Sobir Mirvaliyev. O'zbek adiblari  ( 135759 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 B


AbdulAziz  26 Oktyabr 2006, 07:45:39

XAYRIDDIN SULTONOV
(1956)




Hozirgi davr o‘zbek nasri taraqqiyotida iste’dodli yozuvchi Hayriddin Sultonovning munosib o‘rni bor. U 1956 yil 18 yanvarda Toshkeit viloyati Qibray tumani, Tuzil qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. 1963—1973 yillarda Parkent qishlog‘idagi 42-o‘rta maktabda o’qib, uni muvaffaqiyatli tugatadi.

1973—1978 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi. Uning mehnat faoliyati asosan 80-yillardan boshlangan bo‘lib, avval «Guliston», «Yoshlik» kabi oynomalarda, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi kunda u G’. G’ulom nomli nashriyotda bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.

Xayriddin Sultonovning ijodi 70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, hikoya, qissalari ro‘znoma va oynomalarda ketma-ket bosildi. Adibning «Quyosh barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992) kabi kitoblari keng o‘quvchilar ommasiga tanish. Shuningdek, u «Changak», «Moziydan bir sahifa» kabi videofilmlar hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman» kabi badiiy filmlarning ssenariy muallifi hamdir.

Xayriddin Sultonov faqat iste’dodli adibgina emas, balki mohir tarjimon hamdir. Jumladan, A.Sent-Ekzyuneri, Yu.Nagibin, S.Alekseyev, V.Shukshin kabi adiblar asarlari Xayriddin Sultonov tarjimasida o‘zbek kitobxoniga yetkazildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Oktyabr 2006, 07:46:57

MIRZO KENJABEK
(1956)




Islohot, istiqlol kuychisi va fidoyisi Mirzo Kenjabek hozirgi davr o‘zbek poeziyasi rivojida o‘zining munosib o‘rniga ega shoirlardan biri. U 1956 yilning 20 fevralida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi  «Mehnat» (eski «Ashurjilon») qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilasida tug’ilgan. 1963—1973 yillar orasida maktabda o‘qib, uni muvaffaqiyatli  yakunlaydi.  So‘ngra, 1974—1979 yillarda u Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi.

Mirzo Kenjabek o‘zi haqida yozib: «Shoirlik tug‘ilmasimdan boshlangan bo‘lsa kerak»,— deydi. Chindan ham undagi she’riyatga havas, ixlos, intilish ancha erta boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami yigirma olti yoshida, ya’ni 1982 yilda «Adashgan maktublar» nomi bilan nashr etildi («Maktublarim»). Ketma-ket esa uning o‘nga yaqin she’riy to‘plamlari, publitsistik maqolalardan tarkib topgan kitoblari chop etildi. Adibning «Quyoshga qaragan uy» (1983), «Munshaot» (1986), «Sharq tili» (1988), «Bahorim yellari» (1991) hamda «Muhabbatning yo‘li xatarli», «Hasrat kitobi» kabi she’riy va publitsistik majmualari kitobxonlar tomonidan qizg‘in qarshi olingan. U o‘zining «O’zbekiston» nomli she’rida:

Yerning har burchagida odamlar goho
Menga o‘z tilimda so‘ylar, gumon yo‘q.
O’zbek ko‘p butun Yer yuzida, ammo
Olamda boshqa hech O’zbekiston yo‘q!


— deydi. O’zbekiston haqida Mirzo Kenjabek o‘zgacha, o‘ziga xos avj pardalarda kuylaydi. U iste’dodli tarjimon sifatida A. S. Pushkinning mashhur «Yevgeniy Onegin» she’riy romanini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Xullas, Mirzo Kenjabek timsoli va ijodi misolida milliy mustaqillik uchun kurashayotgan fidoiy yoshlarning qiyofasi gavdalanadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Oktyabr 2006, 07:47:34

TO’RA MIRZO
(1956)




Iste’dodli shoir va dramaturg To‘ra Mirzo (To‘ra Mirzo Jabborali Dadamirzo o‘gli) 1956 yili Namangan viloyati, Chortoq tumanining Peshqo‘rron qishlog’ida tug‘ilgan. O’rta maktabdan so‘ng u 1979 yili Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent San’at institutining teatrshunoslik bo‘limini tugatdi. 1989 yilda esa Moskvadagi Oliy Adabiyot instituti dramaturgiya bo‘limini bitiradi. So‘ngra bir qator ijodiy idoralar, oynoma va ro‘znomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda esa u Respublika Targ’ibot Markazining bosh direktori vazifasida ishlamoqda.

To‘ra Mirzoiing ijodi garchi 70-yillariing‘ ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa ham, birinchi she’rlar to‘plami — «Maysalar hayqirigi» 1983 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng uning bir qator she’riy majmualari o‘zbek, rus va turk tillarida bosiladi. Jumladan, «G’o‘ro‘glining belanchagi», «Tonggi maktublar», «Kulgixona», «Amir Temur vasiyati» kitoblari o‘zbek tilida chiqadi. Shuningdek, uning «Dobriy znak», «Vozvrashenie v Ferganu» (Moskvada) to‘plamlari rus tilida, «Bilga tunokuk vasiyati» manzumasi va turkum she’rlari Turkiyada nashr bo‘ladi.

To‘ra Mirzo iste’dodli shoir bo‘lishi bilan birga, mohir dramaturg va yetuk tarjimon hamdir. Uning qalamiga mansub bo‘lgan «Bekat», «Tonggi tramvay», «Poytaxt latifalari», «Saratondagi izg’irin» kabi dramatik asarlari sobiq SSSRning Butunittifoq dramaturgiya ko‘riklarida bir necha bor yuksak sovrinlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, adibning «Qovrilgan o‘rdak parvozi», «Muhabbatga o‘q tekkan kun», «Ahmad ila Oqbilak» singari dramalari respublika va viloyat teatrlari sahnasidan munosib o‘rin olgan. Hozirgi kunda esa uning «Amir Temur» dramasi Qashqadaryo viloyat teatrida sahnalashtirildi. Ayni chog‘da shu asosda O’zbekiston Respublikasi televideniesida ikki qismli videofilm yaratilgan. Xullas, adib To‘ra Mirzo butun ijodi davomida boy tarixiy merosimiz, buyuk tarixiy shaxslar, ilmiy-madaniy yutuqlarimiz, milliy ma’naviy boyligimizni e’zozlab keladi. Shu jihatdan uning asarlarida tarixiy haqiqat, tarixiylik va falsafiy mushohadalar uzviy, yaxlit bir tarzda namoyon bo‘ladiki, bu uping o‘ziga xos uslubini tayin etishga yo‘l ochadi.

U mohir tarjimon sifatida Jon Gloyl Pristanlining «Xazina», Agata Kristining «Qopqon», Valeriy Shuljikning «Tegirmon tepasidagi quyosh», Aziz Nesinning «Yashasin sarg‘ish pushti rang» kabi dramatik asarlarini o‘zbeklalashtirgan.

Kitobxon va tomoshabinlar yetuk shoir, mohir dramaturg va malakali tarjimon To‘ra Mirzodan umidi katta.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Oktyabr 2006, 07:48:32

ILOVA

O’ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI QURULTOYLARINING XRONOLOGIK KO’RSATKICHI
 
S’YEZD:
I — 1934 yil
II — 1939 yil
III — 1954 yil
IV — 1958 yil
V — 1965 yil
VI — 1971 yil
VII —  1976 yil
VIII — 1980 yil
IX — 1985 yil
X — 1991 yil
 
O’ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASIGA RAHBARLIK QILGAN ADIBLAR
 
1. Otajon Hoshim
2. Rahmat Majidiy
3. Hamid Olimjon
4. Oybek
5. Uyg‘un
6. Abdulla Qahhor
7. Sharof Rashidov
8. Bahrom Rahmon
9. Komil Yashin
10. Sarvar Azimov
11. O’lmas Umarbekov
12. Odil Yoqubov
13. Jamol Kamol — O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi.
14. Erkin Vohidov — O’zbekiston Adiblari Ittifoqi raisi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Avgust 2008, 03:46:37

O'zbek adiblari



Muallif: Sobir Mirvaliyev
Hajmi: 435 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish


Muhammadsharif So'fizoda (1869-1937)
Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1918)
Abdulla Avloniy (1878—1934)
Sadriddin Ayniy (1878—1954)
Abdurauf Fitrat (1886-1938)
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)
G'ulom Zafariy (1889-1938)
Habibiy (1890—1982)
Abdulla Qodiriy (1894-1938)
Cho'lpon (1897-1938)
Elbek (1898-1938)
Charxiy (1900-1979)
G'ayratiy (1902-1979)
G'afur G'ulom (1903—1966)
Botu (1904-1938)
Oybek (1905-1968)
Uyg'un (1905—1990)
Nazir Safarov (1905—1985)
Sobir Abdulla (1905—1972)
Oydin (1906—1958)
Abdulla Qahhor (1907—1968)
Mirkarim Osim (1907—1984)
Quddus Muhammadiy (1907)
Maqsud Shayxzoda (1908—1967)
Mirzakalon Ismoiliy (1908—1986)
Hamid Olimjon (1909-1944)
Komil Yashin (1909)
Parda Tursun (1909-1957)
Mirtemir (1910-1972)
Izzat Sulton (1910)
Sulton Jo'ra (1910-1943)
Mamarasul Boboyev (1911-1969)
Usmon Nosir (1912-1944)
Zafar Diyor (1912—1946)
Amin Umariy (1913—1942)
Zulfiya (1915)
Hakim Nazir (1915)
Ibrohim Rahim (1916)
Sharof Rashidov (1917—1983)
Nazarmat (1917)
Rahmat Fayziy (1918-1986)
Turob To'la (1918—1990)
Shuhrat (1918)
Hamid G'ulom (1919)
Said Ahmad (1920)
Asqad Muxtor (1920)
Shukrullo (1921)
Mirmuhsin (1921)
Ramz Bobojon (1921)
Vali G'afurov (1922)
Po'lat Mo'min (1922)
Sarvar Azimov (1923)
Zohidjon Obidov (1923)
Qudrat Hikmat (1925—1968)
Saida Zunnunova (1926-1977)
Maqsud Qoriyev (1926)
Odil Yoqubov (1926)
Sa'dulla Karomatov (1928—1980)
Pirimqul Qodirov (1928)
Turg'un Po'lat (1928-1974)
Aziz Abdurazzoq (1928)
Jonrid Abdullaxonov (1929)
Nosir Fozilov (1929)
Jumaniyoz Jabborov (1930)
Farhod Musajonov (1932)
Oqiljon Husanov (1932)
Olimjon Xoldor (1932)
Xudoyberdi To'xtaboyev (1933)
Husniddin Sharipov (1933)
O'lmas Umarbekov (1934)
Normurod Narzullayev (1934)
Uchqun Nazarov (1934)
Yo'ldosh Sulaymon (1935)
Erkin Samandar (1935)
Erkin Vohidov (1936)
Razzoq Abdurashid (1936)
Miraziz A'zam (1936)
Ne'mat Aminov (1937)
Barot Boyqobilov (1937)
O'ktam Usmonov (1938—1990)
Jamol Kamol (1938)
Gulchehra Nurullayeva (1938)
Abduqahhor Ibrohimov (1938)
Temur Po'latov (1939)
Sa'dulla Siyoyev (1939)
Shukur Xolmirzayev (1940)
Umarxon Ahmadjonov (1940)
Omon Muxtor (1941)
Abdulla Oripov (1941)
O'tkir Hoshimov (1941)
Minhojiddin Haydar (1941)
Mashrab Boboyev (1941)
Muhammad Ali (1942)
Oydin Hojiyeva (1942)
Habib Sa'dulla (1942)
Omon Matjon (1943)
Rauf Parfi (1943)
Zohir A'lam (1943)
Tursunoy Sodiqova (1944)
Hojiakbar Shayxov (1945)
Norto'xta Qilich (1946)
Tohir Malik (1946)
Anvar Obidjon (1947)
Halima Xudoyberdiyeva (1948)
Azim Suyun (1948)
Murod Muhammad Do'st (1948)
Tog'ay Murod (1948)
Mirpo'lat Mirzo (1949)
Muhammad Solih (1949)
Usmon Azimov (1950)
Abduvali Qutbiddin (1950)
Shavkat Rahmon (1950)
Nurali Qobul (1950)
Erkin A'zam (1950)
Ikrom Otamurod (1951)
Sharof Boshbekov (1951)
Xurshid Davron (1952)
Tohir Qahhor (1953)
Muhammad Yusuf (1954)
Usmon Qo'chqor (1955)
Xayriddin Sultonov (1956)
Mirzo Kenjabek (1956)
To'ra Mirzo (1956)
XX asr o'zbek adiblari. Mundarija

Qayd etilgan