Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman  ( 54687 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


gani sher  13 Aprel 2014, 08:50:04

Salom hammaga,
Kimdir chet elda o'qish istagi bo'lsa, xujjatlarda, imtixonlarda noaniqliklar sezsa, savollarga javob berishim mumkin. O'zim magistraturani, doktoranturani chet elda o'qiganman, grant bilan.
Men hech qanaqa firma xodimi emasman, hech qanday hujjat yoki viza qilib bera olmayman. Faqatgina universitetlarga hujjat topshirish, va grant topish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatishim mumkin. Shunda ham tilni yaxshi bilishingiz, o'z sohangizda yetarlicha bilimga ega bo'lishingiz talab qilinadi.
Savollarni shu forumda yozib qoldiring, shu yerda javob qaytaraman, shahsiy emailimga yozmasligingizni so'rayman.
Hurmat bilan,
AbdulG'ani

Qayd etilgan


Otabek.Matqulov  16 Aprel 2014, 03:42:57

Yo'nalishim "axborot tehnologiyalari' ehtmol harakat qilsam IELTS dan 6 yoki undan sal ortiqroq bal ham olishim mumkindir (2 yil oldin 5.5 olgandim). Oilaliman, farzandlarim ham bor. Ularni qoldirib o'zim o'qishga ketishga ko'zim qiymaydi. Yoshim 31 da. Mening holatimga qanday maslahat berasiz?

Qayd etilgan


gani sher  16 Aprel 2014, 05:39:21

Salom,
Siz magistraturada o'qish bo'yicha so'rayabsiz shekilli, to'g'rimi? (Yoshingizni hisobga olganda).
Agar shunday bo'lsa, o'zingiz ta'kidlagandek, ingliz tilini yaxshi bilsangiz, Amerikaga va ba'zi Yevropa davlatlariga magistraturaga o'qishga harakat qilsangiz bo'ladi. Agar doktoranturaga bo'lsa ham.
Doktoranturada grant topish osonroq, aniqrog'i, PhD programmalarni ko'pchiligi ish va oylik bilan ta'minlaydi. Doktoranturaga kirish ham nisbatan osonroq (magistraturaga nisbatan). O'z sohangizni bilishingiz albatta shart.
Magistraturada grant topish uchun asosiy mezonlardan biri ingliz tilini mukammal bilish. Sizni sohangiz juda muhim va bozori-chaqqon soha. O'zingizga mos programma topishingiz oson bo'lsa kerak. Agar ish tajribangiz bo'lsa, qabul qilinish va grant topish ehtimolingiz yanada oshadi. Undan tashqari, rivojlanayotgan davlatlardan borgan talabalar uchun alohida grantlar bor. Siz aniqroq savol so'rasangiz, ularni ham imkon qadar yoritib beraman.
Oilangizga viza masalasiga kelsak, men oldin eslatib o'tganimdek, viza jarayonlariga umuman aloqam yo'q. Men viza qilib bera olmayman, va kimga viza berilishi yoki berilmasligini ham aniq ayta olmayman. Mendan chet elda o'qish masalasida, qabul komissiyasidagi jarajonlar, qabul qilinish imkoniyatlari, grantlar topish bo'yicha savol so'rasangiz, javob berishim mumkin.
Bir narsani aniq aytishim mumkin: If there is a will, there is a way.
Sizga omad.

Qayd etilgan


Otabek.Matqulov  16 Aprel 2014, 07:55:19

Saudiyaning "King Abdullah University of Science and Technology" hamda JICE Sholarshiplari oilali talabalarga oilasini olib borishda va ularni zaruriy ehtiyojlar bilan ta'minlashlariga yordam berishlari to'g'risida o'qigandim "King Abdullah University of Science and Technology" ni talablari juda ham katta ekan, Men ishlab turgan joy esa JICE ni ro'yhatida yo'q. Menga qaysi scholarshipni tavsiya eta olasiz?

Qayd etilgan


gani sher  16 Aprel 2014, 09:44:45

1) Sohangizni aniqroq qilib ayting. Axborot texnologiyalari - bu ancha keng tarmoqli tushuncha. Undan tashqari, magistraturami, yo doktoranturami?
2) JICE yaxshi variant, sal qiyinroq. Agar ish malakangiz davomiyligi, va ish joyini o'ziga hosligi bo'lmasa, qabul komissiyasidan o'tish qiyinroq kechadi.
3) Avval scholarship qidirib, keyin o'quv programmasi topilsa yaxshi, lekin ancha qiyin masala. Maslaxatim, oldin o'qish joyini toping, scholarshipni keyin izlang. Sababi, ko'p universitetlarni o'z grantlari bor. Shu mamlakatga borib, o'qishni boshlab olishingizga yetadigan darajada. Borgandan keyin universitetda ish topsa bo'ladi (ko'p xollarda).
4) O'z sohangizda aynan nimaga qiziqasiz? Aynan nimani o'rganmoqchisiz yoki nima ustida ilmiy ish qilmoqchisiz? Asosiy maqsad chet el bo'lmasin. Qandaydir shaysiy rejangizni oshirish uchun harakatingizda chet el vosita bo'lsin.
O'qishga kirish va grant topish bo'yicha ba'zi bir mulohazalarim:
1) O'z qiziqadigan mavzuingiz bo'yicha biroz ma'lumot to'plang, shu mavzu qaysi chet el universitetlarida yaxshiroq o'rganilishini aniqlang (google orqali). 5-6ta sizni mavzuingizga mos keladigan o'qish joyi topganingizdan keyin, ulardagi izlanishlar haqida ma'lumot to'plang va biroz tanishib chiqing. Keyin shu izlanishlarni olib borayotgan professorlarga bog'laning (email orqali). Kimligingizni, o'z qiziqishlaringizni, nimalar qilishni istashingizni yozasiz. Barcha professorlar bir xil javob beradi deyolmayman. Lekin birontasini sizni mavzuingiz qiziqtirsa, o'qishga qabul qilinishingizga ham, grant olishingizga ham yordam bera oladi. Sizga qiziqishi uchun yetarlicha bilimga ega ekanligingizni ko'rsatishingiz kerak yozgan xatingizda. (Masalan, mavzuingiz bo'yicha qilingan 1-2 ishni sal chuqurroq analiz qilish). Asosiy mezon sizni o'ta aqlli bo'lishingiz emas, balki professorni ilmiy qiziqishi, mavzui siznikiga mos kelishi. Bu narsani Universitet website i orqali professorni CV sini ko'rib bilsa bo'ladi.
Ko'pchilik universitetlarda professor yonida ishlashingiz mumkin (Teaching Assistant yoki Graduate Assistant bo'lib). Ayniqsa, AQSHda.
2) Grantlar odatda sizni o'qishingiz pulini, hamda sizga oylik stipendiyani to'laydi. Lekin ko'pchilik xollarda avval o'qishga qabul qilingan bo'lishingizni talab qiladi. Ko'p grantga hujjat topshirishda Acceptance Letter so'rashadi. Agar yaxshi o'qish joyiga qabul qilingan bo'lsangiz, grant olish imkoningiz yuqoriroq bo'ladi. Lekin birinchi qadam grant izlash emas, o'qish joyi topish.
3) Talab yuqori ekan deb hafsalani pir qilmang. Grantlar va universitetlar yuqori talab bilan kuchli potensiyal kadrlarni topishga harakat qilishi to'g'ri, lekin doim kuchli talabalar bo'ladi degan fikr nato'g'ri. Undan tashqari, siz o'zingizga yetarlicha baho bermayabsiz. Balkim, siz kuchliroqdirsiz. 
4) Agar subspecialty & research topic (oddiy qilib aytganda qiziqqan mavzuingiz)ni bilsam, balki yana qo'shimcha qilarman.
5) Chet elda talaba bo'lib, oilasi bilan yashayotganlar talaygina. Biroq vizani olish jarayoni oson-qiyinligini bilmayman.

Qayd etilgan


Otabek.Matqulov  16 Aprel 2014, 20:27:01

1) Bakalavrlik darajasini - "Axborot va axborot texhnologiyalari" yo'nalishida o'qib olganman.
Magistraturada yo'nalishim "Boshqarish va ahborotni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlari" bo'lgan.

2) JICE ohirgi bir necha yildan beri ro'yhat e'lon qilib, o'sha royhatdan tashqari joy hodimlarini talabalikka qabul qilmayapti. Mening ish joyim esa ularning ro'yhatida yo'q.

3) Rahmat, tushunarli.

4) Men dasturlashga qiziqaman. Ayniqsa Java da dasturlashga. Aslida dasturlash ham katta soha, dasturlashda men qiziqqan soha database programming. Yana database administration ga ham qiziqaman.

Mulohazalaringiz uchun rahmat. :)

Qayd etilgan


gani sher  17 Aprel 2014, 06:48:54

Magistraturani bitirgan bo'lsangiz, demak, doktoranturaga harakat qilmoqchisiz, to'g'rimi?
Unda grant izlashingizni hojati yo'q, sababi, ko'pchilik universitetlarda PhD uchun funding bo'ladi. Undan tashqari, magistraturaga kirishga nisbatan osonroq.
PhD o'qishingizni maslaxat beraman, sababi 1) bitirganda ish topish imkoni ko'p; 2) oilangiz bilan viza bemalol olishingiz mumkin; 3) o'qish davomida oladigan stipendiya bemalol yetadi (oilangizga).
Qanday hujjatlar qilinishi, qaysilari muhimligini, qachon qilinishini, qay tartibda qilinishini ham yozishim mumkin (agar sizga foydasi tegadigan bo'lsa).

Eng muhimi: (Oldin yozganimni yana qaytaraman, PhD uchun juda muhim)
 O'z qiziqadigan mavzuingiz bo'yicha biroz ma'lumot to'plang, shu mavzu qaysi chet el universitetlarida yaxshiroq o'rganilishini aniqlang (google orqali). 5-6ta sizni mavzuingizga mos keladigan o'qish joyi topganingizdan keyin, ulardagi izlanishlar haqida ma'lumot to'plang va biroz tanishib chiqing. Keyin shu izlanishlarni olib borayotgan professorlarga bog'laning (email orqali). Kimligingizni, o'z qiziqishlaringizni, nimalar qilishni istashingizni yozasiz. Barcha professorlar bir xil javob beradi deyolmayman. Lekin birontasini sizni mavzuingiz qiziqtirsa, o'qishga qabul qilinishingizga ham, grant olishingizga ham yordam bera oladi. Sizga qiziqishi uchun yetarlicha bilimga ega ekanligingizni ko'rsatishingiz kerak yozgan xatingizda. (Masalan, mavzuingiz bo'yicha qilingan 1-2 ishni sal chuqurroq analiz qilish). Asosiy mezon sizni o'ta aqlli bo'lishingiz emas, balki professorni ilmiy qiziqishi, mavzui siznikiga mos kelishi. Bu narsani Universitet website i orqali professorni CV sini ko'rib bilsa bo'ladi.
Ko'pchilik universitetlarda professor yonida ishlashingiz mumkin (Teaching Assistant yoki Graduate Assistant bo'lib). Ayniqsa, AQSHda.

Qayd etilgan


Otabek.Matqulov  19 Aprel 2014, 08:20:24

Qanday hujjatlar qilinishi, qaysilari muhimligini, qachon qilinishini, qay tartibda qilinishini ham yozishim mumkin (agar sizga foydasi tegadigan bo'lsa).

Iltimos, shularni ham yozsangiz...

Qayd etilgan


gani sher  22 Aprel 2014, 11:41:42

Uzr, ish ko'p bo'lib, vaqtida javob bera olmadim.
1) PhD uchun talab qilinadigan hujjatlar: TOEFL, GRE (agar AQSHga bolsa), resume, personal statement (SOP - Statement of Purpose), 2-3 Recommendation letters, article (agar bo'lsa), Diplom va ilova nushalari (agar diplom faqat o'zbek tilida yozilgan bo'lsa, notariusdan tarjima qildirib olish kerak, ilova bilan birga).
Eng muhimlari - SOP, ikkinchi o'rinda Resume. Keyingi navbatlarda Rec. letter, GRE, TOEFL. Agar SOP yaxshi yozilgan bo'lsa, qolganlari o'rtacha bo'lsa ham, qabul qilinish imkoningiz yuqori bo'ladi.
2) Odatda, qabul dekabrda boshlanadi, fevralgacha, lekin ba'zi universitetlar aprelgacha hujjat qabul qiladi. Shunda javobi taxminan aprel - may oylarida chiqadi.
3) Dekabrda bo'ladigan qabulga taxminan sentyabrlarda harakat qilib boshlash kerak. Imtixonlardan o'tish (TOEFL, GRE), keyin programmalar bilib qiziqib boshlash, hamda professorlar bilan bog'lanish kerak. Shunda programmalar haqida, ulardagi professorlar haqida, olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida tushunchaga dekabrgacha ega bo'lasiz.
4) Universitetlarga hujjat topshirish uchun application fee to'lashingizni hisobga olsak, ko'p universitetlarga topshirish biroz qimmatga tushadi (application fee o'rtacha 50-60$). Lekin application fee to'lashdan oldin, Graduate School ga email da xat yozib, iqtisodiy sharoitingizni tushuntirsangiz, ko'pchilik universitetlarda application fee bekor qilinadi (waive). Shunda hujjat topshirishga ortiqcha harajat qilmagan bo'lasiz.
5) Universitetlarni talabi biroz yuqori ko'rsatiladi, lekin tushkunlikka tushmaslik kerak. Ba'zi bir talablarini bekor qilish mumkin. Buning uchun avval Graduate Schoolga, agar ular xal qilolmasa, o'zingiz kirmoqchi bo'lgan Department Chair ga, yoki Admission Committee Chair ga email orqali bog'laning. Talab qilsangiz, talabingiz 99% xollarda qondiriladi.
6) Universitetlarga hujjat qilganda, kirish ehtimolini oshirish uchun, oddiy - o'rtacha - yuqori universitetlarga hujjat topshiring. Universitetlar reytingini bilish qiyin emas, Google orqali bilsa bo'ladi.
7) Programmalar bilan tanishayotganingizda (hujjat topshirishdan oldin), ularda funding bor-yo'qligiga ham e'tibor bering. Ko'pchilik universitetlarda funding bo'ladi, lekin ba'zi birlari faqat o'z fuqarolariga yordam qilishi mumkin.
8) Bu maslaxatlar Canada, US, New Zealand, Australia, va ko'pchilik Yevropa Ittifoqi davlatlariga mos keladi. Canada, New Zealand, va Australia davlatlariga topshirganda, yuqorida yozganlarimga oldingi javoblarimni qo'shing (hujjat topshirishdan oldin professor bilan bog'lanish haqida, sababi ularda professor sizni ma'qul ko'rsa, bu narsa sizni qabul qilinganingizni bildiradi, qabul komissiyasi esa shunchaki nomiga ishlaydi).
Sizga omad.

Qayd etilgan


Qumri  17 Avgust 2014, 21:24:06

Assalomu alaykum, men bu saytga bugundan a`zo bo'ldim. men chet elda o`qishni juda ham xoxlayman. eshitishimcha, internetdan test orqali chet elga borib o`qish ham mumkin ekan. shu haqida ma`lumot bera olasizmi? iltimos javobingizni kutaman. oldindan rahmat!

Qayd etilgan