Ismlar o'yini yoxud ismingiz ma'nosini bilasizmi?  ( 187455 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 18 B


mutaallimah  11 Avgust 2007, 22:54:18

Nodira-- arab tilida kamyob.ya'niy juda kam uchraydigan degan ma'noda.O'zbek mumtoz shoirasi .

Qayd etilgan


Fatima  13 Avgust 2007, 16:15:11

Abdulaziz- arabcha, izzat va kuch-qudrat sohibi bo`lgan g`olib Allohning bandasi

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Avgust 2007, 18:55:32

Zulayho - (ar.) — taxminan: kichik, kenja qiz (ism ma’nosi tamoman Aniqlangan emas). Ba’zilar sirganchiq, silliq, muloyim, deb talqin qilishgan.
Ba'zi rivoyatlarga ko'ra, Yusuf qissasida ismi zikr etilgan, keyinchalik Yusuf alayhissalomga turmushga chiqqan ayol.

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Avgust 2007, 07:26:09

Oisha (ar.) - yashovchi, barhayot, joni toshdek mustahkam qiz.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning suyukli ayollarining ismlarii

Qayd etilgan


Farida  14 Avgust 2007, 11:33:45

ABBOS (arabcha ism) - ma'nosi: qovog’i soliq, xo’mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug’iladi.
Abbos - Payg'ambarimiz SAVning amakilari

Qayd etilgan


Abdusalom  14 Avgust 2007, 17:40:55

Said - baxt saodatli. 

Qayd etilgan


Fatima  15 Avgust 2007, 11:01:21

Dilorom - dilga orom beruvchi, ko`ngilga taskin va huzur-halovat baxsh etuvchi.

Qayd etilgan


Farida  15 Avgust 2007, 14:33:23

MALOHAT (arabcha) - ko’rkam, go’zal, malohatli qiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Avgust 2007, 08:08:51

Tohir - (arabcha ism) - pokiza, begunoh.
Payg'ambarimiz Muhammad SAVning sifatlari.

Qayd etilgan


Farida  21 Avgust 2007, 07:36:48

RAVSHAN (forscha) - nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola bo’lsin.

Qayd etilgan