroyli hutbalar qiladi, va`z nasihatlar o'qiydi, hamma ularning gapirgan gaplariga mahliyo bo'ladi lekin ularning yeydigan narsalari shubhali taomldir.
Anavi sen ko'rgan chol bu Menman(yani payg'ambarimiz), hurjun esa ohiratning yuki bo'lib, uni sen ko'tarolmaysan. Ey Ali Hechqachon men kuchliman deb kibr qilma sen ko'tara olmaydigan yuklar ham bor.- deb marhamat qilgan ekanlar. Birodarlar ushbu rivoyatdan hissa chiqarish o'zingizga havola.
Alloh hamamizni Paygambarimiz(s.a.v.)ga tobe aylasin. omin.