Me’da kasalliklarini davolash  ( 8900 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:36:32

Quruq yalpiz, qalampirmunchoqni qaynatib ichish bilan me’dadagi sovuq xiltni yo‘qotish mumkin.

Me’da va jigar oralig‘ida qattiqlik va ozg‘inlik bo‘lsa arpa suvi foydali, uning miqdorini kun sayin ko‘paytirib 300 grammgacha yetkazish mumkin.

Yetti-sakkiz gr. achchiq shuvoq (erman) suvda qaynatib ichilsa, me’daga quvvat bag‘ishlaydi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:37:14

Kuniga 7 gr. sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, ko‘pgina me’da xastaliklariga davodir.

Quritilgan o‘rikni suvda qaynatib, bir kundan so‘ng ichilsa, me’da haroratining ortishiga davo bo‘ladi.

Har kuni 3-4 gr. sarimsoq iste’mol qilib yurilsa, me’dani tozalab, kuchga kirgizadi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:37:31

Ituzum poyasini yanchib tashidan me’daga qo‘yib bog‘lansa, me’da shishini qaytaradi.

Har kuni 15-18 gr. rayhonni yanchib yoki qiymalab yesangiz, me’da zaifligidan qutulasiz.

Limon, shakar (oqqand) choyga solib ichilsa, qizigan me’daga quvvat bag‘ishlaydi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:37:48

Me’dangizni quvvatli qilmoqchi bo‘lsangiz, shirin bodomni hidi chiqquncha qizdirib, mag‘zini yeng.

Muntazam behi yeb yurilsa, me’da qizishi va boshqa xastaliklariga davodir.

Bug‘doy kepagidan non yopib yeyilsa, me’da namliligini bartaraf qiladi, bug‘doy noni esa - me’daga quvvat.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:38:13

Kuniga 3-4 gr. dasht yalpizi (hulva)ni yanchib, suv yoki choy bilan ichilsa, me’dadan turli chiqindilarni haydaydi.

Har kuni 5-7 gr. zanjabilni yanchib yeb olinsa, me’dadagi namlik va g‘aliz bodlarni yo‘qotadi.

Kuniga 7 gr. oshko‘k urug‘ini (kashnich) yanchib, sovuq suv bilan iste’mol qilinsa, haroratli me’da me’yoriga tushadi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:38:24

Xandon pistaning xom mag‘zi, sabzi, shirin olma sharbati me’daga quvvat beradi.

Oshqovoqning quritilgan po‘stini yanchib yesangiz, me’dadan qon oqishini to‘xtatadi.

Semizo‘tdan 60-120 grammni maydalab, sutga aralashtirib ichilsa, me’da qurtlarini o‘ldiradi.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:39:13

Moychechak (romashka) gulini choy kabi damlab ichib yurilsa ham, me’da yarasiga shifo bo‘ladi.

10 grammcha archa mevasini quritib, yanchib yeb yurilsa, me’dadagi qurtlarni batamom o‘ldiradi.

Me’da dardlariga tovuq sho‘rvasi, gurunch yuvilgan suv iste’mol qilish ham foyda beradi.

Qayd etilgan