Valaykum assalom Xadichaxon, Alloh rozi bolsin, sizlargayam nasib qilsin. Ozbekistonda qishda sabzavot va mevalar kamayib, narxi osmonga chiqib ketishini nazarda tutsak bu tip muzlatgichlar Ozbek xonadonlari uchun judayam kerakli.
Men 3 haftacha oldin uzum bargi joyladim sovutgichimni muzlatgich qismiga, zotan osha kuni qaror bergandim muzlatgich olishga, chunki ancha joy kamaygandi.
Barglarning eng sifatlilarini (yirtilmagan, ezilmagan) tanlab, yuvdim qayta qayta, chunki ustida oltingugurt bor edi, avval suvga boktirib qoydim barglarni, keyin yuvdim, ohiri suvini suzilishini kutdim, bir safarda ishlatiladigan qilib tselofanlarga soldim, havosini chiqarib ustma ust tahladim muzlatgichga.
O'tgan yili ilk marotaba shu usuldan foydalangandim, barglarni yumshoqligidanmi, yoki muzlatilgan holda yumshaganidanmi bilmadim barglarim yumshoq va judayam mazali edi.
Odatda uzum bargini salamura- tuzli suvda saqlashadi, bu tuzli suvda turgan bargni menimcha umuman vitamini qolmaydi va qaytamiga buyraklarimizda tuz yigilishiga sabab boladi, deb oylab ilk marotaba muzlatgandim.