Assalomu alaykum!
Ushbu o'yin sharti ham boshqalariga o'xshaydi. ya'ni 1-user bir ism aytadi. 2-user shu ismning so'nggi harfiga boshqa ism aytadi. Oyin shu tarzda davom etadi.
Ismning qaysi tildan olingani yoxud qaysi millatga xosligi va ma'nosi, Shu ismli mashhur shaxslar haqida ham ilova qilish maqsadga muvofiq.
Masalan: Abdulloh (arabcha ism, "Allohning quli" degan ma'noni bildiradi) - Hilola (arabcha ism, yangi chiqqan oydek go'zal).
Demak, boshladik:
AbdulAziz (arabcha ism, musulmon xalqalarida keng tarqalgan, "izzat va kuch-qudrat sohibi bo’lgan g’olib Allohning bandasi" degan ma'noni bildiradi. Hazrati Umarning avlodi, buyuk xalifa - Umar ibn AbdulAziz)