"Ziyo istagan qalblar" tanloviga marhamat!  ( 2633 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  09 Aprel 2014, 11:07:12

Bundan roppa-rosa 10 yil avval www.ziyouz.com ilk bor internet olamiga kirib kelgan edi.
"Ziyo istagan qalblar"ning 10 yilligi munosabati bilan kichik tanlov e’lon qilamiz.
Tanlov www.ziyouz.com ga bag‘ishlanadi. Siz portal haqida maqola, fikr, xotira, she’r, tabrik, rolik, rasm, kollaj, qo‘yingki, qo‘lingizdan nima kelsa, shuni bizga taqdim eting.
Eng yaxshi taqdim egasi bo‘lgan ikki g‘olibga fleshka va kitoblar hadya etiladi (oz bo‘lsa ham ko‘p o‘rnida ko‘rasizlar). Xomiylik ma’qullanadi.

Ijodiy ishlaringizni o‘zingiz ushbu e’longa mulohaza sifatida qoldirishingiz, Facebook sahifamizda chop etishingiz yoki davronbek@gmail.com manziliga yuborishingiz mumkin.
"Ziyo istagan qalblar"ning 10 yilligi barchamizga muborak va xayrli bo‘lsin!
Do‘stlaringizga ham tavsiya etishni unutmang!


Qayd etilgan