Yurak xastaliklari davosi  ( 13488 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  25 Oktyabr 2006, 15:55:31

Tuxumni chala pishirib, sarig‘i yeb yurilsa, yurakni quvvatlantiradi.

Yuragi siqilib xafaqon dardiga uchragan kishi o‘ziga yoqadigan xushbo‘y narsalar (atirgul, rayhon, atir kabilar)ni o‘zi bilan birga olib yurishi kerak.

Issiq mizojli odam kashnichni maydalab yeb yursa, yurakka quvvat beradi, uni xafalikdan qutqaradi.

Qayd etilgan


Nodi  25 Oktyabr 2006, 15:56:14

Hayvon (mol-qo‘y) yuragini hil-hil qilib pishirib yoki yog‘ bilan qovurib, sirka qo‘shib yeyilsa, yurakka quvvat beradi, xafaqon illatini quvadi.

Har kuni nahorga o‘rik sharbatidan bir piyola ichish yoki kuniga 4-5 ta o‘rik turshagi yeb yurish har qanday yurak xastaligini davolashda qo‘l keladi va yurakni baquvvat qiladi.

Govchashm (sigirko‘z) shirasi, govzabon shirasi, gulob yurakka quvvat bag‘ishlaydi.

Qayd etilgan


Nodi  25 Oktyabr 2006, 15:56:23

Ovqatlanishda kraxmal, sut mahsulotlari, qand-shakardan tiyilish ham bu kasallikda foyda beradi.

Anbar (kashalot balig‘idan olinadigan xushbo‘y modda) keksalarning yuragiga quvvat beradi.

Binafsha yog‘i, shirin olma sharbati, shirin anor sharbati yurakni quvvatlantiradi.

Qayd etilgan


Nodi  25 Oktyabr 2006, 15:56:39

Kapalakgulning gullaridan choy damlab ichish ham yurak xastaligiga davo.

Sakkiz gr. pillani suvda qaynatib oq qand bilan qiyomga keltirib yeyilsa, yurakni quvvatli qiladi.

Tol bargi va novdalarini yoyib, ustiga yotilsa, yurak haroratini daf qiladi.

Qayd etilgan


Nodi  25 Oktyabr 2006, 15:57:19

Sariq choy (dalachoy) ning quruq o‘tini suvda qaynatib tindirgach, bir osh qoshiqda kuniga 2-4 marta ovqatdan keyin ichish ham foyda beradi.

Quritilgan kashnich, behi iste’mol qilish, oq atirgul hidlash bilan yurakni quvvatlantirish mumkin.

Besh gr. kungaboqar ildizining suvini ichilsa, sovuqlikdan zaiflashgan yurakka shifodir.

Qayd etilgan


Nodi  25 Oktyabr 2006, 15:57:47

Kuniga bir kosa yangi sog‘ilgan sigir sutini issig‘ida ichilsa, yurakka kuch bag‘ishlaydi.

Nok, xandon pista, anjir yurak zaifligi va xastaliklarini davolashda yaxshi shifodir.

Dasht yalpizi, suv yalpizini yanchib suv bilan yutilsa, yurakning behuzur bo‘lishiga shifodir.

Qayd etilgan


Nodi  25 Oktyabr 2006, 15:57:56

Har kuni ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, suv bilan yutilsa, yurak behuzurligini daf qiladi.

Olvali (mayda olcha) va barcha turdagi behi yurak behuzurligini davolashda eng yaxshi vositadir.

Limonni shakar choy bilan ichish ham yurak behuzurligini ketkazadi.

Sovuq mizojli odamlar 8 gramm, issiq mizojli odamlar esa 2 grammdan sedana yeb yurishsa, yurak behuzurligidan forig‘ bo‘lishadi.

Qayd etilgan