Muzlatgichlar va muzlatilgan yeguliklar haqida gaplashamiz.  ( 24420 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Ansora  20 Avgust 2013, 23:17:02

Zumradxon, men ham bu yil oldim muzlatgichni:) orik qoyib, qotirib keyin olib yeb kordim:) mazasi men kutgandan yaxshi edi. Bu biz bilgan muzlashga ohshamaydi:)


Koramizda yana, men asosan kompot va djem qilarman va piroglarda ishlatarman, deb saqladim.

Mevalarim: shaftolini yuqorida yozganimday bolaklarga bolib qoydim. Olcha, gilos va olxo'rini tozalab yuvib, quritib paketlarga soldim.


çoklu resim upload

Qayd etilgan


Ansora  20 Avgust 2013, 23:24:21

Bulgorini ichini tozalab, quritib paketlarga soldim, ularni paketdan chiqarib, hali erimasdan dolma qilsam bolar ekan:


Yana fasol bor. Fasolni yuvib, mayda bolaklarga boldim. 2 kg-ga 1 kg pomidorni qirgichdan otkazib qozonda 15 daqiqa qadar qovurdim, biroz rangi sargayguncha. Keyin sovushini kutdim, biror ovqatlik paketlarga soldim. Kerak bolganda togridan qozonga solaman, asta sekin muzi eriydi.




yükle resim

Qayd etilgan


Ansora  20 Avgust 2013, 23:26:23

Bular esa yaxshilab yuzilgandan keyin tortburchak togralgan pomidorlar. Ovqatda tomat orniga pomidor ishlatish uchun muzlatdim. Ularni ham kerak bolganda nimadan keyin qovuradigan bolsam togridan qozonga solaman, 2-3 daqiqa ichida pomidorlar eriydi.




resim yükleme servisi

Qayd etilgan


Zumrad1995  21 Avgust 2013, 13:26:52

Ansora opa sal tushungandayman))
Menimcha maxsus muzlatgich haqida aytyapsiz..
Rasmi yöqmi)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  21 Avgust 2013, 20:07:46

Zumrad unday muzlatishni o'zimizda ham ko'p qilishadi. Ko'chada turli xil muzqaymoqlar solingan muzlatgich yaxshi saqlaydi, lekin ularga tok ko'p ketadi.
Masalan gilosni saqlashadi. Mahsus selofan paketga qo'qon gilos(qattiqlari, yangi, ezilmagan, chirimagan, cho'pi olinmaganlar)dan solib, paket og'zini mahkam yopib muzlatgichga solinadi. Qishda buni muzlatgichdan olib iste'mol qilsa bo'ladi, mazasi biroz o'zgarsa ham ancha shirin.

Qayd etilgan


Ansora  22 Avgust 2013, 15:17:36

Zumradxon, mavzuni boshida rasmini qoyganman.

Qayd etilgan