Nafas qisishini davolash  ( 12496 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:16:11

10 gr. sariq bedani suvda qaynatib, suvi asal bilan iste’mol qilinsa, nafas tangligiga davodir.

Archa mevasidan 30 gr. yanchib va elakdan o‘tkazib, 15 gr. mol yog‘i qo‘shib eziladi va ko‘pigi olingan asal bilan xamir qilib bir hafta yalab yurilsa, balg‘amdan hosil bo‘lgan nafas qisishiga davo bo‘ladi.

2 gr. gorchitsa urug‘ini ezib, asal bilan iste’mol qilinsa, nafas tangligidan xalos bo‘lasiz.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:16:21

Har kuni 8-10 donadan chilonjiyda mevasi yeb yurilsa, nafas qisishi daf bo‘ladi.

Kuniga 8-9 gr. rayhon suvini asal bilan qo‘shib ichgan odam nafas tangligidan xalos bo‘ladi.

Bug‘doy kepagi qaynatilgan suvga shakar, asal, shirin bodom yog‘i qo‘shib iste’mol qilinsa, nafas tangligiga davodir.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:16:53

Murch va anjir ham nafas tangligiga shifo.

Bir grammdan mo‘miyo, asal va aloedan tayyorlangan aralashma har kuni nahorga iste’mol qilinsa, nafas qisishiga davo bo‘ladi.

Arpa suvi ham bu xastalikni davolashda qo‘l keladi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:17:09

Nafas qisishidan xalos bo‘lishni istasangiz, yuz grammdan isiriq va zig‘irni yarim kilo asalga aralashtirib, undan bir choy qoshiqda kuniga uch mahaldan iste’mol qilib turing.

Haftasiga bir marta hammom qilib, binafsha yog‘idan yetti grammdan ichilsa, nafas qisishini yo‘qotadi.

Qayd etilgan