Ramazonda to'g'ri ovqatlanish yo'llari.  ( 5964 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  11 Iyul 2013, 12:32:29

Assalomu alaykum. Olamlarning Robbiga hamdlar bo'lsin bu yilgi Ramazonni ham nasib etdi. Ro'zalarimizni sog'-salomat tutishimizda ovqatlanishimiz ham juda muhim. Bu mavzuda salomatlikka e'tibor bergan holda ovqatlanish haqida yozsak.
Men ham bilgan ba'zi ma'lumotlarim haqida gapirib o'tsam.

1. Saharlikda asal va shinni yemaslikka harakat qiling, sababi chanqatishi.
2. Qovurilgan ovqatlarni kamroq tanavvul qilishga harakat qiling. Iloji bo'lsa qaynatilgan, dimlangan yeguliklar yeng.
3. Ovqatlaringizga iloji boricha kam ziravor ishlating.
4. Og'iz ochar paytda va undan keyin juda sovuq (turli sharbatlar, suv, tarvuz-qovun) yeyishdan saqlaning.
5. Saharda yog'li va tuzli ovqatlar me'dangizni charchatib, yanada chanqashingizni sabab bo'ladi. Bularga e'tibor bering.
6. Saharlikdan keyin darrov yotmang, kamida 30 daqiqa kuting.
7. Iftorda birdan ko'p va tez-tez yemang.
8. Iftordan saharlikkacha gazli va tayyor (qutili) sharbatlarni o'rniga suv, ayron yoki o'zingiz tayyorlagan meva sharbatlaridan iching.

Qayd etilgan