Yeguliklarni muzlatgichda saqlashni ham o'ziga xos usullari, qoidalari bor. Agar biz bu qoidalarga diqqat etmazsak, yeguliklar muzlatgichda turli xil bakteriyalarni ko'paytirishi, vitaminlari yo'q bo'lishi mumkin.
Mana bu videoda shu haqda ma'lumot berilmoqda:
http://www.uzmantv.com/derin-dondurucuda-hangi-sebzeleri-saklayabilirizAvvalo meva-sabzavotlarni tanlashga jiddiy e'tibor berishimiz kerak: ular chirimagan, ezilmagan bolishi shart. Ularni yaxshilab ajratgandan keyin, mo'l suvda qayta-qayta yuvishimiz kerak.
Meva va sabzavotlarni saqlash usullari turlicha:
Ularni yuvib, suvini toza sochiq bilan quritib bo'lgandan keyin shundayligicha tselofan paketlarga solib, shundayligicha muzlatishimiz mumkin;
Biroz (har bir sabzavotni qaynatish muddati har xil, uni ham vaqti bilan yozib boraman inshalloh) qaynatib, sovuq suvda ushlab turgandan keyin muzlatish;
Meva-sabzavotlarni qanday usulda ishlatishimizga qarab ham saqlaymiz, masalan o'rikdan kompot qilish uchun butun holida saqlashimiz mumkin, yoki djem qilmoqchi bo'lsak o'rikni yuvib, maydalab, shakar qoshgan holda muzlatishimiz mumkin.