Tayyorlanishi:
1. Chuqurroq idishni ichiga issiq suvimizni solamiz, ichiga drojamizni aralashtiramiz.
2. Shakarni ham solib, drojani shishishi uchun 5 daqiqa qadar kutamiz.
3. So’ngra tuz, yog’ni solib aralashtiring, unni elab asta sekin xamirni qoring. Yumshoq xamir bo’lishi kerak. 5 daqiqa qadar xamirimizni muloyim bo’lishi uchun mushtlaymiz.
4. Zuvala shakligia keltirilgan xamirimizni ustini yopamiz, 45 daqiqa-1 soatga qadar xamirimizni 2 barobar ko’tarilishini kutamiz.
5. Unlagan xamirimizni barmoqlaringiz bilan yoying, chunki qo’lda yoysangiz xamiringiz yaxshi shishadi. Agar qo’lda yoya olmasangiz o’qlava yoki jo’vada yoying.
6. Duxovka listingizga agar bor bo’lsa makkajo’xori uni seping. Chunki bu un xamirni yopishtirmaydi, tagini yaxshi qizarishida yordam beradi, agar uningiz yo’q bo’lsa odatdagiday yog’lashingiz mumkin.
7. Xamirni listga joylashtirgandan keyin, kerakli masalliqlarni tayyorlang.
. Sousni tayyorlash uchun qaynagan suvni ichiga tomatni solib, aralashtiring, qo’yiqqina massa hosil bo’ladi. Bu aralashmani ichiga tuz va qolgan ziravorlarni aralashtiring Maxsus sousimiz pitsa xamirimizni ustiga surtish uchun tayyor.
9. Xamirni listga yoyib bo’lgandan keyin, sousimizni hamma joyiga bir xil qilib surtib chiqing.
10. Pitsani ustiga navbat bilan qolgan masalliqlarni sepib chiqing. Eng ustiga qirg’ichdan o’tkazilgan pishloqni seping.
11. Oldindan isitilgan 200 darajali duxovkada 45-50 daqiqaga yaqin, pitsani usti qazarguncha pishiring.
12. Iligandan keyin dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha.