Lab yorilganda...  ( 14629 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:23:11

Kuz va qish oylarida yomg‘ir shamol, qor va sovuq bo‘lganligi uchun lablaringiz tez-tez yoriladi va quruqshab qoladi. Pomada sursangiz lablaringizni g‘adir-budirligi yanada bilinib xunuklashib qoladi.

Xo‘sh, bu holatda nima qilish kerak? Kosmetologlarni kremini qo‘yib turib, tabiiy usul bilan davolasakchi. Ishni nimadan boshlash kerak?

Kichkina sochiqchani sovuq suvga xo‘llab, lablaringizni yengil harakatlar bilan uqalang. Bu lablarning rangini yanada yaxshilaydi. Uqalashdan oldin lablaringizga saryog‘ surtsangiz, yanada natijasi yaxshi bo‘ladi.

Qayd etilgan


Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:23:31

Limon hamda bodringni olib sharbatini siqib chiqaring va aralashtiring.Limon hamda bodring sharbati lablaringizni yumshatib mayinlashtiradi. Ushbu sharbatlardan lablaringizga bir kunda bir necha bor surib, to shimib ketguncha tegmang. Bu sharbatni muzlatgichda bir haftagacha saqlash mumkin.

Quruqshab ketgan lablaringizga yotishdan oldin asal surting.

Lablaringizni silliq bo‘lishini xohlasangiz, haftada bir necha marotaba unga qaymoq, tvorog, sabzi sharbati aralashmasidan niqob suring.

Labingizni mashq qildirib turing. Labingizni shamni o‘chirayotgan holatga keltiring. Bu holatni 15 marta takrorlang. So‘ng A, O, Ы, I kabi unli tovushlarni talaffuz qiling. Bu labingizni tarang qilibgina qolmay, lab atrofidagi ajinlarni ham yo‘qotishga yordam beradi. Lablaringizni mayinligi va chiroyligi sizga kuz va qish oylarida ham o‘zgacha latofat bag‘ishlaydi.

Munojot Isanova tayyorladi

Qayd etilgan


hakima  24 Iyul 2010, 23:13:09

Pamada surtish kerak

Qayd etilgan


BelleQizcha  25 Iyul 2010, 00:34:30

Vazilin surib yurilsa lab yorilmiydi.

Qayd etilgan