Koʻz xastaliklari davosi  ( 96739 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:30:43

Agar oq piyozning suvini chiqarib ko‘zga surtilsa, shilpiqlik, shabko‘rlik (qorong‘u tushganda ko‘rolmaslik)da foyda beradi.

Agar ko‘zda biror dard paydo bo‘lsa, kiyik o‘tini tuyib surkash foyda beradi.

Ko‘zidan suv oqib qiynalayotgan odam ertalab va kechqurun ko‘ziga surma qo‘ysa, bu darddan xalos bo‘ladi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:31:18

Ko‘zga oq tushganda quyon o‘ti quritib tuyiladi va ko‘zga surtiladi, inshaalloh, albatta davo bo‘ladi.

Qaldirg‘och go‘shtini tanovul qilsangiz, ko‘zingiz ravshan bo‘ladi.

Loviyani havonchada yanchib surma kabi ko‘zga surtsangiz, kiprikning ichiga o‘sishini yo‘qotadi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:31:28

Loviyani asal bilan aralashtirib ko‘zga bog‘lansa, ko‘z milklarining qizarishini va shishini yo‘qotadi.

Sunbulni qaynatib, suvi bilan ko‘z yuvilsa, qizilligini yo‘qotadi.

Moychechak (romashka) gulidan suv olib ko‘zga tomizsangiz, ko‘z og‘rig‘i qoladi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:32:32

Lola suvidan ko‘zga tomizilsa, ko‘z og‘rig‘ini va yarasini tuzatadi.

Chayonni kuydirib, kuli ko‘zga surtilsa, ko‘z zaifligini yo‘qotadi.

Oq echkining buyragini kabob qilib, kabobdan oqqan qatra seli ko‘zga tomizilsa, ko‘z illatini quvadi, ko‘zni musaffo va nurli qiladi, ko‘z qorong‘uligini va shabko‘rlikni ketkazadi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:32:40

Ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishida qizil maymunjon bargini pokizalangan holda qo‘yilishi dardni yengillashtiradi.

Yumshoq, xom zira suvidan bir necha marotaba ko‘zga surtilsa, ko‘z oqi tuzaladi.

Har kim saharda besh dona sholg‘om pishirib yesa, ko‘zi ravshan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:33:27

Lola suvi bilan asalni aralashtirib surtsangiz, ko‘zdagi oq tuzaladi.

Oq piyozni ezib emizikli ayol suti bilan qo‘shib uch marotaba ko‘zga tomizilsa, ko‘z oqi ketadi.

Tuya jigariga murch, qalampir sepib kabob qilib pishirayotganda kabobdan oqayotgan suvdan ko‘zga surtilsa, shabko‘rlikni yo‘qotadi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:34:26

Pati endi chiqayotgan kabutar bolasi qonini ko‘zga surtsangiz, shabko‘rlikdan qutilasiz.

Xantal (gorchitsa)ning ho‘l urug‘ini hovonchada yanchib, suvini siqib olib quritilsa, so‘ng surma kabi ko‘zga surtilsa, ko‘zning barcha dardlariga shifo bo‘ladi.

Anjir ko‘karib turgan paytda shoxi sindirilsa yo bargi yulinsa, shira chiqadi. O’sha shiradan ko‘zga surtilsa yo tomizilsa, ko‘zni qoraytirib turgan pardani yo‘qotadi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:34:56

Aloedan iste’mol qilib yurilsa, ko‘z nurini ko‘paytiradi.

Ko‘z yallig‘langanda yostiqni baland qilish, keskin harakatlar qilmaslik, boshni pastga engashtirmaslik, oqlik va nurga qaramaslik, me’dani ovqat bilan to‘ldirmaslik foyda beradi.

Ko‘z mijjasi shishganda semizo‘t bargini tuxum oqiga qo‘shib ko‘zga chaplansa, darddan forig‘ bo‘linadi.

Ko‘z burchagi shishsa (ya’ni, «g‘arb» chiqsa), mosh yanchib qo‘yilsa, davo bo‘ladi.

Qayd etilgan


Foniy  09 Mart 2007, 15:31:45

Assalomu alaykum!
Ko'z nurini oshirish usulari, faqat tabiiy vositalar yordamida?..
Maslahat uchun oldindan rahmat!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Mart 2008, 09:15:20

Агар оқ пиёзнинг сувини чиқариб ксзга суртилса, шилпиқлик, шабксрлик (қоронғу тушганда ксролмаслик)да фойда беради.




Агар ксзда бирор дард пайдо бслса, кийик стини туйиб суркаш фойда беради.

Qayd etilgan