Ismlar o'yini yoxud ismingiz ma'nosini bilasizmi?  ( 186870 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 18 B


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:03:24

Iqtibos
AbdulAziz, boshqa forumdoshlar ismlari ma'nosini ham bilib bering, iltimos.

OK, boshladik:

Behzod
Ism ma’nosi: oliyhimmat, vijdonli, pok, mard, go’zal xulqli, ulug’sifat, salobatli, zotan ulug’, asl zot, tag-tugli, nasl-nasabi toza, pok va oliyjanob siymo.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:03:39

Kumush
Ism ma’nosi: qadimda ota-bobolarimiz qish oldi hovuzlarga suv to’ldirishgan va uni pok saqlamoq niyatida unga har xil kumush idish solib qo’yoshgan. Demak, Kumush ismining asl ma’nosi pokizalikdir.

Kumushbibi — bu ismning erkalab aytilgan ko’rinishi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:03:56

Firuza
Ism ma’nosi: baxtli, toleli, baxtiyor demakdir. Aslida qimmatbaho, ko’k tusli tosh ham firuza deyiladi. Firuzabaxt, gulshani Firuza deb ismni ulug’lasak, u holda farzandni mamnunlik bilan baxtiyor, xushtole, baxt-saodatli ekanini ifodalab, uni yashnagan bog’ga tenglashtiriladi. U nurli tole egasi, iqboli baland sohibadir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:04:12

Abdurasul:

Assalomu Alaykum Ziyo.uz hodimlari ishlaringiz yahshimi charchamayapsizlarmi meni savolim boredi. Meni ismim Abdurasul meni bazilar Rasul deb chaqirishsin deyshdi bazilar esa Abdurasul deb chaqirish kerak deyshayapti. Bir domladan eshitdim meni Muhammadrasul deb chaqirish kerak dedilar. Iltimos meni ismim to'g'risida izoh bersangiz. Meni ismimn nima deb atash mumkin. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Ishlaringizda omad tilab qalaman. Javobingizni mail-pochtamda kutaman rahmat.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:04:58

Abdurasul:

Assalomu Alaykum Ziyo.uz hodimlari ishlaringiz yahshimi charchamayapsizlarmi meni savolim boredi. Meni ismim Abdurasul meni bazilar Rasul deb chaqirishsin deyshdi bazilar esa Abdurasul deb chaqirish kerak deyshayapti. Bir domladan eshitdim meni Muhammadrasul deb chaqirish kerak dedilar. Iltimos meni ismim to'g'risida izoh bersangiz. Meni ismimn nima deb atash mumkin. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Ishlaringizda omad tilab qalaman. Javobingizni mail-pochtamda kutaman rahmat.

Ba’zi-bir holatlarda shu «Abd» banda so‘zini qo‘shish noto‘g‘ri ma’noda ishlatiladi, bu «Abdurasul, Abdinabiy» degan ismlarda, mumkin emas. Rasul - Payg‘ambar, Nabiy - Payg‘ambar, demak Rasulga banda bo‘lmaydi odam, Allohga banda bo‘ladi. Shuning uchun «Abdurasul» deb ism qo‘yish mutlaqo noto‘g‘ri, «Abdinabiy» deb ism qo‘yish mutlaqo noto‘g‘ri hisoblanadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:05:20

Doni
Ism ma’nosi: yaqin, tanish.

Doniyor — yaqin do’st, yaqin yor, birodar.

Yana Qur’oni karimda zikr qilinmagan Doniyol degan ulug’ zot ham o’tgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:05:40

Moh
Ism ma’nosi: Oy. Mohu mehr: Oy va Quyosh.

Bu ism Oy tavsifiga bag’ishlangan va moh deb atalgan, mahvash — oydek go’zal, demakdir.  Oy adabiy ilimizda mohi anvar — eng porloq Oy, mohitobon — toblanuvchi, yorqin Oy kabi birqancha turda tasvirlanadi.

Mohinur — Nurlangan, nur taratuvchi, go’zal Oy.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:06:11

Shamshir
Ism ma’nosi: [/i]qilich[/i].

Majozan: o’tkir, yetuk, zehni shamshirdek kesgir ilm sohibi, hayot tajribalariga ega bo’lgan zot.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:06:26

Ota
Ism ma’nosi: ilmu odob, ma’rifiy kamolot bobida yetuk peshvo, barkamol rahbat, ishonchli murabbiy demakdir.

Sohibqiron Amir Temur davrlarida barcha shahzoda, amirzoda, malikalarni oily maqomda tarbiya qilish maqsadida ular yoshligidanoq ilm bobida benazir murabbiylar qo’liga topshirilgan va bunday maqomga ega bo’lgan zotlar Otabek eb atalgan.

Otabek — ismning erkalanib aytilishi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:06:34

Husan
Ism ma’nosi: o’ta go’zal odob, chiroyli husni xulq sohibi bo’lib, odob ziynati bilan bezangan va shu sababli doimo rohatda bo’luvchi zot

Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning nabiralari, Hazrati Alining o’g’illari ismi ham Husayn bo’lgan.

Qayd etilgan