Koʻz xastaliklari davosi  ( 68354 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


FazliddinFM  20 Sentyabr 2009, 07:31:57

Iltimos, maslahat bering. Uzoqni yaxshi ko'rmaslikni tabiiy yo'llar bilan qanday davolasa bo'ladi?

Qayd etilgan


saltanat  21 Sentyabr 2009, 11:09:47

Iltimos, maslahat bering. Uzoqni yaxshi ko'rmaslikni tabiiy yo'llar bilan qanday davolasa bo'ladi?

ko'z kasalliklarini davolashda Ibn Sino qalampirmunchoqdan keng foydalangan, bu haqda Karim Mahmudovning "Choynoma"sida o'qishingiz mumkin,qalampirmunchoq ko'z xiraligi va shapko'rlikni davolaydi va ko'ruvchanlik qobiliyatini oshiradi, albatta Allohning marhjamati ila. Bemor kishi 1-1,5 oy davomida doimiy ravishda qlampirmunchoqli choy ichib yursa kanda qilmasdan bu muolajaning foydasini biladi, bu sinalgan tajriba. Buning uchun 1 litrli choynakka ko'k choy va 10-12 dona qalampirmunchoq donalari solinib choy damlanadi va dam ediriladi.Choyni issiq va sovuq holda ichish mumkin,sabr va ixlos bilan muolaja davom ettirilsa inshaalloh da'vo bo'ladi.

Qayd etilgan


Foniy  14 Oktyabr 2009, 15:25:51

 :as:
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: "œRasululloh sallollohu alayhi vasallam ko‘z nurini o‘tkir qiladigan, kipriklarni o‘stiradigan ismid nomli surmani ko‘zga qo‘yishni buyurdilar", va yana Ibn Abbos dedilarki, "œRasululloh sallollohu alayhi vasallamning bir surmadonlari bor edi. Undan har kecha ko‘zlariga surma qo‘yar edilar. Har ikkala ko‘zlariga uch martadan qo‘yardilar".

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyquga borishlaridan avval ismid surmasidan har ko‘zlariga uch bor qo‘yar edilar.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ismid surmasini albatta qo‘yib yuringlar, u surma nazarni tez qiladi va kipriklarni ziyoda o‘stiradi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "œSizlarning surmalaringiz ichida hammadan yaxshisi ismid surmasidir, u ko‘zni ziyoda nurli qiladi va kipriklarni o‘stiradi. Manba

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Oktyabr 2009, 17:16:58

Man misvokni ham ko'z nuriga foydali ekanligi haqida o'qigandim.

Shu misvok juda ajoyib.
Aslida siz uni tish uchun ishlatasizu, lekin bir dunyo: ham oxiratiz uchun ham bu dunyoingiz uchun foydalari bor ekan.


Qayd etilgan


Hadija  14 Oktyabr 2009, 18:50:32

:as:
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: "œRasululloh sallollohu alayhi vasallam ko‘z nurini o‘tkir qiladigan, kipriklarni o‘stiradigan ismid nomli surmani ko‘zga qo‘yishni buyurdilar", va yana Ibn Abbos dedilarki, "œRasululloh sallollohu alayhi vasallamning bir surmadonlari bor edi. Undan har kecha ko‘zlariga surma qo‘yar edilar. Har ikkala ko‘zlariga uch martadan qo‘yardilar".

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyquga borishlaridan avval ismid surmasidan har ko‘zlariga uch bor qo‘yar edilar.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ismid surmasini albatta qo‘yib yuringlar, u surma nazarni tez qiladi va kipriklarni ziyoda o‘stiradi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "œSizlarning surmalaringiz ichida hammadan yaxshisi ismid surmasidir, u ko‘zni ziyoda nurli qiladi va kipriklarni o‘stiradi. Manba

Alloh rozi bo'lsin...

Yuqoridagi surma, uni qanday tayyorlash yoki qayerdan topish mumkinligi haqidagi ma'lumotlar bo'lsa bildirsangizlar, iltimos.

Qayd etilgan


elnura  23 Iyul 2010, 14:35:14

Ko`zning ko`rish faoliyatini yaxshi saqlab qolish uchun har kungi istemol qilinadigan taomlarga e`tibor berish kerak. Buning uchun avvalo o`ta sho`r narsalarni istemol qimaslik, ovqatga solinadigan tuzni kamaytirish mumkin. Shunday tajriba o`tkazilgan: chitakka sho`r narsa berilganda, unda qon bosimi hodisasi ro`y bergan va bir soatdan so`ng u o`lgan. Agar inson organizmiga sho`r narsalar ko`p ta`sir etsa, uning qon bosimi doimo yuqori bo`ladi, keyinchalik esa glaukoma deb ataluvchi ko`z kasalligi kelib chiqadi va ko`zda og`riq paydo bo`lgan holda ko`z ko`rmay qolishi ham mumkin. Shuning uchun ham ko`z kasalligiga uchragan kishilarga ko`proq tuzsiz ovqat yeyish tavsiya etiladi.
Ko`z ko`p yoshlanaversa, unda organizmga B2 vitamini yetishmayotganligini bildiradi. Bu holda tarkibida ko`p darmondori bo`lgan tuxum, qo`y go`shti va pishloqni yeyish tavsiya etiladi
Yuz dardga yuz davo kitobidan
[/color]

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  23 Iyul 2010, 16:16:03

duxtirga boring..afruz restoranini yonida professor Norbekovning shogirdlarining shifoxonasi bor...:) xullas norbekov metodi bo'yicha davolashadi..o'zim bormaganmanu,lekin Norbekovni kitobini o'qib chiqqanman...agar kitobida yozilganidek davolashsa shogirdlari ham 2-3 kunda zreniyasi kamlani o'z joyiga va undan ham yaxhsiroq davolaydi faqat tabiiy usulda emishshshs....
bu qaerda qori? adresni yozvoring

Qayd etilgan


BelleQizcha  25 Iyul 2010, 00:39:54

baliq yeyish ko'zga juda foydasi bor. Buni manga TAxiga chiqanimda  Bir amaki etgandila . Ko'z doxtirga ketvotganimda.

Qayd etilgan


UzMuslim  20 Sentyabr 2010, 22:54:57

Izoh:Ko'z nurining kamayishi ish va o'qish jarayonida jiddiy hoqulayliklarga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda hisobchilar, menejerlar, talabayu o'quvchilar, hullas, kim kompyuter qarshisida ikki soatdan ortiq o'tirsa, bachasi ko'zidan shikoyat qiladi.
Organizm shunday tuzilganki, agar taomnomangiz me'yorida bo'lsa, ovqat hazm qilish tizimi va qon aylanishi joyida bo'lsa, demak, ko'zlarimiz ham kerakli vitaminlar va mikroelementlar bilan ta'minlangan bo'ladi. Hamma gap to'g'ri ovaqatlanishda.
Hozir man sizlarga ko'z nurini kamayishini oladigan bir nechta foydali maslahatlar beraman:
Asosiy vitaminlar
Agar siz oziq-ovqatlardan A vitaminini yetarli miqdorda olmas ekansiz, demak, ko'z nuringiz kamayib boraveradi. Bu to'nnalab sabzi yeyish kerak degani emas. Ko'z nurini me'yorda ushlab turish uchun kunda o'rtacha kattalikdagi sabzini pishloq bilan yeyish yoki yarim stakan sabzi sharbati ichish kifoya. Lekin A vitaminini singdirish uchun ham yog' zarur. Demak, sabzili salatlarga o'simlik moyi, smetana yoki qaymoq qo'shish zarur.

-Ko'z nurini asrash uchun kerak bo'lgan mikroelementlar safiga akliy ham kiradi. Qon aylanish tizimi ham shu vitaminga bog'liq. Bu muhim element olma, apelsin, banan tarvuz, quruq mevalar va kartoshka tarkibida mo'l bo'ladi.

-Черника ko'z nurini ravshan qilishi, charchog'ini kamaytirishi qorong'ida ham ko'rishni yaxshilashini bilasizmi? Bugungi kunga kelib olimlar черника ko'z to'r pardasini yanglilashini hamda uzoqni ko'rolmaslikni ham davolashini aniqlashdi.
Kompyuter"¦Monitordan taralayotgan nur ko'zni "o'qqa tutadi" va ko'zning toliqishi hatto bosh og'rig'iga ham olib keladi. Ko'zning achishishi, huddi qum tikilgandek hissiyot uyg'onishi, qizarishi , tez charchash, bo'yinda og'riq turishi kompyuter sindromi alomatlari hisoblanadi. Agar o'zingizda shu alomatlarni sezsangiz, darxol okulist-shifokorga murojat qiling. Kompyuter sindromining oldini olish uchun ba'zi qoidalarga rioya qilish lozim
-Kompyuterda ishlashni chegaralang- bir kunda 4 soatdan ko'p o'tirmang.

-Har 30-45 daqiqada 5 daqiqadan dam oling.

-Monitorni shunday o'rnatingki, ekranga nur tushmasin.

-Mahsus ko'zoynaklardan foydalaning.

Aziz forumdoshlar ko'z nurini kamaytirish uchun manda juda ko'p maslahatlar bor. lekin bularni hammasini yozsam sizlar o'qishga erinib qolasizlar. Bu mavzudagi maslahatlarni keyingi yangiliklarda albatta kiritaman.
Sabr bilan o'qiganingiz uchun katta rahmat.
sog'lig'imizni saqlash o'z qo'limizda. Uni barchamiz birdek asraylik

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  22 Sentyabr 2010, 08:36:19

Ислом Университети (Лахтакор тараф) тарафда хусусий клиника борлигини икки ойча ксчадаги рекламада сқигандим, афсус, клиника номи ҳам, аниқ адреси ҳам ёдимдан кстарилибди. Тошкентдаги ксз касалликлар муассасаларини билганлар ёзиб юборинглар.
А ахмат


Qayd etilgan