So'rovnoma

Forumdoshlar Avitsenna.uz saytidagi maqolalarni shu zaylda ulashishim sizgama`qulmi?


Ha, juda ajoyib
Menga farqi yo`q
Avitsenna.uz saytining o`zida o`qish qulay
Umuman bu yerda ulashilmasin


Tibbiy maqolalar (Avitsenna.uz)  ( 7394 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Urazbaev Mansur  21 Iyul 2015, 16:10:12

Tibbiyotga oid maqolalar!

Qayd etilgan


Urazbaev Mansur  21 Iyul 2015, 16:12:14

Shifokorlarning og‘ir ko‘tarmaslik, organizmni haddan ziyod zo‘riqtirmaslik yoki keskin va qaltis jismoniy harakatlar qilmaslik kabi maslahatlariga hammamiz ham amal qilavermaymiz. Sog‘lig‘imizga bee’tiborligimiz oqibatida esa jiddiy muammolarga duch kelishimiz ehtimoli oshadi. Umurtqa pog‘onasi churrasining vujudga kelishi ham ana shunday muammolardan biri.

Unga quyidagilar  sabab bo‘lishi mumkin:

    qorin ichki bosimining oshishi;
    og‘ir jismoniy mehnat;
    tana vazniga nisbatan og‘ir yuk ko‘tarish;
    peshob ajralishining qiyinlashuvi;
    qabziyat;
    ayollarda tug‘ruq vaqtidagi zo‘riqishlar.

Umurtqa churrasi konservativ, ya’ni dori-darmonlarsiz davolash mumkin. Ayni kunda suv muolajalari yordamida bu xastalikni davolash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Churraning paydo bo‘lgan muddati juda katta ahamiyat kasb etadi. Uch oygacha bo‘lgani yengil, uch oydan olti oygacha bo‘lgan churra esa surunkali hisoblanadi. Bundan tashqari, churraning hajmiga ham e’tibor qaratiladi. Agar u 9 millimetrdan kichik bo‘lsa, jarrohlik aralashuvisiz davolash mumkin.
Bu xastalik aslo qo‘rqinchli va bedavo emas, umurtqalararo diks churrasi hali «yangi» bo‘lsa, osongina davolanadi. Agar jarrohlik aralashuvi tayinlansa ham qo‘rqmaslik kerak.  Vaqtida o‘tkazilmagan 15 daqiqalik jarrohlik amaliyoti 2 soatlik og‘ir amaliyotga aylanishi mumkin. Chunki churra teshigida qisilib qolgan a’zolarning qon bilan ta’minlanishi buzilib, asab tolalari ezilishi tufayli a’zolar hayotiyligi so‘nib, yiringlay boshlaydi, bemor bunda kuchli og‘riq his etadi. Churra xurujida og‘riq davomiy bo‘lib, bemor shok holatiga tushib qoladi. Shoshilinch jarrohlik amaliyotigina bemor hayotini saqlab qoladi.

Bunday hollarda quyidagilarni amalga oshirish mumkin emas:

    zax va yelvizakli joylarda turmaslikka harakat qiling;
    tana vazningizni nazorat qiling, semirmang;
    bel va qorin mushaklarini mustahkamlaydigan gimnastika (masalan, suzish) bilan shug‘ullaning;
    o‘tirgan holda ishlasangiz, har soatda 10 daqiqa turib yuring;
    yurganda, o‘tirganda ham qaddingizni to‘g‘ri tuting;
    qattiq matras ustida uxlashga odatlaning;
    yotgan holda kitob o‘qimaslik va televizor ko‘rmaslikka harakat qiling;
    og‘ir ko‘tarmang, keskin harakatlardan tiyiling.
    vibromassaj mumkin emas, chunki uning kuchi juda yuqori.
    churra bor joyni qattiq ishqalamaslik lozim. Asab tolalarini siqib qo‘yish xavfi bor.
    vertikal holatda turib, turli mashqlar bajarish ham zararli. Mushaklarni zo‘riqtirish mumkin.
    o‘z bilganingizcha massaj qilmang!
    har doim og‘riq qoldiruvchi maz surtib ishqalash ham mumkin emas!

Kasallik uch bosqichda kechadi, maslahatimiz kasallik belgilari kuzatilishi bilan shifokorga murojaat eting :

    Xastalikning birinchi bosqichida churra o‘lchami 2-3 mm. bo‘ladi. Umurtqa bo‘ylab qattiq og‘riq beradi.
    Ikkinchi bosqichida bu xastalik doimiy og‘riq bilan xarakterlanadi. O‘lchami 8-15 mm. bo‘ladi.
    Uchinchi bosqichda og‘riq o‘ta kuchli bo‘lib, asab tizimiga ham ta’sir etadi. Bemorni yura olmaslik darajasiga keltiradi.

Manba: Avitsenna.uz

Qayd etilgan


Urazbaev Mansur  21 Iyul 2015, 16:13:29

Bo‘yin osteoxondrozi ko‘pincha yoshi katta kishilarda  ayniqsa, kasallik ko‘p o‘tirib ishlaydigan va kam­harakat insonlarda ko‘p uchraydi. Uning dastlabki bosqichlarida maxsus mashqlar orqali bartaraf qilish mumkin. Agarda, bo‘yningiz azaldan og‘riydigan bo‘lsa siz uni shifokorga ko‘rsatishingizni maslahat beramiz!

Hozirgi mashqlar yengil og‘riqlar uchun mo‘ljallangandir. Bular umurtqa, xususan, bo‘yindagi zo‘riqishni va og‘riqni bartaraf etadi, harakatchanlikni tiklaydi.
Marhamat mashqlar bilan tanishing:
1. Bu mashq tik turgan yoki stulda o‘tirgan holda bajariladi. Mushaklar bo‘shashgan, qo‘llar ikki yonda. Boshni imkon qadar chap tomonga buring, so‘ng ohistalik bilan dastlabki holatga qaytib, xuddi shuni o‘ng tomonda ham bajaring. Shuni 5-10 martadan takrorlang.
2. Boshni yon tomon eging, ayni paytda qo‘l kafti yordamida egilishga qarshilik ko‘rsating. Masalan, boshni chap tomonga egganda chap qo‘l bilan qarshilik ko‘rsatasiz. Mashqni 30 soniyalik tanaffus bilan 5-10 marta takrorlang.
3. Oldingi mashqqa o‘xshaydi, ammo egilishlar old va orqaga bo‘ladi. Boshni old tomonga egganda, qo‘lni iyakka tiragan holda qarshilik ko‘rsating.bo`yin ostexondroz mashqi
4. Stulda o‘tirgan yoki tik turgan holda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Yelkalarni iloji boricha yuqoriga ko‘taring. Shunday holatda 10 soniya turing, keyin bo‘yin mushaklarini bo‘shashtirib, yelkalarni asta tushiring. Chuqur nafas olib, mashq­ni 5-10 marta bajaring.
5. Qo‘llarni bosh orqasiga olib o‘tib, barmoqlarni ensada birlashtiring. Boshni asta orqaga tashlang va shu paytning o‘zida qo‘llar bilan teskari tomonga qarshilik ko‘rsating. Shu holatda bir necha soniya turing. Dam olib, mashqni 3-6 marta qaytaring.

Manba: Avitsenna.uz

Qayd etilgan


Urazbaev Mansur  21 Iyul 2015, 16:14:36

Nevrozlar psixogen kasalliklardan hisoblanib, kuchi va o‘tkirligi kam bo‘lgan ruhiy jarohatlovchi vaziyatning uzoq vaqt ta’siri natijasida rivojlanadi. Bu holatlarda odatda, oilaviy-maishiy, ishlab chiqarish va mehnat jamoasidagi kelishmovchiliklar haqida gap ketib, ular hatto har doim ham bemor tomonidan ruhiy jarohatlovchi omil sifatida qabul qilinmaydi.

Ruhiy faoliyat buzilishlari chuqurligi nevrozlarda nisbatan kam uchraydi – bu yerda tafakkur, idrok va ongning chuqur buzilishlari kuzatilmaydi, atrofdagilar va o‘z holatiga tanqidiy munosabat saqlanib qoladi. Nevrozlar ko‘¬pincha mojaroli vaziyat orqa¬li somatik kasalliklar, qattiq toliqish, boshqa qo‘shimcha zararli omillar bilan birga yuzaga kelib, ular xastalikning bevosita sababchisi bo‘l¬masa-da, katta patogenetik ahamiyatga ega. Shuningdek, ba’zi tug‘ma konstitutsion xususiyatlar muhim ahamiyat kasb etadi va ular bir qator shaxslarda nevrotik reaksiyalarning juda ko‘p uchrashi, og‘irligi va davomiyligini belgilaydi. Nevrozlar klinikasida asosan vegetativ, somatik va effektiv buzilishlar namoyon bo‘lib, ular yaqqol xulq-atvor buzilishlarini keltirib chiqarmaydi va davolash nisbatan oson kechadi. Ba’zi holatlarda, ruhiy jarohatlovchi vaziyat yillab davom etganda, nevroz shaxsning nevrotik rivojlanishiga o‘tishi mumkin.

Nevrozlar nevrasteniya (holdan toyish va o‘ta charchash natijasida nerv sistemasining funksional buzilishi, nevrozning bir turi), isteriya (nerv sistemasining funksional xarakterdagi nerv kasalligi, ruhiy buzilishning shakllaridan biri) va yopishqoq holatlar nevroziga ajratiladi. Nevrasteniya ko‘pincha tez toliquvchanlikka moyil, kayfiyati turg‘un bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. Bu xususiyatlar bunday shaxslarda oddiy holatlarda ham kuzatiladi. Ruhiy jarohatlovchi vaziyat ta’sirida ularda astenik (madorsizlik, umumiy holsizlik) sindrom shaklidagi nevrotik reaksiya yuzaga keladi. Ish qobiliyati hamda ishtaha pasayishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va holsizlik, uyquchanlik kuzatiladi. Bemorlarda diqqat konsentratsiyasi buziladi. Ular tez xafa bo‘luvchan, sabrsiz bo‘lib qoladilar. Turli vegetativ, jumladan, arterial bosim o‘zgaruvchanligi, taxikardiya, ko‘p terlash, tremor, ko‘pincha jinsiy faoliyatning buzilishi kuzatiladi. Tez toliquvchanlik sababli qo‘zg‘alish bo‘sag‘asida yuqori ko‘tariladi. Bemorlar qo‘zg‘aluvchan bo‘lib boradilar (qo‘zg‘aluvchan holsizlik), oson qo‘zg‘aluvchan, kayfiyatlari tez-tez buzilishiga moyil bo‘ladilar. Bu holatda nevrasteniyaning giperstenik shakli haqida gap ketadi. Agar kasallik klinikasida oldingi o‘ringa tez toliquvchanlik, apatiya, bo‘shashganlik chiqib qolsa – bu gipostenik shakli deyiladi.

Isteriya ko‘pincha ruhiy jarohatlovchi vaziyatga reaksiya sifatida isterik psixopatik fe’l-atvor belgilari bo‘lgan shaxslarda ham rivojlanadi, ammo patologik xususiyatlari bo‘lmagan shaxslarda ham u rivojlanishi mumkin. Nevrozning bu turi ko‘pincha ayollarda uchraydi. Isteriya kelib chiqishiga ega bo‘lgan buzilishlar – og‘-riqlar, falajlik, qusish holatlari, spazmlar, ko‘rlik, karlik, tutqanoq va boshqalar tashqi ko‘rinishi bilan boshqa somatik va ruhiy kasalliklarning simptomlaridan kam farqlanishi mumkin. Ammo bemorlarni batafsil tekshirish vaqtida, ularda xech qanday organik buzilishlar aniqlanmaydi. Ba’zida ruhiy jarohatlovchi vaziyat mazmunining u yoki bu isterik belgilar bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin, ayniqsa kasallik simptomi bemor kechinmalari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lganda kuzatiladi. Lokal buzilishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda isteriyali barcha bemorlar fe’l-atvorida kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, effektlarga moyillik, namoyishkorlik xos. Ular har qanday vositalar: tashqi ko‘rinishlari, so‘zlashishda o‘zini tutishlari, nigohlari, odatlari bilan o‘zini atrofdagilar diqqat markaziga qo‘yishga intiladilar. Shuningdek, ularning o‘z¬larini yuqori baholashlari, boshqalarga o‘xshamasliklarini ko‘z-ko‘z qilish xudbinligidan dalolat beradi. Shu bilan birga bemorlar o‘ta ishonuvchan, taqlid qilishga moyildirlar.

Ko‘pincha isteriyada tutqanoq xurujlari kuzatiladi va ular epileptik tutqanoqlarni eslatadi. Ammo bu kasallikning boshqa belgilari kabi, epileptik tutqanoqlardan farqlanib, mojaroli vaziyatda yoki bemorga uni eslatilganda yuzaga keladi. Bemorlar o‘z xatti-harakatlarini ma’lum darajada idora etish qobiliyatlarini saqlab qoladilar.

Manba: Avitsenna.uz

Qayd etilgan


Urazbaev Mansur  21 Iyul 2015, 16:18:33



Yassioyoqlik oyoq panjasining murakkab va eng ko’p uchraydigan deformasiyasidir. U tug’ma va orttirilgan bo’lishi mumkin. Tajribada asosan orttirilgan yassi-oyoqlik uchraydi. Yassioyoqlikning paydo bo’lishida yondosh kasalliklar (raxit, miopatiya, nevrologik kasalliklar, jarohat), rasional bo’lmagan poyabzal sabab bo’lishi mumkin.

Yassioyoqlikning quyidagi klinik belgilari mavjud: boldir-panja bo’g’imi suyaklari joylashishida shunday buzilish ro’y beradiki, panja kaftining o’rtasi – yerga tegmaydigan qismi yassilanib, tegadigan bo’ladi, natijada, oyoq kafti kengayib, yalpoqlanib qoladi. Bu kasallik qizlar va o’g’il bolalarda deyarli bir xil darajada uchraydi. Yuqorida sanab o’tilgan o’zgarishlar natijasida bolalarning qadam tashlashi buziladi, og’irlik oyoq kaftiga zarb bilan tushadi va tayanch-harakat sistemasining yuqori qismiga ham noto’g’ri taqsimlanadi, ikkilamchi deformasiya va kasalliklar paydo bo’ladi. Oyoq venalarining varikoz kengayishida ham yassioyoqlikni ma’lum darajada sababchi deb ko’rsatish mumkin.

Davolash usullari haqida gapirganda, yassioyoqlik aniqlanishi bilan muolajalarni boshlash zarurligini aytish maqsadga muvofiq. Tug’ma yassioyoqlikda bola chillalik davridan boshlab davolovchi massaj va vanna qabul qilgani ma’qul. Orttirilgan yassioyoqlikning birinchi belgilari paydo bo’lishi sezila boshlagach – davolovchi massaj, kalsiy xlor eritmasi bilan elektroforez, parafin yoki ozokerit aplikasiyalari, tuzli davolovchi vannalar buyuriladi. Poyabzal, albatta, supinatorli bo’lishi kerak. Umuman oyoq kiyimi haqida gapirganda, kun davomida faqat bitta oyoq kiyimida yurish maslahat berilmaydi, uni bir-ikki marta almashtirish maqsadga muvofiq. Ushbu kasallikda xirurgik usuli juda kam holatlarda qo’llaniladi.

Yassioyoqlik uzoq vaqt davolanadigan, sabr va qanoat talab qiladigan kasallik ekanligini unutmaslik kerak. Bu kasallikni bolalarda asoratsiz to’liq davolash mumkin. Kattalarda ham davolash muolajalari doimiy ravishda o’tkazib turilsa, hech qanday asoratlar kuzatilmaydi.

Manba: Avitsenna.uz

Qayd etilgan