Abdurrohman  ( 62225 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 B


Абдурроҳман  14 Iyul 2015, 00:40:26

Allohning buyruqlarini jiddiy qabul qiling.

"Muso o'z qavmiga: «Alloh sizga sigir so'ymoqni buyurmoqda», deganini eslang. Ular: «Bizni mashara qilyapsanmi?» dedilar. U: «Johillardan bo'lishimdan Allohdan panoh so'rayman», dedi." (Baqara surasi, 67-oyat)

Bu yerda Alloh taolo sigirga aloqador voqea hususida so'z yuritadi. Suraning "Baqara" deb nomlanishiga ham suradagi sigir hodisasi sabab bo'lgan. Baqara aslida sigir degan ma'noni anglatadi.
Oyatda keltirilganidek, Muso alayhissalom o'z qavmiga: "Alloh sizga sigir so'yishni buyurmoqda" dedi. O'z payg'ambari tilidan Allohning buyrug'ini eshitganlaridan keyin bani isroilning birinchi javobi: "Bizni masxara qilyapsanmi?" deyish bo'ldi.
Nima? Bizni kalaka qilyapsanmi? Bizning sigir so'yishimizni istaysanmi? Hozirgina qotillik sodir etildi. Allohning bunga javobi bizning sigir so'yishimizmi? Nimagadir bu buyruq unchalik yopishmayapti. va h.k.
Bu oyatni keltirishimdan maqsad, Allohning ko'rsatmasiga ularning munosabati qanday bo'lganligini aytishdir. Allohning nomini o'rtaga qo'yib payg'ambar ularga "Sigir so'ying" deb buyurdi. Bu buyruq sizning ojizona mantig'ingizga to'g'ri keladimi yoki yo'qmi buni qabul qilishingiz kerak sababi, buni sizga Allohning payg'ambari (ayni holatda Muso alayhissalom) Allohning buyrug'i shu deb aytib turibdi.
Lekin sizning jovobingiz "Hazillashyapsanmi?" "Kalaka qilyapsanmi?" va h.k. deyish bo'ladimi? Bilasizmi nima uchun bu narsa Qur'onda oyat qilib tushirilgan? Chunki bu doimiy takrorlanib turadugan holatdir. Shu kunlarda o'zini musulmonman deb yuradigan shunday odamlarni uchratishimiz mumkin. Ularga mana bu  payg'ambirimizning Alloh tomonidan bizga ko'rsatgan aniq ravshan ko'rsatmasi, deb aytsangiz ular ham huddi yuqoridagi oyatda keltirilgan bani isroilga o'xshagan munosabatda bo'lishadi.  "Xazillashyapsanmi?", "Chindan aytmayatgan bo'lsang kerak",  "Nima Islom menga shuni buyuradimi?", "Shariatning buyrug'i shumi?", "Hadisda shunday deyilganmi" , "Ilojim yo'q.",  "Mantiqqa to'g'ri kelmayapti", va h.k. deb javob berishadi. Allohga, payg'ambarga, dinga bepisandlarcha munosabatda bo'lishadi.
Muso alayhissalomga o'z qavmining bu javobi juda og'ir botgan. Oyatning davomida "Panoh so'rayman" degan jumla keltirilgan. Ho'sh buyuk payg'ambar nimadan panoh so'rarkin? "O'z his tuyg'ularini bo'ysundira olmaydiganlardan bo'lib qolishdan", Johil so'zining ma'nosi Oqilning teskarisidir. Oqil odam o'z his tug'ularini jilovlay oladigan odam, johil esa buning aksi.
Yana shuni ham ta'kidlashni joiz deb bilamanki, Bu oyat faqatgina Allohning buyruqlarini kalaka qiluvchilar haqida tushmagan.  Bu oyatda Allohning oyatlarini boshqalarga yetkazuvchilar, payg'ambarlar ishining davomchilari bo'lishga intiluvhi da'vatchilar uchun ham katta ibrat bor. Ular ham Allohning buyruqlarini boshqalarga yetkazishgan vaqtda masxara, kalaka qilinishlari mumkin. Lekin ular bunday holatda tushkunlikka tushmasliklari kerak. Chunki Muso alayhissalom darhol: "Johillardan bo'lishdan panoh so'rayman" dedilar. Oyatdagi holat Muso alayhissalomni ham o'ta hafa qilgan bo'lishiga qaramasdan darhol o'zlarini o'nglab, Allohdan panoh so'radilar. Sababi agar tushkunlikka tushsalar Allohning buyrug'ini, o'ziga yuklatilgan dinni boshqalarga yetkazishdek sharafli vazifani ado etishda oqsalish ehtimolligi yo'q emasdi.
Albatta, dinni boshqalarga yetkazish odamdan katta matonat talab qiladi. Sizning gaplaringizga bepisandlarcha munosabatda bo'lishsa siz ham "Johillardan bo'lib qolishdan panoh so'rayman" deya olishingiz kerak.
Alloh bizlarni hech qachon O'zining buyruqlarini kalaka qilmaydiganlardan qilsin. Agar Allohning buyruqlarini boshqalarga yetkazgan vaqtimizda bizni kalaka qilshsa ham, his tuyg'ularimizni jilovlay oladigan matonatli bandalaridan qilsin.

Qur'anic Gems dan erkin tarjima qilindi. Muallif Ustoz No'mon Alihon.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  14 Iyul 2015, 02:13:45

Ramazonga ibodat qilasizmi yoki Allohgami?
... Sanog'ini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug'lashingiz uchun. Shoyadki shukr qilsalaringiz. (Baqara, 185-oyat)

Ramazon to'g'risida uchun va chiroyli oyatning bir qismini sizlar bilan baham ko'rishni istadim. Oyatning ohirida Alloh taolo nima uchun 30 kun qilib tayinlaganligi, bundan ko'zlangan maqsad nima ekanligini aytib. "sanog'ini mukammal qilishingiz uchun" deb aytadi. Demak, bu yerda sanoq muhim ekan. Allohga ibodat qilishimizda, ruhiy holatimizda buning ta'siri katta ekan. Bu Allohning alohida biz uchun tayorlagan dasturi bo'lib, muvaffaqiyatga erishishimiz uchun sanoqni mukammal qilishimiz shart ekan. Sanoqni ado qilishimiz biz uchun farz ekan. Har kuni ro'za tutishda mahkam turishimiz kerak ekan.
Davomida Alloh: "Sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug'lashingiz uchun" deb aytadi. Hammamizga ma'lumki, hayit kuni aksariyatimiz yo'lda hayit namoziga ketayotib, Allohni ulug'lab takbir aytib boramiz. Hammamiz Allohu akbar, Allohu akbar deb aytamiz. Bu yerda ajoyib joyi shuki, iyd hayit bayramiga bizning qanchalik Allohu akbar deb zikr aytishimizni umuman ta'siri yo'q. Bu yerda yanayam muhimroq bir narsa bor. Shuni ta'kidlash joizki, Allohning rahmati, fazli biz o'tmishda qilib o'tgan, o'zimizning nazarimizdagi har qanday katta gunohlarimizdan,  isyonlarimizdan ham ulug'roqdir. Bir kun kelib 30 kun nihoyasiga yetadi. Shu 30 kun biz uchun o'z nafsimizga Allohga bo'yunishni odatlantirish, unga ihlos bilan ibodat qilishni o'rgatish, tilimizni har hil so'zlardan tiyish, ko'z zinosidan asranishga odatlanish va shunga o'xshash boshqa narsalar uchun yetarli muddat ekan. Shu 30 kun davomida biz hattoki halol narsalardan ham o'zimizni tiyamiz. Buning natijasida ramazondan keyin harom narsalardan o'zimizni tiyishimiz ancha oson kechadi.
Oyatning ohiridan Alloh, mana endi ramazon nihoyasiga yetdi. Endi sen chin qalbdan Allohni ulug'lashing mumkin. Sababi men seni O'zim hidoyatlab qo'ydim degan ma'noda: "...va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug'lashingiz uchun..." deydi. Ramazonning eng shirin joyi shu yerda. Alloh roziligi biz uchun eng birinch o'rinda bo'ladi. Ko'p narsalardan o'zimizni Alloh uchun tiyamiz. Endi ramazondan keyin ham bu narsa davom etishi kerak.
Alloh bizni o'zimizning rohatimizdan O'zining roziligini ustun qo'yadiganlardan qilib qo'ygani uchun ham shukr keltirishimiz kerak. Insoniyatning qanchadan qanchasi bunday ne'matdan bahramand bo'la olmay turgan bir paytda, bizni O'zning hidoyati bilan ne'matlantirib qo'ygani uchun ham.
Alloh bizlarni O'zining buyruqlari kelganda hokisorlik bilan bo'ysunadigan. Roziligini hamma narsadan ustun qo'yadigan bandalaridan qilsin...
Qur'ani Gems dan erkin tarjima qilindi. Muallif Ustoz No'mon Alihon.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  14 Iyul 2015, 04:13:52

Sinov va musibatlar
.

Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham kasbidan, zarari ham kasbidan... (Baqara, 286-oyat)

Men sizlar bilan 3-juzning ohiri, Baqara surasining so'ngi oyatidagi uzun oyatdan bir qismini baham ko'rishni istadim. Bu ham bo'lsa: "Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham kasbidan, zarari ham kasbidan." degan qismidir.
Taklif so'zi arab tilida qandaydir yuk yuklanmoq ma'nosini anglatadi. Alloh hech kimga hech narsa yuklamaydi. Birorta odamga ham yuk yuklamaydi. Magaram o'sha yuklangan yuk uning quvvatidan tashqarida bo'lmasa. Ya'ni biz o'z hayotimizda qanday musibatga uchrashimdan qat'iy nazar, o'sha bizga kelgan musibatni ko'tarishga bizda yetarlicha quvvat bor bo'larkan. Ehtimol boshqa birontasi boshidan o'tkazayotgan narsa mening boshimga tushsa toqatim ko'tara olmas. Mendagi musibatlarga esa ular dosh bera olmasliklari mumkin. Biz rohatlanayotgan ne'matlar, alamini totayotgan musibatlar, balo ofatlarning barcha-barchasi o'zimizning shaxsiy imkoniyatlarimizdan kelib chiqib beriladi.  Shuning uchun ham Alloh taolo: "Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas." deb aytadi.
Oyatning yana bir ajoyib tomoni shundaki, ikkinchi tomondan olib qaraganda. Ba'zi narsalarga barchamiz bir hilda javobgar bo'lamiz. Islomning shunday buyriqlari borki, hech kim: "Bilaman, sen qila olasan, lekin men buni bajara olmayman. Bu mening toqatimdan tashqari narsa" deya olmaydi. Masalan 5 mahal namozni olib ko'rsak. Biz: "Mashalloh, sen 5 mahal namoz o'qiyapsan. Lekin men o'qiy olmayman. Ramazonda o'qishim mumkin. Lekin odatda bu men uchun mumkin bo'lmagan, toqatim ko'tara olmaydigan ish" deya olmaymiz. Bunaqa bahona ketmaydi sababi, bunga o'xshash ba'zi buyruqlarni Alloh har bir nafsga yuklab qo'ygandir. Har birimizga bu buyruqlar yuklangan. Hammamiz uchun bular umumiy qonundir.
Qilinishi ta'qiqlangan gunoh ishlar, qilinishi ta'kidlangan farz amallar. Bular uchun hech qanday bahona sig'maydi. "Men iboat qiladigan, namoz o'qiydigan toifadagi odam emasligimni Alloh to'g'ri tushunadi. Men saharhez odammasman. Shuning uchun bomdodni o'qiy olmayman. " deb bo'lmaydi.
Alloh 5 mahal namozni ado etishga har bir insonning quvvati yetishini yaxhsi bilgani uchun farz deb joriy qilgan. Har bir insonni, har bitta musulmonni haromdan tiyilishga kuchi, quvvati yetarli. Siz namoz o'qishga, haromdan tiyilishga layoqatlisiz. Mabodo siz o'z-o'zingizga: "men layoqatsizman" deayotgan bo'lsangiz va shunga o'zingiz ham ishonib qolayotgan bo'lsangiz. Demak siz o'zingizni yaratgan, nimaga qodiru, nimalarga qodir emasligingizni o'zingizdan ham yaxshi biladigan Allohni yolg'onchiga chiqaryapsiz ekan. Alloh "sen layoqatlisan bandam" deb turibdi. Agar quvvatimiz yetmagan bo'lganida bizga hech qachon buni Alloh buyurmagan bo'lardi.
Demak o'z o'zimizga savol berishimiz kerak: "Meni toqatim ko'tarmaydi, bunga layoqatli emasman" deb aytayotganimizda biz tog'ri aytyapmizni yoki o'z-o'zimizni aldayapmizmi? "Layoqatlisan, kuch quvvating yetadi, toqating yetmaganida bo'yningga buni yuklamasdim" degan Alloh haq emasmikan? Bu savolni o'z-o'zimiz berib, vijdonan to'g'ri javob berishimiz kerak.
Yana ozroq vaqtlaringni olib, bir narsani sizlar bilan baham ko'rmoqchiman. Alloh aytyaptiki, "Inson o'zi ishlagan narsadan foyda oladi. O'zi ishlagan gunohlar o'zining zararigadir." Ba'zi kasb qilgan narsalarimiz foydamizga, boshqa ba'zilari zararimizga bo'ladi.
Arab tilida "kasaba" - bajarilishi oson bo'lgan amallarga nisbatan qo'llaniladi, oyatda yaxshi amallarga nisbatan qo'llanilgan. "Iktasaba" - bajarish qiyin bo'lgan bo'lgan amallarga nisbatan ishlatiladi. Oyatda gunoh, zararli amallarga nisbatan qo'llanilgan. Bu bir qarashda g'alati tuyuladi. Chunki ko'pchiligimizning o'ylashimizcha gunoh amallarni qilish oson, savobli amallarni bajarish qiyinga o'xshaydi. Lekin bu oyatda Alloh bizga bir sirni ochadi.
Qisqa muddat uchun gunoh amallar oson bo'lishi mumkin. Lekin uning jazosini uzoq muddat o'tashchi? Bu o'ziga yarasha juda ko'plab qiyinchiliklarga sabab bo'ladi. Allohga isyon qilganingiz ichun musibat ofatlarni boshimizdan o'tkazishning o'zi bo'ladimi?
Huddi o'girlik qilishdagi kabi. U amalni bajarish oson bo'lishi mumkin. Qamoqda uning jazosini o'tash esa oson ish emas. Biron bir ahmoqlikni qilib qo'yish o'sha vaqtda oson bo'lgan bo'lishi mumkin. Lekin uning narhi odatda qimmatga tushadi.
Ishga joylashish, qattiq mehnat qilish, halol pul ishlash qiyin bo'lishi mumkin. Lekin yuqorida keltirilganidek qing'ir yo'l bilan osongina qo'lga kiritilgan mol va uning uchun o'talgan jazodan ko'ra, halol mehnat natijasi totliroq, shirinroq, osonroq bo'ladi.
Alloh bizga oson va qiyin amallarga aynan shu nuqtai nazardan qarashimizni hohlagan. Yaxhi amallar ko'p mehnat talab qilishi mumkin. Lekin Alloh uni oson qilib qo'yadi. Yomon amallarni qilish ancha oson bo'lishi mumkin. Lekin keyinchalik u amal qiluvchi uchun qimmatga tushishi aniq.
Demak, Alloh bizga yuklagan yukka boshqacha nazar bilan qaramang.  Mas'uliyatni to'liq his qilishga odatlaning. Gunohning vazniga past nazar bilan qaramang. "Mayli-da endi shu ishni qilyapman. Men bilan kimniyam ishi bo'lishi mumkin. "degan hayolga bora ko'rmang. Ertaga Allohning oldida bu qilingan ishga qanday javob berishni o'ylang.

Qur'ani Gems dan erkin tarjima qilindi. Muallif Ustoz No'mon Alihon.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  14 Iyul 2015, 22:36:57

Yaxshilikka erishish yo'li.

O'zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir. (Oli Imron, 92-oyat)

Bugun men sizlar bilan "Oli Imron" surasining 92-oyatini baham ko'rmoqchiman. Bu oyat 4-juzning avvalidan o'rin olgan. Oyatda Alloh Azza va Jalla: "Siz erisha olmaysiz (لَن تَنَالُواْ الْبِرَّ - Lanta nalu al birro). Siz nafaqa qilmaguningizcha (حَتَّى تُنفِقُواْ مِمَّا تُحِبُّونَ - Hatta tunfiqu mimma tuhibbun), O'zingiz sevgan narsadan nafaqa qilmaguningizcha" deb aytadi.
Bu juda mashhur oyat. Odamlar ko'pincha bu oyatdan iqtibos keltirishga odatlanishgan. Hozir men sizlar bilan oyatning boshqa bir nozik joyini baham ko'rishni istadim.
Arab tilida "nala" so'zi safarga chiqib, manzilga yetishni sabrsizlik bilan kutishga nisbatan ishlatiladi. "Nala"ning ishlatilish o'rni shunday. Nihoyat, biror narsaga yetishishni anglatadi. Arablar buni yaxshi anglashadi. Sababi ular sahrolar orqali safar qilshgan. Manzilga yetib borish yoki bora olmaslik haqida shubhaga ham borib qolishgan. Manzilga yetib bora olmaslik ularni o'limga olib borgan. Sababi, sahroda tirik qolishga yetarli sharoitning o'zi bo'lmagan. Huddi shunday holatni dengiz safarida ham ko'rish mumkin. Dengizda safarga chiqqan vaqtingizda,  yo'ldan adashib, belgilangan manzilga yetib borishga imkon topa olmay qolsangiz, o'zingizdagi oziq-ovqat, ichimlik suvi zahirasini imkon qadar tejashga harakat qilasiz. Chunki tirik qolish uchun belgilangan vaqtda kerakli manzilga yetib borishingiz kerak bo'ladi. Aks holda oziq-ovqat va ichimlik suv zahirasi yetmay qolib, chanqoq va ochlikdan halok bo'lishingiz mumkin.
Hullas, Alloh bu oyatda safarda tirik qolib, manzilga o'z vaqtida havf-hatarsiz, omonlikda yetib kelishga nisbatan ishlatiladigan "nala" so'zni qo'llagan. Bundan ham ajoyib joyi shuki, U "al-bir" so'zini ham bu oyatda ishlatadi. Aslida "al-hayr", yoki yaxshilik ma'nosini anglatadigan boshqa so'zlarni ham ishlatish mumkin edi. "Al-birr" so'zi arab tilida "al-bar" ga eng yaqin so'zdir. "Al-bar" quruqlik, yerni anglatadi. Qachonki "nal" ni tinglaganimizda hayolimizga birinchi keladigan narsa "bar" bo'ladi. "Quruqlikka, ko'zlangan yerga yetib bora olmaysiz." deganga o'xshash. Alloh: "Siz yaxshilikka yetisha olmaysiz" deydi. Nutq, tovush, fonetik jihatdan bir-biriga yaqin so'zlardan foydalanilganlikning hikmati shuki, ulardan shu tartibda foydalanib, bunday so'z o'yini qilish orqali Alloh bizda tasavvur paydo qilishni istaydi.
Tasavvur qiling siz notinch dengizdasiz. Bo'ron bo'lib turibdi. Manzilga qachon yetishingizni bilolmay qoldingiz. Nihoyat havfsiz bir olorga yetib oldingiz. Bu havfsiz orol nima deb ataladi? "Al-bir". "Al-bir" va "al-bar" fonetik jihatdan o'xshashdir. Yerga, quruqlikka yetib olish huddi yaxshilikka yetishga o'xshaydi. Bunday hollarda "Eh, hayriyat sokinlikka, omonlikka yetishdik" deymiz.
Gunohda bardavom bo'lish ham huddi notinch dengizda bolishga o'xshaydi. Bunday hayot tarzida sokinlikni, hotirjamlikni topib bo'lmaydi.
Demak, siz o'sha havfsiz yerga yeta olmaysiz, hatta tunfiqu mimma tuhibbun.
Qayiqni ko'z oldingizga keltirib ko'ring-da. Tasavvur qiling u cho'kyapti yoki jadayam og'ir, keragidan ortiqcha yuk yuklatilgan. Qayiqdagilar tirik qolishi uchun nima qilish kerak? Undagi ortiqcha narsalarni suvga uloqtirasiz to'g'rimi? Alloh: "Sen o'zing sevgan narsandan nafaqa, hayr-ehson qilmaguningcha o'sha manzilga, quruqlikka, yeta olmaysan" deyidi. Bizning holatimizda yaxshilikka. O'zimiz misol qilib keltirgan qayiqdagi narsalarni tirik qolish maqsadida uloqtirganimizdek, Alloh ham: "sevgan narsalaringdan nafaqa qilishing kerak" deydi.
Bu nafaqa faqatgina masjidga biror narsani sadaqa qilishning o'zigina emas. Bu oyatda o'zingiz yoqtirmagan qarindoshlaringizga nafaqa qilish ma'nosi ham bor. O'z hayotingizdagi ba'zi bir ziynat, dabdaba va hashamatlaradan voz kechib, atrofingizda yo'qchilikdan qiynalib hayot kechirishasyotgan qo'ni-qo'shnilaringiz va boshqa odamlar haqida ham o'ylab ko'ring. Siz ularga sevgan narsalaringizdan ilojingiz boricha ko'proq nafaqa qilishingiz kerak. Faqatgina keraksiz, eski-tuski narsalarnigina emas. Kimdir sizga bersa olgingiz kelmaganidan ko'zingizni yumib oladigan narsalarni ham emas. O'zingiz chindan ega bo'lishni istagan narsalaringizni.
Mana hayit ham yaqinlashib qoldi. Harajat qilish uchun do'konlarga chiqasiz. U vaqtda o'zingiz yoki jiyaningizga qandaydir kiyim, taqinchoqmi nima bo'lsa ham harid qilsangiz. Aynan o'zingiz ega bo'lishni istaganizdek narsani sadaqa qilish uchun ham harid qiling. Mana shu haqiqiy "birr" bo'ladi.  Shu narsa bizni yaxshilikka erishishimizga sabab bo'l'adi.
Qanday ham chiroyli oyat va qanday ham chiroyli tasavvur bilan Alloh bizga tushuntirib qo'ygan. Biz o'zimizning hayot deb nomlangan, manzilimiz Alloh bo'lgan safarimizda qayiqdagi hamma narsa bizga kerak deb o'ylaymiz. Lekin Alloh: "Sen bu safarda tirik qolishni istaysanmi? U holda, cho'kib ketmasliging uchun o'zing sevgan narsalarni suvga uloqtirishing kerak" deb uqtiradi.
Barchalarimizga Allohning O'zi yaxshiliklarga erishishimizda yordamchi bo'lsin. Bizlarni Abror bandalaridan qilsin.
Nimiani infoq qilsak ham Alloh buni juda yaxshi bilib turadi. Qilingan infoqni barchaga ovoza qilishining keragi yo'q. Shunday ekan infoqingiz o'zingiz va Alloh orasida sir bo'lib qolsin. Uni facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarga post qilmang. Chunki Alloh oyatning ikkinchi yarmida "...Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir" deb aytadi.
Bizlarni Alloh yaxshiliklarga erishgan, manzilga omonlikda yetib boruvchi bandalaridan qilsin.

Qur'anic Gems dan erkin tarjima qilindi. Muallif Ustoz No'mon Alihon.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  15 Iyul 2015, 02:11:25

Mol dunyo va pul ta'limoti.


Ey iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo'l bilan yemanglar. Magar o'zaro rozilik ila tijorat bo'lsa, mayli... (Niso, 29-oyat).

Assalomu alaykum. Bugun 5-juz, Niso surasidagi 29 oyatni tanladim. Juda kuchli iboralar bilan islomdagi eng asosiy ta'limotlar keltirilgan bu oyatda. "Ey iymon keltirganlar! Bir birlaringizning mollaringizni botil yo'l bilan yemanglar..."
Ish vaqtida ish soatlaringizda halol ishlang. Ishga borishdan maqsad shunchaki vaqt o'tkazish bo'lib qolmasin. Masalan,siz maslahatchi bo'lsangiz. Ma'lum soat ishlaganingiz uchun sizga haq to'lashadigan bo'lishsa. Ish beruvchiga bildirmasdan, sizga haq to'lanayotgan vaqtni boshqalar bilan laqqillashib, kofe damlab ichib o'tirish bilan bekor o'tkazmang. Halol ishlang.
Hech kimning mehnat unumdorligi hech qachon 100% bo'la olmaydi. Inson uchun bu imkonsiz narsa. Masalan siz: "Ho'p, men 9 dan 17 gacha ishlayman. Lekin orada 45 daqiqa tanaffus ham qilaman. O'sha vaqtda shunchaki dam olib o'tirib boshqalar bilah turli mavzularda suhbatlashib o'tiraman. " deyishingiz mumkin. Agar ish beruvchi bundan habari bo'lib, rozi bo'lsa buning hech qanday yomon joyi yo'q. Chunki bu yerda o'zaro kelishuv yuzaga keldi.
Boshqacha qilib aytganda, odamlarning mol mulklarini aldov, tovlamachilik yo'li bilan o'zlashtirib olmang. Narsalarni o'z narhidan orttirib yubormang. O'z hizmatingizga keragidan ortiqcha narh qo'ymang.
Aytaylik, siz avtomobil ta'mirlovchi ustasiz. Yaqin 10 kilometrda sizdan boshqa usta yo'qligini yaxshi bilasiz. Ayni paytda kimdir yo'lda avtomobilining  transmissiyasi buzilib sizning oldingizga keldi. Shoshilib turganini aytib, sizdan tezroq tuzatib berishingizni iltimos qildi. Bu holatda avtomobil egasining chorasizligidan foydalanib, o'zingizdan boshqa foydasi tegishi mumkin bo'lgan odam yo'qligini anglagan holda o'z hizmatingizga baland narh qo'yib olmang.
Masalan siz psiholog bo'lsangiz. Odamlarni aldash orqali ularning pullarini shilib olmang. Ularning tushkunligidan foydalanib,  qabulingizga ko'p martta kelishlarini talab qilmang. Bunday sohtakorliklardan yiroq bo'ling.
Odamlarning pullarini botildan yemang.
Haridorga biror narsa sotilayotgan yoki mijozga hizmat ko'rsatilayotgan vaqtda. Sotuvchi yoki hizmat ko'rsatuvchi o'zi nimani sotayotganligini yoki qanday hizmat ko'rsatayotganligini mijozdan ko'ra yaxshiroq biladi. Agar sotilayotgan tovar yoki hizmatda birorta kamchilik bo'lsa, bu haqda albatta mijozni habardor qilib qo'yish kerak. Ular bilishi zarur. Chunki agar bilmasliklaridan foydalanib ularning pullarini olayotgan bo'lsangiz. Bu Allohga isyon bo'ladi.
Biz musulmon sifatida biror ish boshlasak, kasb qilsak, yoki ishga kirib ishlasak, botil yo'l bilan pul ishlashga hech qachon rozi bo'lmaymiz.
Bu oyat faqad ishchi hodimlar uchun emas, balki ish beruvchilarga ham tegishlidir. Masalan, ish beruvchi ma'lum miqdordagi pulni maosh sifatida berishga qaror qilgan. Qaysidir hodim qattiqroq, ko'proq mehnat qilyapti. Lekin siz unga boshqalarga nisbatan ko'proq haq to'lamadingiz. Yoki bir hil ishni bajarishgan bo'lishlariga qaramasdan ba'zilariga oz, ba'zilariga esa ko'proq haq to'ladingiz. Bu ham botildan yeyishga kiradi. Bu adolatdanmas, islom ta'limotlariga ziddir. Ikkalasi ham bir hil mehnat qilsa-yu lekin ikki hil haq olishsa... Bu kam haq to'langan kishni molini botil yo'l bilan yeyishga kiradi.
Ikkala tomon ham rozi va hursand bo'lishi kerak. Oyatning jozibasi shu yerda.  Agar ikkala tomon ham mamnun bo'lmasa, demak bu adolatli kelishuv bo'lmapti. Adolatli kelishuvga kelinganidan keyin esa hech qanday shikoyat qilishga o'rin yo'q.
Agar biz shu ta'limotni hayotimizga tadbiq eta olganiizda edi. Hayotmiz ancha yaxshiroq bo'lgan bo'lardi.
Alloh  bizlarni ish yutirish jarayonlarimizda adolatli bo'lishimizga madadkor bo'lsin. Niso surasining ushbu oyatidagi go'zal talimotga amal qilishimizni nasib qilsin.

Qur'anic Gems dan erkin tarjima qilindi. Muallif Ustoz No'mon Alihon.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  16 Iyul 2015, 04:20:38

Hech qachon Allohning sevgisi va rahmatidan umidingizni uzmang.


Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizlarni azoblab nima qiladi? Alloh shukr qiluvchi va biluvchi zotdir. (Niso, 147-oyat)

Assalomu alaykum. Men sizlar bilan 6-juz, Niso surasining 147-oyatini baham ko'rmoqchiman. 2 ta avvalgi oyatda Alloh taolo munofiqlar do'zahning eng ostki qavatida, eng tubida bo'lishlarini ta'kidlaydi. Keyin jahannamda azoblanmaydiganlar - munofiqlikdan qaytib, tavba qilganlar ekani aytiladi. Demak munofiqlik bu muqim holat emas ekan. Bu darddan halos bo'lishning imkoni bor ekan. Chunki tavba eshiklari hali ham ochiq. qanday ham go'zal imkoniyat bu?!

Davomida yana  "...Alloh uchun dinga ixlos qo'yganlar..." degan ibora keladi. Sababi, munofiqlarning asosiy dardi ularda ixlosning yo'qligidir.  "...o'shalar mo'minlar bilan birgadirlar..." ya'ni endi ular munofiq sanalmaydilar. Ularga qo'yilgan munofiq degan tamg'a endi olib tashlanadi. Tez orada munofiqlikdan tavba qilib mo'minlar safiga qo'shilganlarga hamda mo'minlarning ulkan ajr beradi.

Hullas, munofiqlar jahannamning eng tubida bo'lishlari aytildi. Niso surasida 60 ga yaqin oyatda munofiqlik haqida so'z ketgan. Ko'pchilik men munofiqmasmikinman deb o'ylab qolishi, bundan tashvishlanishi, hattoki tushkunlikka, umidsizlikka tushib qolishi ham mumkin. Albatta bunday hayol odamni tashvishga solmay iloji yo'q. Chunki bu jiddiy narsa, munofiqlikka yengil qarab bo'lmaydi.

Alloh Azza va Jalla munofiqlik haqidagi oyatlarninh ohirida bir narsani ta'kidlaydi.  Ayni shu ta'kid uchun ham men bu oyatni tanladim. Alloh aytadiki: "Odam gunohga qanchalik ko'milib ketgan bo'lmasin, qanchalik tubanlashib ketgan bo'lmasin. Hattoki: "Bo'ldi, mening bo'larim bo'ldi. Hech qachon Alloh mening gunohlarimni kechirmasa kerak" degan hayolga borib qolganda Shayton kelib: "Ha, Alloh seni azoblaydi. Baribir jahannamga tushasan. " deya vasvasa qila boshlagan bir paytda aksariyat odamlarda: "Alloh jahannamni nima uchun yaratdi? Allohga meni azoblashdan nima naf?! Nimaga U meni jahannamga uloqtirmoqchiykin? Shunchalik qattiq azob uqubat nima uchun?" degan qarashlar yuzaga keladi. Shu paytga kelib Alloh "Maa yaf'alullohi bi azabikum" deydi. Men ayni shu oyatni sizlar bilan baham ko'rishni istagandim.

Alloh sizni azoblab nima qiladi? Bundan Unga nima foyda bor? Allohning sizni azoblashga ehtiyoji bormi? Alloh sizni azoblashni istaydi deb o'ylaysizmi?

Inshakartum va a'mantum  - Agar ozgina bo'lsa ham shukr keltirsangiz. Sizda arzimas bo'lsa ham iymon bor bolsa. Vakanallohu shakiron aliima - va Allohning o'zi shukr qilguvchidir!

Odatda shakir so'zi bandaga nisbatan ishlatiladi. Lekin Alloh bu yerda shukr keltiruvchilik sifatini o'ziga nisbatan ishlatyapti. Alloh minnatdor bo'ladi!  Shunchaki maqtab qo'yadi demayman, balki Alloh siz uchun qilgan yaxshiliklari haqida ozgina fikr yuritganingiz uchun minnatdor bo'ladi! Hattoki o'z maloikalariga siz haqingizda fahrlanib so'zlab beradi. Ajru mukofotingizni ziyoda qilib beradi!

Buyuk olim Hasan basriyning farzandi shikastlanibdi. U qiziga otalik mehri jo'sib, yugurib borib, qo'liga olib ko'tarib: "Nima bo'ldi, qo'ling yaxshimi?" deb so'rabdi. Ayni paytda qizchaning qo'lidan qon oqib turgan ekan. Qizi esa: "Alamdulillah. Ozgina joyimni shikastlab, qolgan ko'p qismimni omon saqlagan Allohimga hamdlar bo'lsin" degan ekan.

Agar  shukr keltirish uchun ozgina bo'lsa ham sabab qidirsangiz. Haqiqatadan ham sizda iymon bor bo'lsa Alloh o'zi sizdan minnatdor bo'ladi. Albatta U qalbingizdan o'tayotgan narsani ham, hayotingizdagi muammolaringizni ham biluvchi bo'lgan Zotdir. Allohga sizni azoblash havas emas!

Alloh bizlarni O'ziga muhabbarli, O'zning mahbub bandalaridan qilsin! Hech qachon Allohning muhabbati va rahmatiga bo'lgan iymonimizga putur yetmasin! Jannatning eshiklari, tavba eshiklari hamish ochiq va ular bizning kirishimizni kutib turganligi hech qachon yodimizdan ko'tarilmasin.


Qur'anic Gems dan erkin tarjima qilindi. Muallif Ustoz No'mon Alihon.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  01 Noyabr 2015, 03:33:18

Poklik va nopoklik

Assalomu alaykum. 7-juz, Moida surasining 100-oyatida Alloh taolo payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga buyurib aytadiki: "Ayting. Pok bilan nopok barobar emas". Bu yerda biz ahamiyat berishimiz kerak bo'lgan narsalarning avvalgisi shuki, Alloh taolo shunchaki: "pok bilan nopok barobar emas" deb qo'yaqolgani yo'q, balki buni aytishni payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga buyurdi. Chunki u zot alayhissalom nima yaxshi, nima nopok va nima pokligini bizga ta'lim beruvchi shaxsdirlar. Allohning huzurida qaysi narsa qabul, qaysinisi qabul emasligini biz u zot alayhissalomdan o'rganamiz.
Shunday ekan biz musulmonlar uchun payhammarimiz sallallohu alayhi vasallam asosiy namuna bo'lishi kerak. Hayotda qanday yashashimizda, odob-ahloqimizda u zot alayhissalom bizga asosoy o'rnak bo'lishi lozim.
Ko'pincha o'z suhbatlarimizda "Hamma nima bo'lsa biz ham shu-da" degan gaplarni eshitamiz. Nima yaxshi nima yomon, nima pok nima nopok, nima ma'qul nima noma'qul ekanligini odamlar, jamiyat hal qiladi degan fikr ko'pchiligimizning ongimizda singib ketgan. Lekin bu jamiyat o'rnatgan me'yor tinimsiz o'zgarib turadi to'g'rimasmi?
Bir necha yil avval ma'qul bo'lmagan ishlar hozir ma'qul ishga aylanib qoldi. Avvallari radio televideniyelarda namoyish qilish mumkin bo'lmagan narsalar hozirda odatiy holga aylanib qoldi. Masalan qisqa bo'lsa ham behayo epizodlar aralashgan, yigit va qiz, erkak va ayol o'rtasidagi ishqiy munosabatlar tasvirlangan epizodlarni avvallari kinolarda deyarli uchratmas edik, hozirda esa bunday tasvirlarni hattoki multfilmlarda ham ko'rish mumkin. Ota-onalar va farzandlar televizor tomosha qilishayotganda tasodifan namoish etilib qolgsa oila a'zolar bir-birlaridan hijolat chekadigan, hattoki televizor o'chirib qo'yiladigan yoki boshqa kanalga o'tkaziladigan tasvirlarni hozirgi kunda bemalol umuman hijolat bo'lmasdan butun oila birgalikda tomosha qilyapmiz.
Demak me'yorning davomiylik muddati qancha? Uning amal qilish muddati bormi? Payg'ambar alayhissalom Alloh biz bandalarga o'rnatgan me'yorlarni ta'lim beradigan kishi bo'lganlar. U zot sallallohu alayhi va sallamning payg'ambar qilib yuborilishidan asosiy maqsad shu bo'lgan. Alloh shunday me'yorlardan birini bu oyatda qat'iy ta'kidlab: "Ayting. Pok bilan nopok barobar emas" demoqda. Oyatning davomini ham diqqat bilan o'rganadigan bo'lsak u yerda: "Hattoki nopokning ko'pligi sizni ajablantirsa ham" deyilgan. Hattoki u sizni o'ziga rom qilsa ham, shu narsa yaxshi bo'lsa kerak degan hayol paydo qilsa ham. Bundan "Nopok keng tarqab ketadi. Hammayoq nopoklikka cho'mib ketadi" degan ma'no ham anglashiladi. Biz esa "Hamma shunday qilyapti-ku. Hamma shunday deydi-ku. Nimalar deyapsan, tinchlan do'stim. Nimaga sen o'zingni bunday g'alati tutyapsan" deb aytamiz. Bizning nazdimizda "g'alatilik" nima? Bu hammadan boshqacha, nomaqbul, ommalashmagan gap va amallardir. Huddiki ommaviy narsalar har doim maqbuldek.
Hullas, Alloh bizga nopoklik me'yorga aylanadi demoqchi. Lekin u odamlar, jamiyat  nazdida qanchalik me'yorga aylanmasin, shuni unutmaylikki baribir u hech qachon pok bilan barobar bo'lmaydi. Noto'g'ri narsa hattoki barcha do'stlarimiz unga sho'ng'igan bo'lishsa ham baribir noto'g'riligicha qolaveradi. Qayerga qaramaylik hamma o'sha noto'g'ri gapni gapirayotgan, unday amalni qilayotgan bo'lsa ham u to'g'riga aylanib qolmaydi.
Oyatning davomida "Allohga taqvo qiling ey aql egalari" deyilgan. Ya'ni, ey tiniq fikrlovchi kishilar, ey ahli donishlar, ey fikrlari odamlarga qarab o'zgarib turmaydigan shaxsiyati kuchli odamlar, kuchli targ'ibot hujumidan fikrlari vayron bo'lib bir zumda o'zgarib ketmaydigan kuchli iroda egalari, kim qayerga yetalasa huddi ko'r qo'ydek ergashib ketavermaydiganlar, hamma bir hil ish qilsa o'sha narsa to'g'ri bo'lsa kerak deb fikri o'zgarib qolmaydiganlar, siz ular kabi fikrlaydigan bo'lib qolmang deyapti Alloh.
Oramizda shundaylarimizham borki, bir nimani nishonlasa uni nima uchun nishonlayotganlarini o'zlari anglab yetishmaydi. Nimani nishonlashayotganlari haqida fikr yuritishmaydi ham. Ba'zi bayralmar borki u bayramlarni nishonlash uchun odamlar o'lib tolib harakat qilishadi lekin nimani nishonlashayotgani haqida ularda zarracha tasavvur yo'q. Ular buni nishonlashlarining asosiy sababi boshqalar ham uni nishonlashlaridir. Qo'ysifat bo'lib qolmang. Sizlar chuqur fikrlovchi, fikr doirasi keng odamlar bo'lishlaringiz kerak demoqchi Alloh.
Yana davomida "shoyadki najot topsangiz" deyilgan. Bu oyatning so'nggi qismi. Ya'ni odamlar hammasi bir hil amal qilishayotganini ko'rib "hamma shunday qilyapti-ku, demak men ham shunday qilsam muvaffaqiyatga erishsam kerak-da degan hayolga borib qolmang" deyapti Alloh. Amal qiluvchilar soni har qancha ko'p bo'lmasin, "ularning amali meni muvaffaqiyatga, najotga eltsa kerak" degan o'y hayolingizni qanchalik ko'p band etsa ham, o'zingizni bundan to'htating. Agar siz yaxshilikka, najotga, muvaffaqiyatga yetishadigan odamlardan bo'lishni istasangiz o'zingizni mudom pok saqlang.
Bu oyatga bermoqchi bo'lgan izohimning ohirida sizlarni iflah so'ziga e'tibor qaratishingizni istardim. Alloh oyatda La 'allakum tafuzun demadi. Aslida arab tilida najotni, muvaffaqiyatni anglatadigan boshqa so'zlar ham bor. Lekin bu oyatda aynan tuflihun deyilishining ham o'ziga hos sababi bor. Iflah so'zi dehqonchilik uchun ishlatiladi. Dehqon yerga urug' qadab, yerni chopib, yumshatib, sug'orib, soya salqindan, begona o'tlardan, zararkunanda hashoratlardan o'simlik, ko'chatni asrab, butun yil davomida ter to'kib mehnat qilib, nihoyat ohirida muvaffaqiyat, najot, yaxshilikka yetishadi. Tuflihun so'zi bir natijaga erishish uchun bizdan katta mehnat talab qilingandagi najotni anglatishda ishlatiladi.
Bu yerda Alloh bizning e'tiborimizni nopoklikka qarshi kurash bizdan uzoq va katta mehnat talab qilishini anglatmoqchi bo'lyapti. Bulg'och muhitda poklikni qidirib topib uni mahkam ushlash o'ta qattiq mehnat evaziga bo'lishini anglatyapti. So'nggi rohat, buning natijasida keladigan najot, muvaffaqiyat bizdan og'ir mehnat qilishimizni talab qiladi. Bu o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Buning uchun qattiq mehnat qilib ter to'kishimiz kerak. Yaxshi pok do'stlar orttirishimiz kerak. Ko'ngil ochish uchun ham yaxshi va pok narsa topishimiz kerak. O'qiydigan narsalarimiz ham pok, yaxshi narsalar bo'lishi kerak. Qiladigan ishimiz, kasbimizda ham nopoklik aralashmasligi kerak. Bularning hammasi kuchli iroda, og'ir chidam, bardosh, mehnat talab qiladigan narsalar. Hattoki yeydigan yemishimiz ham pok va yaxshi yemishlar bo'lishi kerak. Bularning barchasi katta qiyinchilik evaziga keladigan narsalar. Biz bunday qiyinchiliklarning barchasiga chidab, kuchli iroda bilan sabr qilib mashaqqat chekamiz. Aql egalaridan, taqvodorlarda bo'lishga qattiq tirishamiz. Chunki ishonamizki, buning mukofoti chidashimizga arziydigan ulkan najot, muvaffaqiyat bo'ladi.

Qur'anic Gems dan erkin tarjima qilindi. Muallif Ustoz No'mon Alihon.

Qayd etilgan