Ta'ziyanoma  ( 129411 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 34 B


IXLOS  28 Avgust 2009, 17:21:14

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!
Ollohim u kishini gunohlarini mag'firat qilsin va joylarini jannatni firdavs cho'qqisida qilsin,oxiratlarini obod,qabrlarini munavvar qilsin! Omiyn.

Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2009, 20:25:21

Azizlar, sizlardan buvim (onamni onalari) uchun bir fotiha o'qishlaringizni so'rayman. Sizlar duoda insonlar bo'lganingiz uchun bu habarni aytishni ma'qul ko'rdim. Buvim rahmatlik bo'lganlariga ancha bo'lishiga qaramay uydagilar menga hafa bo'lib siqilmasin, deb aytishmabdi:( Singlimdan majburan so'rab bildim. G'urbatda rostanam o'lim habari olish insonni qiynab qo'yadi. O'lim haq lekin nima bo'lsa ham biz insonlar ojizmiz.

Qayd etilgan


Abdullоh  28 Avgust 2009, 21:02:19

 :as:. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Darhaqiqat, biz Allohnikimiz va unga qaytguvchimiz! Alloh O'zi har birimizning yaqinlarimizdan o'tgan mo'min-musulmonlarni O'z rahmatiga olgan bo'lsin. O'lim haqdir va uni hech kim ilgariga sura olmaydi va kechiktira ham olmaydi. Xoh inson shoh bo'lsin, xoh gadi bir kun Alloh tayin qilgan kunda, vaqt-soatda bu dunyodan abadiy rihlat qiladi. Biz ojiz bandalarning o'tganlarimiz uchun qila oladigan va qo'limizdan keladigan birgina amal bu - ularning haqqiga atab qilingan hayr-sadaqa, ehson, duo, qur'on tilovatidir. Agar biz o'tganlarning haqqiga atab Qur'on tilovati qilsak, ularning ruhi shod bo'ladi. Shu sabab bilan Alloh ularning qabrdagi azobini kamaytirar yoki martabasini yanada ulug' qiladi. Ayniqsa hozirgi muborak oy - Ramazon oyida qilinga duo, Qur'on tilovati esa nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Sizga bir ojiz bandaning maslahati malol kelmasa o'zingiz Buvingizning haqlariga ko'proq duolar qiling, bilgan oyatlaringizni o'qib, savobini u kishining haqlariga atang. InshaAlloh Alloh o'zi u kishining qabrdagi hayotlarini yengillashtirgay va jannat eshiklarini ochgay. Siz buni Allohdan chin qalbdan, yolg'iz qolganingizda chin dildan yig'lab so'rang. Biz kaminlara ham duoda u kishini duo qilajakmiz, InshaAlloh!

Qayd etilgan


Foniy  20 Sentyabr 2009, 12:23:52

Fozil qori aka Yosin o`g`lini Olloh  :jl: subhonahu va taolo o`z rahmatiga olsin, joylari jannatda bo`lsin,  :amn:
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!
IslomUz

Qayd etilgan


Musannif Adham  20 Sentyabr 2009, 14:05:25

Inna lillahi va inna ilayhi roj'iun.

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  21 Sentyabr 2009, 05:08:41

Иннал лиллаҳи ва иннал илайҳи рожиъун.

Албатта, биз Аллохнинг (бандаларимиз) ва албатта биз У зотга кайтгувчилармиз. А­й Аллох! Мана шу мусибат(сабабли) менга ажру-мукофот бергин ва мен учун ундан схши бслган нарсани срнига колдиргин. (Муслим ривости).

Qayd etilgan


Ansora  28 Sentyabr 2009, 10:49:30

Assalomu-alaykum. Sizlar sevib tomosha qiladigan Kurtlar Vadisi Pusu'dagi Seyfo Ag'a (Nihat Nikerel) kecha yurak hurujidan vafot etibdi.

Olloh rahmat qilsin....



http://www.hurriyet.com.tr/magazin/haber/12561446.asp

Qayd etilgan


saltanat  28 Sentyabr 2009, 11:09:27

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
Seyfo og'a rolini boplab ijro etganlar(boshqa rollarini bilmayman).
Allohim rahmatiga olsin, qabrdagi va qiyomatdagi so'roq-savollarini oson qilsin, yotgan joyini jannat bog'laridan bir bog' qilsin.Omiyn.

Qayd etilgan


Layloxon  28 Sentyabr 2009, 12:47:31

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

Qayd etilgan


Hadija  28 Sentyabr 2009, 14:24:19

Inna Lillahi va Inna Ilayhi Ro'jiun

Qayd etilgan