Qani kim topadi: Bu yegulik nimadan tayyorlangan, nomi nima?  ( 11922 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  03 Iyun 2013, 16:12:38

Assalomu alaykum.

Kelinglar bu mavzuda bir-birimizga yeguliklar bo'yicha savol bersak, nimadan tayyorlangan, qaysi millat ohsxonasiga mansub, qaysi viloyatda tayyorlanadi kabi savollarga javob topsak:)


Ilk savolni o'zim bersam, umrimda birinchi marta bu o'simlik (xatto gul, desak ham bo'ladi) taomini- suyuq ovqatini yedim:)


image hosting 30 mb

Siz nima deb o'ylaysiz, bu qaysi o'simlik, yoki gulni bargidan tayyorlangan?

Javoblar berilgandan keyin ohiri shahar beramiz va togri javobni aytamiz. Javob togri bolishi kerak albatta:)

Qani boshÅŸadik unda:)

Qayd etilgan


Muxsiya  04 Iyun 2013, 09:46:28

Assalomu alaykum bizda o'sadimi bunaqa ovqatni birinchi ko'rishim

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyun 2013, 12:56:15

Valaykum assalom. Ha osadi bizdayam:)


Ovqatni shunday qildim:


Biroz qiymani yogda qovurdim, ketidan 1 dona piyozni qovurib, suvini quydim va sizlardan soragan osimlikni yuvib, orta yiriklikda tograb soldim, 45 daqiqa qaynadi orta olovda, tayyor boldi. Biroz tuz soldim, chunki osimlik (gul)ni tanasini ozi nordonroq edi. Pishay, deganda 4 qoshiq bulgur (bugdoyni maydalanganini) yuvib soldim.

Qayd etilgan


azizbek_mx  04 Iyun 2013, 13:29:34

(adashmasam) Rayxon :)

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyun 2013, 17:39:36

azizbek, rayxon emas:) shahar berdilarmi:)

Qayd etilgan


azizbek_mx  04 Iyun 2013, 17:45:22

berdik oling sizga ana Andijon :D

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyun 2013, 18:00:09

Javobni topishingiz qiyinroq, shunga ozim aytaqolay:) Turkiyada kop sabzavot, osimlik yeyiladi bizga nazaran. Shunga qaramay men ham hayron qoldim Lolaqizg'aldoq bargidan taom, salat tayyorlanib, iste'mol qilinishini eshitganimda:)


Ha ha, adashmadingiz, siz rasmda korgan taom Lolaqizgaldoqni bargi, tanasidan tayyorlandi:) ilk marotaba yedim, juda yoqdi. Buning hikoyasi shunday, qaynonam Bolu degan viloyat (ayni damda shahar)da oqiydigan qaynimni yoniga ketgandilar ancha muddatga. Qarasam, deydilar qoshni ayollar guruh guruh bolib lolaqizgaldoq toplagani ketishyabdi, lolani ozini emas, bargini, tanasi bilan birga toplasharkan, hali gullamasdan, gullagandan keyin bargi va tanasi qotib, vitaminlari ham yoqolarkan, shunga erta toplash kerak ekan:)


Ayollar toplagani uchun qaynonamlar ham qiziqib, mazasini ham yoqtirganliklari uchun yarim qop toplabdilar:) uyga olib kelganlaridan keyin barglarni kozdan kechirib tozaladik, yuvib, tograb, biror ovqatlik bolaklarga bolib, muzlatgichni muzlatadigan xonasiga solib qoydik, kerak bolganda olib ovqat qilyabman:)


Lolaqizg'aldoqni 3 turi berilgan ekan, yesa boladiganlari mana shulardan iborat ekan:




screen capture tool




capture


Qaynonam olib kelgan barg xuddi shu turdan edi:




studio screenshot


Bizni tarafdagi lolaqizgaldoqni barglari qaysi biriga ohshaydi, qarab koringlarchi:)

Men kulaman ozi: Biz et, sizlar o't yeysizlar, deb:)

Int-da hozircha topmadim aniq foydalari haqida lolaqizgaldoq barglari bilan bogliq, topsam yozarman:)

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyun 2013, 18:04:58

Keyingi savolni azizbek, siz beraqoling:)

Qayd etilgan


azizbek_mx  04 Iyun 2013, 19:53:03

Endi aka Chustiydan kutarmiz. Biz kapgir ushlab ovqat qilmaga bo'sak, bilganimiz tuxum qovurish :D

Qayd etilgan


Muxsiya  04 Iyun 2013, 22:16:34

Tuxumni o'zgacha uslubda qovuring hech kim topa olmasin kinoda borku botinka moyida qovuqdingmi tuxumnh :-)

Qayd etilgan