FUTBOL XAJVIYALARI  ( 53552 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 10 B


Shoxjahon12  08 Noyabr 2006, 08:59:23

Ажойиб хаво, идеал майдон, хеч канака ёгингарчилик ва шамол йук...
Хуллас, хар доимгидек хамма нарса бизнинг терма жамоамизга карши...
:)))
:))))))

Qayd etilgan


Shoxjahon12  09 Noyabr 2006, 13:17:00

- Жонгинам, мен бугун телевизорда сен хакамлик килган учрашувни курдим...
- Калай? Ёкдими?
- Мен сени аллакачон окулист кабулига ёздириб куйдим...


Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Noyabr 2006, 10:41:49

Жамоа футболчилари меҳмондаги ўйинга келиб, ҳакамни дўппослай кетишди.
- Нега ахир? Ҳали ўйин бошлангани йўқ-ку, - деди қўрқиб кетган ҳакам.
- Бизнинг самолётимиз ўйиндан кейин учиб кетади, кейин улгурмаслигимиз мумкин.


Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Fevral 2007, 16:29:14

Йук, сиз узингиз бир уйлаб куринг-да: 22 та уйинчи, 2 та мураббий, 10 та захирадаги уйинчилар, 1 та судьс, 2 та чизик хакамлари, 6 та оператор, 3 та телевиденис ходимлари, 50 та спорт журналистлари, уртача 80 000 томошабин, бу каптар булса айнан мени устимга корнини бушатиб кетди!




Qayd etilgan


Shoxjahon12  15 Fevral 2007, 10:47:19

Абрамович сз йигитларига иш ҳақи тарқатиб туриб, рсйхатни сқимоқда:
- Лсмпард-80 минг, Дрогба-50 минг, Макелеле-40 минг, Жереми-40 минг, Жами-"¦ ЖАМИ-"¦, Тентак, ҳаммадан ксп пул олар скану, маош олгани келмабди?! Қизиқ, негадир уни танимаспман?!


Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  20 May 2008, 18:18:12

Бир бизнесмен сғлини футбол ксришга стадионга олиб борипти. Ўйин бошланиб, футболчилар саф тортиб туришса, бола ссрармиш:
- Дада, нега анавилар орқасига нархини ёзип қуйипти?

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  20 May 2008, 18:19:55

Ўқувчиларга уйда футбол мавзусида иншо ёзиб келишни топширипти. Мана снг киска иншолардан биттаси:

   Қатттиқ жала қуйди. Майдон сирпанчиқ. Ўйин қолдирилди. :))))
     

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Iyul 2008, 17:47:36

INGLIZLARGA RAHMAT"¦

(Talaba kundaligidan)


Futbol o’yinini o’ylab topgan inglizlarning aqliga  balli! Ular futbol nahonasida kelajakda talabalarning yozgi imtihonlardan tegirmondan butun chiqqanday o-s-o-n o’tib ketishlarini qanday bilishgan ekana? Kelajakni oldindan bashorat qilgan Nostradamusning ham kelib chiqishi ingliz bo’lsa hecham ajablanmayman.Gap shundaki, 1-kursni tugatarkanmiz, ayni yozgi imtihonlar boshlangan mahalda fakultetda "œfutbol epidemiyasi" boshlandi.Talabalarning baxtiga Jahon Chempionati o’yinlari kunduz kunlari namoyish etilardi.Domlalarning deyarli hammasi o’ziga yarasha ishqiboz. Imtihon vaqti ham keldi.Talabalar oyog’i kuygan tovuqdek yugurib qoladigan chog’lar. Bunaqa paytlarda it egasini,mushuk bekasini tanimaydi.Auditoriyaga domla kirib keldi. Uning yuzlaridan biroz beparvo kayfiyatda ekanligini bilib olish mushkul emas. U imtihon topshiriqlarini xafsala bilan yozib chiqdi. So’ng stol yaqiniga kelib xorg’in holda stulga cho’kdi-da asta so’z boshladi:

-Hurmatli abiturientlar"¦ yo’g’e  talabalar! Marhamat qilib yozishga kirishinglar.Yozib bo’lganlar daftarni stolim ustiga  tashlab hech kimga xalaqit bermasdan oyoq uchida chiqib ketinglar.Men kafedrada bo’laman.

Domlaning gaplaridan keyin talabalarning yelkasidan tog’ qulaganday yengil nafas olayotganliklari sezilib turibdi. "œShpargalka"siz talabani mevasiz darahtga o’xshatishlari bejiz emas. Talabalarning xaloskoriga aylanadigan ana shu mevalar hech bir to’siqsiz foyda berishi aniq bo’lib qoldi. Aniqki, domla kafedradagi televizorda futbol ko’rmoqchi. Hamma futbol ishqibozi bo’lgan domlaning yaltiroq peshonasidan  o’pib qoyishga tayyor. Qo’shni auditoriyadagi imtihon ham domlaning ishtirokisiz o’tadi shekilli talabalarning yengilgina qarsak chalib qoyishganligi-yu, shodon qiyqiriqlari eshitildi.Ochiq eshikdan hazilkash bir domla boshini suqdiyu:"Ijodni gullatinglar endi",dedi.

Domla shosha-pisha auditoriyani tark etdi. U chiqib ketishi bilan talabalar uchun javlon uradigan daqiqalar boshlandi. Pishillagan nafas olishlardan boshqa narsani ilg’ash mushkul. Birovga savol bersang "œha-yo’q"dan nariga o’tmaydi. Shu payt kutilmaganda birinchi partada o’tirgan qizning:"Ko’chirma mendan"¦",deb baqirgani hammaning hayolini har tomonga parchaladi. Butun auditoriyaning nigohi unga qadaldi-yu qotib qoldik: qizning oldida dekan jilmayib turardi. Ma’lum bo’lishicha, sodda qiz daftariga tushgan dekanning soyasini ko’rib, ko’chirmakash qitmirlardan biri deb o’ylab zahrini sochibdi.Qiz sholg’omday qizarib ketdi. 


OTABEK YO'LDOSHEV

 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Iyul 2008, 17:49:06

O'ZIMIZNING  "MAXARADZE"

     
Qishloqdagilar Turdiqul cholni "œMaxaradze" deyishardi. Yosh o’smirlarku Maxaradze kim ekanligini unchalik farqlay olishmaydi. Lekin cholning kamsonli tengdoshlari uni juda yaxshi bilishadi. Chol bilan suhbatlashgan odam xoxlasa-xoxlamasa uning uzundan-uzun futbolga oid suhbatiga "œsho’ng’ish"ga majbur bo’lardi. Qishloqning bir chetidagi kamtaringina xovlida yolg’iz yashaydigan Turdiqul chol yoshligida jismonan baquvvat bo’lgan ekan. Kampiri Turdiqul cholni bu dunyoda erta tashlab ketgan edi. Yoshi bir joyga borib qolgan oqsoqollarning aytishlaricha, tabiatan hazilkashroq futbolga o’ch chol kampiri olamdan o’tgan kuni shahardagi o’yingohda futbol tomosha qilib o’tirgan ekan. Qitmir ishqibozlar choldan:
- Bobo, yolg’iz kelibsiz. Qarang-a butun stadionda eng yoshi ulug’i siz ekansiz. Lekin eng yolg’izi ham sizsiz. Birorta hamroxingiz yo’qmidi?-deyishibdi. Shunda "œMaxaradze"  pinagini buzmay:
- Kim bilan kelishim kerak?-debdi savolga savol bilan.
- Masalan"¦ kampiringiz bilan.
- Kampirim o’lib qoldi, debdi chol jiddiy.
- Haa"¦ unda do’stlaringiz bordir birga kelgani? Yoki ular futbolga qiziqishmaydimi?
- Qiziqishga qiziqadiya, lekin ular hozir kampirimning azasida o’tirishibdi, debdi chol.
Albatta, oqsoqollarning bu ta’rifi haqiqat chegarasidan biroz uzoqda. Ammo cholning futbolga mukkasidan ketgancha qiziqishi bor gap.
Bir kuni cholni uyi oldidagi daraxt tagida Mamat oqsoqol bilan quyuq suhbati ustidan chiqib qoldim. Chol odatdagiday futbol haqida gapirardi:
- Eee, Mamatvoy, kecha turklarning o’yinini ko’rmabsan-dunyoga kelmabsan. Braziliyani yanchib tashlashiga ozgina qoldiya,- dedi va timirskilanib nosqovog’ini oldi. — Baribiram qoyil qoldim-ey. Zo’r-bazo’r yutib oldi brazil qurg’urlar.
- Ha, nabiramdan eshitdim, dedi Mamat oqsoqol beparvo oxangda. Uning bu gapi cholni yanada ilxomlantirib yubordi:
- Shu turklarda Xasan Shosh degani bor ekan. O’ylanib qoldim. Shu bolani urug’i Toshkentdanmasmikin-a?-dedi Turdiqul chol tilla topib olgan gadoyday ko’zi chaqnab.
Cholning gapidan yuzimga tabassum yugurdi.
- Sen kulma, bolam. Yo gapim noto’g’rimi? Men sendaqa o’qimishli bo’lmasamam harqalay savodsiz omilardanmasman. Toshkentni eski nomi Shosh ekanligini dilbizorda eshitganman. Sen shu bola haqida haligi boru"¦ -dedi peshonasini tirishtirib. — Insititutda yozadiku"¦ Nimaydiya oting qurg’ur"¦
- Bitiruv ishimi?-dedim "œMaxaradze" boboning nima demoqchiligini anglaganday bo’lib.
- Haa, bitiruv ishimi? O’shanaqa yozgin. Mana meni aytdi dersan shu bolaning ota-bobosi toshkentlik bo’lib chiqadi.
Cholning aytganiday dissertatsiya yozishga so’z berib, xayrlashdim. Ketarkanman orqavarotdan ikki cholning xazilomuz gaplari elas-elas quloqqa chalindi:
- Shu Ronaldo bilan Ronaldino degani aka-uka ekan deb eshitdim. Qaysi biri akasiyu qaysinisi ukasi ekanligiga hech aqlim yetmadi-da. Dilbizordayam aytishmaydi.
- Buni dilbizorda aytamasyam bilib olsa bo’ladi. Ronaldoning sochi to’kilib ketganku. Demak, uning yoshi katta. 


OTABEK YO'LDOSHEV
 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  31 Iyul 2008, 10:31:41

ALDAGANI  BOLA  YAXSHI !


(hajviya)


Qishloqdagilar Arslonqul traktorchi haqida gap ketsa:" Toshdek qotgan yerni yumshoq parga aylantiradi. Yerga mexrini berib haydaydi. Lekin"¦", deyishadi. Ana shu "œlekin"ini oxirigacha eshitmaganligimiz bizga pand berdi. Arslonqul traktorchi yilning to’rt faslida ham tinim bilmaydi. O’nlab gektar yerlarni shartta haydab tashlayveradi. Biroq traktorchi qurg’ur o’z xovlisidagi bir chimdimgina tomorqasini "œeplay olmasdi". To’g’rirog’i, qo’li qo’liga tegmaganligidan tomorqasi qishin-yozin qaqragan tikanzor bo’lib yotardi.
 Bir kuni biz qishloq bolalari Arslonqul traktorchining uyi ro’parasidagi ko’cha chetida futbol o’ynayotgan edik. Qishloq ko’chasida transport qatnovi faol emas. Shu sabab ko’cha o’rtasida ham hech bir xadiksirashsiz chopqillardik. Qosh qorayguncha to’p tepib, shovqin-tutun bilan kelib qolgan Arslonqul traktorchining asabiy signalini sezmay qolibmiz. U uyi oldida traktorini to’xtatdi va biz tomonga kela boshladi. "œHozir ma’ruzani boshlaydi", dedim uning vajoxatiga qarab.
- Xey, senlargayam xayronman. Ko’cha futbol o’ynash uchun qurilmaganku"¦ Bitta to’pning orqasidan tillaring osilib yugurishdan boshqasini bilmaysanlar,-dedi traktorchi ko’pni ko’rgan qariyalarday nasixat bilan.
- Xo’p, nima qil,deysiz, aka,- dedim.
Arslonqul traktorchi bir zum jim qoldi va:
- Ko’chada to’p tepib, hammaning ko’ziga yomon ko’ringandan ko’ra, mening tomorqamni stadionga aylantirlaring,- dedi ensasi qotib.- Bekorgayam yotibdi. Baribir ogorodga qaragani vaqtim yo’q. Chiroyli qilib tozalab, o’shatta o’ynalaring.
Traktorchining taklifi bolalarga yog’day yoqib tushdi va rozi bo’ldik. Ertasiga tong maxali xo’rozlar qichqirishga ulgurmasdanoq Arslonqul traktorchining tomorqasida o’nga yaqin qishloq bolalari hozir bo’ldik. Hammaning qo’lida ketmon va belkurak. Ishga kirishdik. Xali uyquni urib yotgan Arslonqul traktorchi ko’zlarini ishqalab xovlisiga chiqquncha tomorqani yog’ tushsa yalaguday qilib qo’ygan edik. "œTomorqayam jungli bo’lib ketgan ekan-da", o’yladim.
- Haa"¦ Senlarmidilaring"¦ Taqir-tuqur ovozlaringni tushimda eshityapman, deb o’ylabman,- dedi u bo’g’iq ovozda.
Biz yo’gonlashib ketgan tikanlarni aravachaga ortib, tomorqadan chiqarib tashladik va ariqdan tomorqaga suv ochib yubordik. Tush maxali barcha ishni bitirib, uy-uyimizga tarqaldik. Endi ertadan boshlab, yangi o’yingohchada maza qilib to’p tepadigan bo’ldik"¦
Ertasi kuni to’pni qo’ltiqlagancha, Arslonqul traktorchining stadionga aylantirilgan tomorqasi tomon yo’l oldik. Hammaning kayfiyati osmon qadar. Kimdir yarim tungacha futbol ko’rganligini gapirsa, kimdir yoqtirgan jamoasining raqibiga yon bosgan hakamga e’tirozni aytadi. Yana kimdir:"Arslonqul Stadium o’yingohining ochilish marosmiga bir necha daqiqadan so’ng guvoh bo’lasiz", dedi telesharhlovchiga o’xshab. Hamma sharaqlab kulib yubordi. Traktorchining tomorqasiga yetib kelganimizda xafsalamiz pir bo’ldi: boshiga oq ro’molni tang’ib olgan Arslonqul traktorchi xotini bilan tomorqasida ketmon chopar, yerni ekishga tayyorlab, egatga bo’lib chiqardi.
- Tushunmadik, aka,-dedim nima gapligiga aqlim yetib turgan bo’lsa ham.
- Nimani tushunmadinglar? — dedi traktorchi zaxarxanda iljayib.- Tushuntirishim shartmasdir?! Dalada ishlashdan qochasanlar. Balodek ishlarkansanlarku. Qoyilman, lokin"¦ Mendan faqat senlarga rahmat aytish qoldi, xolos.
- Axir o’zingiz aytgandingizku"¦
- Nimani aytibman? Senlar bilan kontrakt tuzibmanmi? Qani isbotlaring"¦ Umuman olganda, meni tomorqamni stadionga aylantirishga nima haqlaring bor?
Aldagani bola yaxshi ekan. Traktorchining bizni boplab aldaganligi qishloqda hech kimni hayron qoldirmadi.
Qishloqdagilar Arslonqul traktorchi haqida gap ketsa:" Toshdek qotgan yerni yumshoq parga aylantiradi. Yerga mexrini berib haydaydi. Lekin bittagina aybi bor: ko’p yolg’on gapiradi", deyishadi. Hozir Arslonqul traktorchining tomorqasida pomidorlar qizarib yotibdi.


Otabek Yo’ldoshev
 

Qayd etilgan