Ismlar o'yini yoxud ismingiz ma'nosini bilasizmi?  ( 138463 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 18 B


AbdulAziz  09 Avgust 2007, 13:03:21

Assalomu alaykum!
Ushbu o'yin sharti ham boshqalariga o'xshaydi. ya'ni 1-user bir ism aytadi. 2-user shu ismning so'nggi harfiga boshqa ism aytadi. Oyin shu tarzda davom etadi.

Ismning qaysi tildan olingani yoxud qaysi millatga xosligi va ma'nosi, Shu ismli mashhur shaxslar haqida ham ilova qilish maqsadga muvofiq.

Masalan: Abdulloh (arabcha ism, "Allohning quli" degan ma'noni bildiradi) - Hilola (arabcha ism, yangi chiqqan oydek go'zal).

Demak, boshladik:

AbdulAziz (arabcha ism, musulmon xalqalarida keng tarqalgan, "izzat va kuch-qudrat sohibi bo’lgan g’olib Allohning bandasi" degan ma'noni bildiradi. Hazrati Umarning avlodi, buyuk xalifa - Umar ibn AbdulAziz)

Qayd etilgan


Murod_bek  10 Avgust 2007, 10:18:57

Zilola - Zilol suvdek pok ma'nosida ekan...

Qayd etilgan


Muslimа  10 Avgust 2007, 11:26:30

Abdurahmon - arabcha ism bo'lib, Rahmonning, yan'ni Allohning quli ma'nosini anglatadi. (Abdurahmon ibn Avf - sahobalardan biri (Alloh rozi bo'lsin))

Qayd etilgan


Farida  10 Avgust 2007, 11:29:18

NAJMIDDIN (arabcha) - dinning yulduzi, dinning iqboli. Mashhur kishilardan: Najmiddin Kubro

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Avgust 2007, 11:35:10

Nabiyulloh - arabcha ism bo'lib, Allohning Nabiyi, rasuli degan ma'noni anglatadi. Suyukli Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ismlaridan biri

Qayd etilgan


Farida  10 Avgust 2007, 11:40:38

HUMOYUN (forscha) - muborak, qutlug’. Mashhur insonlar: Humoyun mirzo (Boburning o'g'li)

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Avgust 2007, 12:11:58

Nilufar (xindcha ism)- ma'nosi:zebo qiz
Shunday gul bo'lib, chiroyli bo'lgani uchun ota onalar shu ismni farzandlariga qo'yishsa kerak

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Avgust 2007, 18:08:46

Rohatoy - Menimcha qalblarga rohat bahsh etguvchi.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2007, 13:05:16

Mening ismim Go'zal.Ma;nosi ham botinan, ham zohiran chiroyli degani,go'zal xulqli bo'lsin deb dadam shu ismni qo'yganlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Avgust 2007, 20:09:33

Binyamin - Yusuf a.s.ning ukalari...

Qayd etilgan