FUTBOL XAJVIYALARI  ( 53315 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 B


AL_laziz87  01 Avgust 2011, 00:06:24

O'z darvoasiga 4 ta to'p kiritgan futbolchimizga o'yindan so'ng kompis sovg'a qilishdi.

p/s: O'tgan yilgi mavsumda Andijon jamaosi qaysidir o'yinda g'alaba qozonib turgandi o'z darvoziga 2 ta to'p urib qo'ygandi. G'alaba boy berilgandi o'shanda. Keyin "Andijonnoma" gazetasi maqola chiqqandi "Darvoza tanlamedigan shovvozlar" degan..)))) 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Avgust 2011, 21:58:06

Er-xotinlar televizor talashib qoladigan paytlar bo'ladi.
Xotini kelib,nozlanib:
-Iltimos,kino ko'raylik,- desa,
-E,nima deyapsan? Axir meni jonajon "Paxtakor"im Arabistonni "Al-Xilol"i bilan o'ynaydi. Hozir o'yin boshlanadi, desa, xotini achchiqlanib:
-Shu "Paxtakor"iyzni mendanam yaxshi ko'rasiz-a?-debdi.
-Iye, "Al-Xilol"niyam sandan yaxshi ko'raman-,desa xotini xafa bo'lib qolibdi. Keyin yoniga kelib:
-Xafa bo'lma... Voleyboldan sani yaxshi ko'raman, - dermish.

("Xandalak" guruhi xangomalaridan)

Qayd etilgan


Secret  16 Avgust 2011, 23:58:24


             Futbol maqollari

To'pning yugurgani darvozagacha.

Legioner bo'lmaguncha, futbolchi bo'lolmaysan.

Boshingga butsa kelsa ham to'g'ri tep.

Golni gol qiladigan ham hakam, gohida pul qiladigan ham hakam.

Goling halol bo'lsa maydon tashqarisida nishonla.

Darvozabon ko'zini suzmasa, hujumchi gol urmaydi.

Bir futbolchiga ham gol, ham pas kerak.

Hakam bir qo'li bilan hushtakni tebratar, nir qo'li bilan turnir jadvalini.

Bosh omon bo'lsa, gol uriladi.

Futbolchining o'ynagisi kelmasa hakam bilan tortishadi.

Ko'p gap, futbolchiga kartochka.

To'p izidan qaytmaydi, hakam so'zidan.

Gol bo'lmasa darvoza to'rlari qimirlamaydi.

Muxlisli stadion - bozor, muhlissiz stadion - mozor.

Gol urmaganni urgani qursin.

Raqibga achingan chempion bo'lolmaydi.

Taktikaning otini qo'rqoq qo'ymang.

To'p egasini topadi.

Pasni bergin uqqanga, to'xtamay gol suqqanga.

Og’zi qiyshiq bo’lsayam yutgan jamoaning muxlisi gapirsin.

 Bo’linganni "œBarselona" yeydi, ayrilganni "œArsenal".

(Variant: Bo’linganni "œBunyodkor" yeydi, ayrilganni "œAndijon")

 Bombardir bombardirni ko’rsa oyog’i qichiydi.

 Oshirsang uraman, so’ksang turaman.

 Bir balosi bo’lmasa maydonda baklashka na qilur?

 Bilsa ofsayd, bilmasa gol.

 Bir taym ming taymmas.

 Bir golni o’n bir kishi bo’lishibdi.

 Bir mavsumga jamoa o’lmas, ikkinchi mavsumga homiy chidamas.

Bir hakamning hiylasi qirq majoaga yuk bo’lur.

 Bir futbolchi gol ursa, qirq futbolchi tush ko’rar.

 Oyog’i og’rimaganning penalty tepishiga qara.

 Hakamni yo’qlasang kartochkasi ko’rinadi.

 Yopig’liq darvoza yopig’ligicha qolsin.

 Ochkoni kuzda sanaydilar.

 Karnaychidan bitta "œpuf", referidan bitta "œchuurr".
      Manba: "Stadion"


Qayd etilgan


Shoxjahon12  30 Dekabr 2011, 03:16:23

AGAR UEYN RUNINING SOCHI UZUNROQ BO'LGANIDAMI....



Qayd etilgan