Javobni topishingiz qiyinroq, shunga ozim aytaqolay:) Turkiyada kop sabzavot, osimlik yeyiladi bizga nazaran. Shunga qaramay men ham hayron qoldim
Lolaqizg'aldoq bargidan taom, salat tayyorlanib, iste'mol qilinishini eshitganimda:)
Ha ha, adashmadingiz, siz rasmda korgan taom Lolaqizgaldoqni bargi, tanasidan tayyorlandi:) ilk marotaba yedim, juda yoqdi. Buning hikoyasi shunday, qaynonam Bolu degan viloyat (ayni damda shahar)da oqiydigan qaynimni yoniga ketgandilar ancha muddatga. Qarasam, deydilar qoshni ayollar guruh guruh bolib lolaqizgaldoq toplagani ketishyabdi, lolani ozini emas, bargini, tanasi bilan birga toplasharkan, hali gullamasdan, gullagandan keyin bargi va tanasi qotib, vitaminlari ham yoqolarkan, shunga erta toplash kerak ekan:)
Ayollar toplagani uchun qaynonamlar ham qiziqib, mazasini ham yoqtirganliklari uchun yarim qop toplabdilar:) uyga olib kelganlaridan keyin barglarni kozdan kechirib tozaladik, yuvib, tograb, biror ovqatlik bolaklarga bolib, muzlatgichni muzlatadigan xonasiga solib qoydik, kerak bolganda olib ovqat qilyabman:)
Lolaqizg'aldoqni 3 turi berilgan ekan, yesa boladiganlari mana shulardan iborat ekan:
screen capture toolcaptureQaynonam olib kelgan barg xuddi shu turdan edi:
studio screenshotBizni tarafdagi lolaqizgaldoqni barglari qaysi biriga ohshaydi, qarab koringlarchi:)
Men kulaman ozi: Biz et, sizlar o't yeysizlar, deb:)
Int-da hozircha topmadim aniq foydalari haqida lolaqizgaldoq barglari bilan bogliq, topsam yozarman:)