Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.  ( 24419 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Abdulhafizaka  03 Iyul 2013, 20:51:36

хозирда ошхона жихозлари ичида салафан пакетдан хавони суриб ташлайдиган вакуум курилмалари хам сотувга чикган.
 

Qayd etilgan


Muxsiya  03 Iyul 2013, 22:24:07

Muzlatkichni bunaqa xususiyatlari borligidan bexabar faqat go'wt saqlawda foydalanar edim. Bu muzlatkich qande iwlaydi ichini obdon to'ldirgach qiwgacha ochme tokka ulangancha iwlab turoradimi to'g'risi judayam katta ekan kompot qiliwgayam hojat yo'q yilda 12 oy tabiy mevalarni yeb yuraveriladi

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyul 2013, 00:03:35

Valaykum assalom Xadichaxon, Alloh rozi bolsin, sizlargayam nasib qilsin. Ozbekistonda qishda sabzavot va mevalar kamayib, narxi osmonga chiqib ketishini nazarda tutsak bu tip muzlatgichlar Ozbek xonadonlari uchun judayam kerakli.


Men 3 haftacha oldin uzum bargi joyladim sovutgichimni muzlatgich qismiga, zotan osha kuni qaror bergandim muzlatgich olishga, chunki ancha joy kamaygandi.


Barglarning eng sifatlilarini (yirtilmagan, ezilmagan) tanlab, yuvdim qayta qayta, chunki ustida oltingugurt bor edi, avval suvga boktirib qoydim barglarni, keyin yuvdim, ohiri suvini suzilishini kutdim, bir safarda ishlatiladigan qilib tselofanlarga soldim, havosini chiqarib ustma ust tahladim muzlatgichga.


O'tgan yili ilk marotaba shu usuldan foydalangandim, barglarni yumshoqligidanmi, yoki muzlatilgan holda yumshaganidanmi bilmadim barglarim yumshoq va judayam mazali edi.


Odatda uzum bargini salamura- tuzli suvda saqlashadi, bu tuzli suvda turgan bargni menimcha umuman vitamini qolmaydi va qaytamiga buyraklarimizda tuz yigilishiga sabab boladi, deb oylab ilk marotaba muzlatgandim.

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyul 2013, 00:09:41

Muxsiya, yuqorida men sovutgichimni rasmini qoydim, etibor bergan bolsangiz sovutgich va muzlatgich qismi alohida, eshiklari umuman ajratilgan yani. Sovutgich albatta kop ishlatiladi, muzlatgich esa kam. Shuning uchun eshigi kop ochilmaydi muzlatgichni.


Yangi olgan muzlatigichimni xohlagan paytim ochaman, lekin elektro energiya kop sarf qilmasin, bo'lmalarni muzlatib turadigan temirlari muzlab, qorga aylanmasligi uchun mumkin marotaba kam ochish tavsiya etiladi.


2013 yil muzlatgichlarda ham No frost- yani qorlanishga qarshi, uning oldini oladigan No frost muzlatgichlar ishlab chiqarila boshlanibdi. Muzlatishda uflab muzlatgani uchun qor- muz bolmas ekan. Lekin uni narxi ortalama 100-150 dollar qimmatroq va koproq energiya yoqqani uchun hozircha oddiy muzlatgich oldik.


Ozbekistondagi uyimizdagi sovutgichni markasi Yantar edi adashmasam, 25 yil boldiyov:) qutiday muzlatadigan bor, albatta uni eshigi alohida bolmaganligi sabab juda unaqa muzlatmasdi, asosan gosht qoyilardi bizdayam.


Lekin hozirgi yangi tip xolodilniklarda yuqorida aytganimday sovutgich+muzlatgich holida ishlab chiqarilmoqda.

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyul 2013, 00:19:32

Turkiyada otgan yillargacha sandiq usuli, sandiqqa ohshab tepadan ochiladigan muzlatgichlar ishlab chiqarilar ekan, lekin ularni uy sharoitida ishlatish biroz qiyin bolganligi uchun yaqindan tortmali muzlatgichlar ishlab chiqarila boshlanibdi.


Sandiq tarzi muzlatgichlardagi noqulayliklar:


Yeguliklarni ustma ust qoyganimiz uchun olish va qaysi yegulikni qayerda ekanligini topishning qiyinlashishi;


Kop joy qoplashi;


Ustiga bolalarni chiqib olishi;


Sandiq tarzini ustiga ogir va issiq yuk qoyish ham mumkin emas ekan.




screen shots

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyul 2013, 00:20:48

Muzlatgichlarni yana bir turi: dastgoh ostiga qoyiladigan, ofis turi ekan:




image

Qayd etilgan


Ansora  04 Iyul 2013, 00:22:31


Qayd etilgan


Ansora  20 Avgust 2013, 16:05:11

2 oydan beri shu mavsumda pishayotgan sabzavot, mevalardan olib, muzlatdim ancha. Huzur ichida tanavvul qilish nasib bolsin.


Baqlajonni "karnıyarık" taomida ishlatish uchun avval yaxshilab yuvdim, pijama shaklida boshdan oyoq kesib chiqdim, tuzli suvga achchigi ketsin, qovurayotganda kam yog shimsin, deb 1 soatga yaqin solib qoydim. 1 soatdan keyin sochiq bilan quritib, yogda qovurib oldim va sovugandan keyin 1 martada ishlatadigan 5-6 donadan baqlajonni maxsus paketlarga solib, ogzini mahkam yopdim, havosini chiqarib, bogladim va muzlatgichga qoydim.

Qayd etilgan


Ansora  20 Avgust 2013, 16:28:35

Shaftolilarni yaxshi pishgan, lekin ezilmaganlaridan oldim. Yaxshilab yuvib, po'stini archdim, bo'laklarga bo'lib, maxsus paketlarga solib, ularniyam muzlatdim. Nasib bolsa qishda yo murabbo yoki sharbat qilarman:)

Qayd etilgan


Zumrad1995  20 Avgust 2013, 19:04:23

Ansora opa, uzrku,  uncha tushunmadim..((
Mevalarni muzlatgichda muzlatdim deb yozibsiz.. muzlagan mevalarni yeb bo`miydiyu..?

Qayd etilgan