Ismlar o'yini yoxud ismingiz ma'nosini bilasizmi?  ( 184896 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 18 B


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:59:21

Shoir:

Mening forumdagi ismim ma'nosi:

Shoir - she'r yozuvchi.

To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu so`z yondosh bo`lur:

Mohiru mehru mahorat,
Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru she'ru shuur.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:59:36

Maknuna:

Assalomu alaykum!

Mani ismimni oyimla qo'ygan ekanlar. ma'nosini uladan so'raganimda "bu chiroyli, yaxshi, xosiyatli ism" deganlar.

Tog'risini etsam ismimni ma'nosini to'liq bilmayman.

Maknuna ismining ma'nosini ham bilib beringlar, iltimos.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:59:51

Maknuna nomi arab tilidan olingan bo'lib, quyidagi ma'nolarni anglatar ekan:

1. Ko'zdan yiroq. Yashirin.
2. Berkitilgan. Maxfiy sir.
3. Qo'l yetmaydigan, yashiringan, maxfiy. Jannatdagi hurlarning sifati. (Qur'oni karimning "Voqea" surasi, 23-oyatida kelgan).

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:00:21

Noza:

Assalomu alaykum.
Avvalo shu sahifani ochganingiz uchun kotta rahmat!

Abdulaziz kotta rahmat!
Man Olloh nasib qilsa albatta qizimni ismlarini Maknuna deb qo'ymoqchiman. Bu ismni birinchi marta kollejda o'qiyotganimda eshitgandim, va eshitishim bilan juda yoqib qolgan edi.

Maknunahondan ismingizni ma'nosi nima deb so'raganimda unchalik yaxhsi bilmaslarini aytgandilar.
Shunday qilib ular bilan tanishib olgan edik.
Esizdami Maknunahon?

Agar iloji bo'lsa mani ismimni ma'nosini ham bilib bersangizlar?

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:00:37

Maknuna:

Noza, niyatizga erishing, qizingiz eng kamida mandaka bo'sin ! :D

Sizzi ismingiz ham albatta juda chiroylik ism.

Yaxshi mavzuni boshlab beribsiz. Balki boshqa yangi mavzu ocharmiz....

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:01:38

Maknuna:

Ba'zi ismlarning ma'nosi

Alisher (ma’nosi — dovyurak, jasur, sherdek kuchli bo‘lib o‘ssin. Ali hamisha qo‘llab-quvvatlasin).

Aziz ( ma’nosi — qadr-qimmatli, muhtaram, ulug‘ kishi bo‘lsin).

Yolqin (ma’nosi — o‘t-olov kabi ravshan, nurli bo‘lsin).

 Zarif (ma’nosi — ozoda, toza, pokiza, ziynatli va ziyrak bo‘lsin. Aqlli va dono bo‘lib yursin).

Zufar (ma’nosi — yengilmas yo‘lboshchi, g‘olib va muzaffar).

Ma’sud (ma’nosi — baxtiyor, quvnoq va jiddiy, baxtli).

 Nurkamol (ma’nosi — kamolot nuri, mukammal, vazmin, ko‘ngli yorug‘).

Umid (ma’nosi — ko‘p kutilgan bola, orzuli, umidli, xolis niyatli).

Sharaf (ma’nosi — or-nomusli, iftixorli, aziz va hurmatli, bir so‘zli).

 Fattoh (ma’nosi - hal etuvchi, mushkulotlarni yenguvchi, g‘olib va odil).

Diyora (ma’nosi — muqaddas Vatan farzandi).

Zavqiya (ma’nosi — xursand va baxtiyor, qag‘ajon, sho‘x qiz).

Zulfinur (ma’nosi — yonib turuvchi, zebo sochli qiz).

Kibora (ma’nosi — ulug‘larga mansuf, aslzoda).

Marg‘uba (ma’nosi — qumsalgan, suyukli, xokisor).

Matluba (ma’nosi — iltijo g‘ilingan, orzu qilingan).

Shahlo (ma’nosi — qora ko‘zli, go‘zal, xushro‘y qiz).

Sahila (ma’nosi — omadli, muloyim, dilbar va saxiy.

Mohina (ma’nosi — nafis, oyga o‘xshash, ozoda va nozik qiz).

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:02:05

Noza
Ism ma’nosi: ishvali, erka, so’zlari shirin, jon bahshida, farog’atli damlarni sevguvchi, nozikxirom, kelishgan, zebo va orasta dilbar, nozu karashmali qiz.

Dilnoza — Dilni noz etuvchi, shirin suxan bilan dilni maftun etuvchi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:02:25

Nodira — ism Qur’oni karim lafzlaridan olingan.
Ism ma’nosi: Noyob, kam uchraydigan, bebaho, porloq, nurli, tengi yo’q, tanho, dunyoda yolg’iz, yakkayu yagona. Go’zal, husnu jamolda, lutfu kamolotda tengi yo’q sohiba.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:02:42

Abdumannon:

:)
Assalomu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin foydali mavzu bo'libdi.
Mening ismim Abdumannon, ma'nosini tahminan bilaman (Mannan _arabchadan ko'p ehson etuvchi Allohning sifati, abd old qo'shimcha prefixni bilasizlar -qul), ammo aniq bilishni istar edim, mumkin bo'lsa o'z fikrlaringizni bayon etsangizlar, rahmat!

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:03:07

Maknuna:

AbdulAziz, boshqa forumdoshlar ismlari ma'nosini ham bilib bering, iltimos.

Qayd etilgan