Maxsus bo'lim > Xorijiy bo'lim/Foreign board

Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman

(1/4) > >>

gani sher:
Salom hammaga,
Kimdir chet elda o'qish istagi bo'lsa, xujjatlarda, imtixonlarda noaniqliklar sezsa, savollarga javob berishim mumkin. O'zim magistraturani, doktoranturani chet elda o'qiganman, grant bilan.
Men hech qanaqa firma xodimi emasman, hech qanday hujjat yoki viza qilib bera olmayman. Faqatgina universitetlarga hujjat topshirish, va grant topish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatishim mumkin. Shunda ham tilni yaxshi bilishingiz, o'z sohangizda yetarlicha bilimga ega bo'lishingiz talab qilinadi.
Savollarni shu forumda yozib qoldiring, shu yerda javob qaytaraman, shahsiy emailimga yozmasligingizni so'rayman.
Hurmat bilan,
AbdulG'ani

Otabek.Matqulov:
Yo'nalishim "axborot tehnologiyalari' ehtmol harakat qilsam IELTS dan 6 yoki undan sal ortiqroq bal ham olishim mumkindir (2 yil oldin 5.5 olgandim). Oilaliman, farzandlarim ham bor. Ularni qoldirib o'zim o'qishga ketishga ko'zim qiymaydi. Yoshim 31 da. Mening holatimga qanday maslahat berasiz?

gani sher:
Salom,
Siz magistraturada o'qish bo'yicha so'rayabsiz shekilli, to'g'rimi? (Yoshingizni hisobga olganda).
Agar shunday bo'lsa, o'zingiz ta'kidlagandek, ingliz tilini yaxshi bilsangiz, Amerikaga va ba'zi Yevropa davlatlariga magistraturaga o'qishga harakat qilsangiz bo'ladi. Agar doktoranturaga bo'lsa ham.
Doktoranturada grant topish osonroq, aniqrog'i, PhD programmalarni ko'pchiligi ish va oylik bilan ta'minlaydi. Doktoranturaga kirish ham nisbatan osonroq (magistraturaga nisbatan). O'z sohangizni bilishingiz albatta shart.
Magistraturada grant topish uchun asosiy mezonlardan biri ingliz tilini mukammal bilish. Sizni sohangiz juda muhim va bozori-chaqqon soha. O'zingizga mos programma topishingiz oson bo'lsa kerak. Agar ish tajribangiz bo'lsa, qabul qilinish va grant topish ehtimolingiz yanada oshadi. Undan tashqari, rivojlanayotgan davlatlardan borgan talabalar uchun alohida grantlar bor. Siz aniqroq savol so'rasangiz, ularni ham imkon qadar yoritib beraman.
Oilangizga viza masalasiga kelsak, men oldin eslatib o'tganimdek, viza jarayonlariga umuman aloqam yo'q. Men viza qilib bera olmayman, va kimga viza berilishi yoki berilmasligini ham aniq ayta olmayman. Mendan chet elda o'qish masalasida, qabul komissiyasidagi jarajonlar, qabul qilinish imkoniyatlari, grantlar topish bo'yicha savol so'rasangiz, javob berishim mumkin.
Bir narsani aniq aytishim mumkin: If there is a will, there is a way.
Sizga omad.

Otabek.Matqulov:
Saudiyaning "King Abdullah University of Science and Technology" hamda JICE Sholarshiplari oilali talabalarga oilasini olib borishda va ularni zaruriy ehtiyojlar bilan ta'minlashlariga yordam berishlari to'g'risida o'qigandim "King Abdullah University of Science and Technology" ni talablari juda ham katta ekan, Men ishlab turgan joy esa JICE ni ro'yhatida yo'q. Menga qaysi scholarshipni tavsiya eta olasiz?

gani sher:
1) Sohangizni aniqroq qilib ayting. Axborot texnologiyalari - bu ancha keng tarmoqli tushuncha. Undan tashqari, magistraturami, yo doktoranturami?
2) JICE yaxshi variant, sal qiyinroq. Agar ish malakangiz davomiyligi, va ish joyini o'ziga hosligi bo'lmasa, qabul komissiyasidan o'tish qiyinroq kechadi.
3) Avval scholarship qidirib, keyin o'quv programmasi topilsa yaxshi, lekin ancha qiyin masala. Maslaxatim, oldin o'qish joyini toping, scholarshipni keyin izlang. Sababi, ko'p universitetlarni o'z grantlari bor. Shu mamlakatga borib, o'qishni boshlab olishingizga yetadigan darajada. Borgandan keyin universitetda ish topsa bo'ladi (ko'p xollarda).
4) O'z sohangizda aynan nimaga qiziqasiz? Aynan nimani o'rganmoqchisiz yoki nima ustida ilmiy ish qilmoqchisiz? Asosiy maqsad chet el bo'lmasin. Qandaydir shaysiy rejangizni oshirish uchun harakatingizda chet el vosita bo'lsin.
O'qishga kirish va grant topish bo'yicha ba'zi bir mulohazalarim:
1) O'z qiziqadigan mavzuingiz bo'yicha biroz ma'lumot to'plang, shu mavzu qaysi chet el universitetlarida yaxshiroq o'rganilishini aniqlang (google orqali). 5-6ta sizni mavzuingizga mos keladigan o'qish joyi topganingizdan keyin, ulardagi izlanishlar haqida ma'lumot to'plang va biroz tanishib chiqing. Keyin shu izlanishlarni olib borayotgan professorlarga bog'laning (email orqali). Kimligingizni, o'z qiziqishlaringizni, nimalar qilishni istashingizni yozasiz. Barcha professorlar bir xil javob beradi deyolmayman. Lekin birontasini sizni mavzuingiz qiziqtirsa, o'qishga qabul qilinishingizga ham, grant olishingizga ham yordam bera oladi. Sizga qiziqishi uchun yetarlicha bilimga ega ekanligingizni ko'rsatishingiz kerak yozgan xatingizda. (Masalan, mavzuingiz bo'yicha qilingan 1-2 ishni sal chuqurroq analiz qilish). Asosiy mezon sizni o'ta aqlli bo'lishingiz emas, balki professorni ilmiy qiziqishi, mavzui siznikiga mos kelishi. Bu narsani Universitet website i orqali professorni CV sini ko'rib bilsa bo'ladi.
Ko'pchilik universitetlarda professor yonida ishlashingiz mumkin (Teaching Assistant yoki Graduate Assistant bo'lib). Ayniqsa, AQSHda.
2) Grantlar odatda sizni o'qishingiz pulini, hamda sizga oylik stipendiyani to'laydi. Lekin ko'pchilik xollarda avval o'qishga qabul qilingan bo'lishingizni talab qiladi. Ko'p grantga hujjat topshirishda Acceptance Letter so'rashadi. Agar yaxshi o'qish joyiga qabul qilingan bo'lsangiz, grant olish imkoningiz yuqoriroq bo'ladi. Lekin birinchi qadam grant izlash emas, o'qish joyi topish.
3) Talab yuqori ekan deb hafsalani pir qilmang. Grantlar va universitetlar yuqori talab bilan kuchli potensiyal kadrlarni topishga harakat qilishi to'g'ri, lekin doim kuchli talabalar bo'ladi degan fikr nato'g'ri. Undan tashqari, siz o'zingizga yetarlicha baho bermayabsiz. Balkim, siz kuchliroqdirsiz. 
4) Agar subspecialty & research topic (oddiy qilib aytganda qiziqqan mavzuingiz)ni bilsam, balki yana qo'shimcha qilarman.
5) Chet elda talaba bo'lib, oilasi bilan yashayotganlar talaygina. Biroq vizani olish jarayoni oson-qiyinligini bilmayman.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version