Inna Lillahi va inna ilayhi roji'un.
Ushbu mavzuni ochishimga sabab bo'lgan birodarimizni bugun lahadga qo'ydik. Alloh oxiratlarini obod qilsin. Menga bolaligimda Qur'on o'qishni o'rgatgan, meni xursand bo'lsin deya dendi o'ynashga oborgan va menga doim marojniy oberadigan akajonimni bugun qabrga qo'ydik. Bu dunyoda qorin og'rig'idan azob chekdilar. Alloh qabrlarini munavvar aylasin. Imomning Janoza namozidan oldingi ma'ruzasi hammani yig'latdi. Forumdosh birodarlar, sizlar ham ushbu birodarimiz haqlariga xolis duo qilsangiz. Barchamizdan Alloh rozi bo'lsin!
Inna Lillahi va inna ilayhi roji'un!
Alloh rahmatiga olsin,Ilohim! Joylari jannatda bo'lsin,oxiratlari obod bo'lsin! Oila a'zolariga Allohdan sabr tilab qolaman. Bandachilik, bu kun har kimni boshida bor. Xudoyim ushbu birodarimizni O'z rahmatiga olsin,Omiyn Allohu akbar!