Ismlar o'yini yoxud ismingiz ma'nosini bilasizmi?  ( 185528 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 18 B


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 03:06:45

Shohista
Ism ma’nosi: diqqat-e’tiborga arzigulik, maqbul, maqtovga loyiq, izzt-hurmatga sazovor, ko’ngildagidek yarashiqli, istak-orzulariga muvofiq va munosib, dillarga ma’qul tushgan sohibjamol qiz.

Qayd etilgan


Laylo  15 Iyul 2006, 15:35:14

Assalomu Alaykum .
Laylo opa sizga katta raxmat mani juda ham xursand qildiz shuncha yildan buyon ismimni ma'nosini bilishni  juda -juda xoxlar edim mana niyatimga ham yetdim  sizga yana bir bora  katta raxmat .yana bir bora RAXMAT   OPAJON !!!!!!!!

Va alaykum assalom Azizaxon!
Tashakkur sizga ham.
Forumdagi ismingiz ham juda go'zal.
Nega Munira degan nom bilan ishtirok etmaysiz?

Qayd etilgan


forumnnb  16 Iyul 2006, 18:58:01

Assalomu alaykum!

Tanlangn mavzu menga juda ham yoqdi. Men bir narsani bilmoqchiman, ismim Nazirjon, aytingchi Nazirjon ismi qanday ma`noni bildiradi, kimdan so`rasam hamma har xil fikr aytishadi, iltimos aniqroq ma`lumot beringlar
Qaysidir kitobda o`qiganimda, "O`xshashi yo`q, buyuk" ma`nosini bildirar ekan

Oldindan rahmat!

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2006, 02:51:13

Assalomu alaykum!

Tanlangn mavzu menga juda ham yoqdi. Men bir narsani bilmoqchiman, ismim Nazirjon, aytingchi Nazirjon ismi qanday ma`noni bildiradi, kimdan so`rasam hamma har xil fikr aytishadi, iltimos aniqroq ma`lumot beringlar
Qaysidir kitobda o`qiganimda, "O`xshashi yo`q, buyuk" ma`nosini bildirar ekan

Oldindan rahmat!

Nazir ismi arab tilidan quyidagi ma'nolarni ifodalar ekan:
- yagona, boshqalarda topilmaydigan fazilat egasi.
- o'xshashi topilmaydigan, tengsiz.

Qayd etilgan


forumnnb  18 Iyul 2006, 08:50:08

Assalomu alaykum!

Rostdanmi, men shunaqa ekanmanmi?  :D

Hurmatli AbdulAziz sizga katta rahmat, bu ma`lumotlarni anchadan beri qidiraman, va nihoyat topdim desam ham bo`ladi. Rahmat

Qayd etilgan


MaxCmd  18 Iyul 2006, 12:27:48

Assalomu alaykum!
Mening ismim Farhod. Men haligacha ismimning aniq ma'nosini bilmayman.
Navoiyning talqini bilan o`zimni ovutib yuraman:
1. Firoq, Rashk, Hajr, Oh, Dard (arabchada "Farhod" bo`ladi).
2. "Far" - nur, Himmat, Iqbol, Davlat, ya'ni, Himmat, iqbol, davlat nuri.

Bular to`grimi-notpo`g`rimi bilmadim. Bilassizmi, men o`z ismimni juda hurmat qilaman, sababi uni menga rahmatli otam qo`ygan.

Qayd etilgan


Mas'ud  22 Iyul 2006, 11:30:07

Assalamu alaykum...Ismim Mas'ud...arabchadan tarjima qilsak,  "baxtli" degan ma'noni beradi...

Qayd etilgan


azizaxon  22 Iyul 2006, 12:28:42



Va alaykum assalom Azizaxon!
Tashakkur sizga ham.
Forumdagi ismingiz ham juda go'zal.
Nega Munira degan nom bilan ishtirok etmaysiz?
[/quote]
Assalomu Alaykum  Laylo opa  man bu o'zimni ismim Munira bilan kirganimda qabul qilmagan shunga nima deyishni bilmay shu ismni topib kirganman mani dugonami ismi ham Munira ular ham shu ism bilan kirgan shuning uchun mani qabul qilmaganmi bilmadim.
Raxmat sizga opajon yana bir bora .

Qayd etilgan


Doniyor  25 Iyul 2006, 06:21:12

Assalamu alaykum...Ismim Mas'ud...arabchadan tarjima qilsak,  "baxtli" degan ma'noni beradi...

Judayam chiroyli ism.
Manga ham yoqadi.
Abdulloh ibn Mas'ud r.a.ning ismlariga nomdosh...

Qayd etilgan


Odina  25 Iyul 2006, 08:44:22

Assalomu Alaykum
Mani asl ismim Munira  .Lekin aslida Odina bo`lishi kerak ekan.chunki man Juma kuni tug`ulganekanmande.
Munira ismimni manosini bilman .Lekin Odina ni  manosini bilmiman .Shuni bilip bersalaring.
Oldindan katta  raxmat



Qayd etilgan