Kutubxona > Boshqa kitoblar

Androidlar uchun o'zbekcha kutubxona

(1/4) > >>

AbdulAziz:
Assalomu alaykum!
Ko'pchilik muxlislarning talablariga binoan Android uchun tayyorlangan ilk kitobni saytga joylashtirdim:
http://ziyouz.com/books/android/o%27tkan_kunlar_www.ziyouz.com.apk
Bir ko'ringlar-chi, qanday kamchiliklari bor?

PS. O'zimda android moslama bo'lmagani uchun uni faqatgina PCda ko'ra oldim xolos.

azizbek_mx:
Umuman, yomon emas, o'qishga qulay, tez ishlayapti. Har holda, java versiyasidan anchagina qulay. "Sahifalarga o'tish" degan buyrug'ini "qidirish" deb o'zgartirilsa bo'larkan, men uni saxifa raqami deb o'ylabman. Keyin, qidiruv maydonchasida so'z yozilib, "Enter" bosilishi bilan qidiradigan qilish mumkinmi? Bosganda yangi qator ochilyapti.

Mo'min Mirzo:
Va alaykum assalom. Yaxshi o'ylabsiz, oddiy kitob va kompyuterni ko'chada olib yurish qiyin. Keyingi vaqtlarda kitoblarni asosan smartfonda o'qiyapman.

O'tgan kunlarni ishlatib ko'rdim. Islom.Uzchilar chiqargan "Muhsin", "Minhojul Qosidiyn", "Bulug' al-marom", "Ismul A'zam" kitoblarini o'quvchiga ancha qulay qilib tuzishgan. Mundarijasi boshidayoq keladi, fon rangi ko'zni toliqtirmaydi.

AbdulAziz:
Ayni kitobning lotin alifbosidagisini ham ushbu faylga birlashtirdim. Bir ko'ringlar-chi, normal ishlayaptimikan.

AbdulAziz:


Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" asari to'lig'icha kirill va lotin alifbosida Android uchun tayyorlandi. Bir ko'ring-chi, yaxshi ishlayptimikan:
http://www.ziyouz.com/books/android/Saodat_asri_qissalari_www.ziyouz.com.apk

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version