Immanuel Kant hikmatlaridan  ( 19130 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:16:02

"¢ It o‘z qusgan joyiga qaytgani singari, ahmoq odam ham ahmoqligini qaytaraveradi.

"¢ Chuqur qazgan o‘zi shu chuqurga qulaydi; toshni kim yuqoriga yumalatsa, o‘sha odamning o‘ziga qaytib tushadi.

"¢ Yolg‘on zabon o‘zi zarar yetkazadiganlarni yomon ko‘radi, xushomadgo‘y og‘iz esa qulashni hozirlaydi.

"¢ Ertangi kun bilan maqtanmagin; zero o‘sha kun nimani tug‘ishini bilmaysan.

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:16:27

"¢ O‘z do‘stingni va otangning do‘stini tashlab ketmagin; va baxtsiz kuningda iningning uyiga bormagin; uzoqdagi og‘ayningdan yaqindagi qo‘shning yaxshi.

"¢ Aqlsizni keliga solib don bilan birga to‘ysang ham ahmoqligi undan ajramaydi.

"¢ Subutsiz-yolg‘onchi odam hech kim ortidan quvmasa ham qochadi, iymonli inson esa sherdek dovyurak bo‘ladi.

"¢ Qulni bolaligidan rohatda tarbiyalashsa, kattargach u farzand bo‘lishni istaydi.

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:16:48

"¢ Uy va mol-mulk — volidlardan meros, aqlli xotin esa Tangrining tuhfasidir.

"¢ Qura tashlash kuchlilarning bahs-tortishuvlariga barham beradi.

"¢ O‘lim va hayot — til hukmidadir; va uni sevuvchilar uning mevalaridan ham bahramand bo‘ladilar.

"¢ Yolg‘on guvohlik beruvchi jazosiz qolmas va yolg‘on so‘zlovchi o‘zini qutqarolmas.

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:17:03

"¢ Xudovand o‘zi uchun hamma narsani qildi: hatto gunohkor kimsani ham hisob-kitob kunigacha saqlashni zimmasiga oldi.

"¢ Keksalarning hayot cho‘qqisi — o‘g‘illarining o‘g‘illari, farzandlar sharafi — ularning ota-onasidir.

"¢ O‘z-o‘zingni donishmand deb o‘ylama, Parvardigordan qo‘rqgil, yomonlikdan uzoqda yur.

Qayd etilgan