FUTBOL XAJVIYALARI  ( 53299 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Shoxjahon12  21 Avgust 2009, 09:27:29

Ko'rgan bo'lsanglar Zidanni hech qanaqa aybi yo'q edi. Maydonni bir chetida mana bunday ketyotuvdi. Orqada italiyalik futbolchi kelayotgandi. Shu bir narsa-bir narsa deb qo'ydida. U eshitib qoldi. Biz eshitmadik. "Nima?",dedi. "Bir narsa dedingmi?",dedi. Ko'kragiga lazerni to'g'rilab "jirq" etib kalla qo'ygan edi italiyalik futbolchi chala so'yilgan xo'rozday pitirladi-qoldi.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


siddiqa  22 Avgust 2009, 06:05:23

Ko'rgan bo'lsanglar Zidanni hech qanaqa aybi yo'q edi. Maydonni bir chetida mana bunday ketyotuvdi. Orqada italiyalik futbolchi kelayotgandi. Shu bir narsa-bir narsa deb qo'ydida. U eshitib qoldi. Biz eshitmadik. "Nima?",dedi. "Bir narsa dedingmi?",dedi. Ko'kragiga lazerni to'g'rilab "jirq" etib kalla qo'ygan edi italiyalik futbolchi chala so'yilgan xo'rozday pitirladi-qoldi.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

ertasi kuni italiyani chempion bo'gani hammani esidan chiqib ketib ,u yoqqa qarasan ham Zidan kalla qo'yyatgan bo'ladi bu kanalga osang ham kalla qo'yyatgan bo'ladi .


ps:haqiqatdan ham Zidan o'zbekligini isbotladi ,ahir u Zayniddinda ,o'zbekda.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Avgust 2009, 10:37:01

Yaqinda Rossiyadan zo'r trener oplelishibdi. Zo'r emishu, manga cho'ta uni familiyasi yoqmiyapti. Padazritelniy familiya. Familiyani qarang: Nepomnyashiymish. Hech narsani eslolmasmishda. "A siz Afrikadan Kamerun degan jamoani topib olib, Jahon Chempionatiga olib chiqqansiz. Butun dunyo Kamerunga baleet qilgan Biz ham shunday. O'sha sizsiz. Eto je viy?" deyishsa, "Eto razve ya byl?"dermish. "Da, eto je viy", deyishsa "Chota ne pomnyu,rebyata",dermish. Endi O'zbekistonga kelib nimani eslaydi, hayronman.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Avgust 2009, 14:08:53

Bizni futbolchilrimiz goldan keyingi vaziyatlarni zo'r o'xshtishadida. Rivaldoga o'xshab manavunaqalrdan qip qoladimiey. Yoki Zidanga o'xshab o'zini chimni ustiga otib yuboradimiey. Bunaqalarni zo'r o'xshtishadi. O'tgan yili "Paxtakor" bilan "Neftchi"ni o'yinini ko'rdim. "Paxtakor"dan bittasi gol urib, yugurib qochib qoldi. Orqasidan o'ntasi quvib ketdi. Yetolmadi lekin. Paxtakor stadionini aylanib chiqdi. Qo'llarini yon tarafga yozdi, ucholmadi lekin. Shunda birdan esiga tushib qoldiku. Zo'r futbolchilar gol ursa xursandligidan formasini yechib yalang'och bo'lvoladiku. Uyam yechib futbolkasini tomoshabinlarga otmoqchi ed. Stadion bo'm-bo'sh. Birontayam tomoshabin yo'q. Bo'm-bo'sh. Bir qator soldatlar o'tirishibdi.
"Xoy, uka, sani formang bizga kerakmas. O'zimizni formamiz bor. Tez formangni kiyib tezroq o'yna. Iloji bo'lsa tezoq tugat o'yiningni. Bugun ish bor",deb qo'yadi.
Qanaqa qilib tez tugatsin, 45 minut o'ynashi kerakku.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  26 Avgust 2009, 17:42:57

Bizni futbolchilarimizda oshirish degan narsa yo'q. O'zim bo'lsam deydida. Ko'rding, gol bo'lmadi. Nimaga qarab turibsan? Yana qaytadan borib olib kelib tepmaysanmi, gol bo'lmaydimi? Sudyalar bilan tortishib qoladimiey bizni bolalar. "Ko'zingni o'yib olaman. Nima deyapsan? Mani taniyapsanmi? Futboldan keyin gaplashib qo'yaman san bilan". Masalan, sudya qo'rqqanidan sariq kartochka ko'rsatishga haqqi bor-da. Sudya sarqini ko'rsatsa, futbolchilarimiz unga qizil kartochka ko'rsatib yuboryapti. Qarang, sudyalar chiqib ketyapti.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  27 Avgust 2009, 11:20:56

Nega biznikilar ham stadionlarni to'ldirib, tutatib o'tirishmady? Chunki bizni fanatlarimiz bir oy oldin biladi qaysi komanda o'ynaydiyu, hisob nechchi bo'lishini. Fol ochadida.
-E, nima qilasan borib? Baribir 2:1 bo'ladi,- deydi.
-Qayoqdan bilasan?-desa,
-Eshitdik-da,deydi.
Qarang, rostan ham 2:1 bo'ladiey...

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  27 Avgust 2009, 15:53:00

Bittasi ikkinchisiga:
-Og'ayni shu Kasparov bilan Karpov o'ynarkan. Kim yutarkan-a?-desa, unisi:
-Bilmadim, men futbolga qiziqmaymnan,degan ekan.
Futbol bilan shaxmatni farqiga bormasdik.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2009, 16:03:22

Alloh Hojiboy akani rahmat qilsin. Yaqinda habarim bo'ldi. Yuragim jiz etib ketdi:(

Qayd etilgan


Shoxjahon12  02 Sentyabr 2009, 16:48:50

Nima uchun Braziliya degan mamlakat futbol bo'yicha 5 marta jahon chempioni bo'lgan? Chunki ularda choyxona degan narsa yo'q. Ularda bolaligidan futbol o'ynirkan, Qarib qolsa stadionga borib baleet qilib o'tirarkan. Bizda esa bolaligidan choyhonaga boradi. Qarib pensiyaga chiqsa yana choyhonaga boradi. Bolaligida o'rtoqlari bilan ovqatlangani borib turadi, qarib qolsa:" Qayoqqa ham boraman endi",deb yana choyhonaga boradi.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  04 Sentyabr 2009, 16:44:04

Terma komandamizning yaxshi o'ynagan paytlari ko'p bo'lyapti. Ayniqsa, katta-katta, kuchli komandalar kep qolsa , e ko'z tegmasin, enasini ko'rsatib chiqarvoryapti. Enasini ko'rsatib jo'natyapti!!! Lekin o'zlari ham chetga borsa enasini ko'rib qaytib kelyaptida.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan