Manzara (hikoya). Ivan Vazov  ( 3310 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  23 Oktyabr 2006, 05:23:24

Ivan VAZOV,
Bolgariya yozuvchisi

MANZARA

Ob-havosiga sal-pal chidasa bo‘ladigan qish kunlarining birida, neshindan keyin Lom yo‘liga aylangani chiqdim. «Aylangani chiqdim» so‘zlarini eshitganda, oldinga va orqaga siljuvchi har xil odamlar  orasida odob saqlab, asta-asta ketayotgan, modaga muvofiq kiyingan, tanishlar uchraganda, nazokat ila jilmayib, ehtirom-la ta’zim bajo aylab, tinmay shlyapalarni ko‘tarib qo‘yishlarni tushunadigan do‘stlarni ogohlantirib qo‘yay, ularning umidi puchga chiqadi: bu yul u qadar yoqimli ko‘rinishga ega emas. Sofiyadan har xil yunalishda yam-yashil dalalar bo‘ylab sariq tasmalarday tarqalib ketuvchi katta yo‘llar orasida Dunay bo‘yidagi Lom shahri bilan tutashtiruvchi bu yul eng kimsasiz va boshkent odamlari mensimaydigan tarafdir.

davomi...

Qayd etilgan