Aslida, hayot haqida mulohaza yozish menga qolmagan, shunda ham bir akamiz bilan bo'lgan suxbat chog'ida anglaganlarimni baham ko'rmoqchiman:
Hammamiz bu dunyoga musofirmiz, musofir esa o'zi bilan olib kelmagan narsaga mehr qo'ymaydi. Hamma narsa Allohning Mulkidir.
"Agar Alloh Taoloning nazdida dunyoning bir pashsha qanotichalik qadri bo'lganda, kofirga bir tomchi suv bermasdi" (Hadis ma'nosidan).
Yashashdan oxir oqibat maqsad Yaratganning roziligi bo'lishi kerak.
Alloh bizni fitratimizni toza qilib yaratdi, hech qachon aldamaydigan vijdon va yana bir qancha latoiflar berdi. Keyin esa turli sharoitlarda har hil ne'matlar berib sinadi.
Forumdoshlar eslatib o'tganlaridek "Alloh bizni Faqat o'zigagina ibodat qilish uchun yaratdi"
Agar biror amalingiz Alloning roziligidan tashqarida bo'lsa, sizga berilgan shu vaqt, shu shavq, shu kuch, shu imkoniyat, hayotingizning shu parchasi bekorga ketibdi, to'g'rirog'i zaraizga ishlabsiz.
Biz bilamizki,maqsad faqat shu dunyoning o'zida nafs uchun mazza qilib yashab o'tish bo'lsa, buni iloji to'lib yotibdi - bu borada uncha munchasini ortda qoldirishimizga hech ham ikkilanmayman.
Modomiki, maqsad bu emas, buyuk maqsad yo'lidan og'ishmaylik!!!