Qiziqarli maqolalar  ( 25377 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


muxbir  16 Iyun 2006, 14:41:39

GITLERNING UCHAR TARELKALARI

Mashhur "œDiskaveri" telekanali urush davrida Gitlerning so‘nggi umidi bo‘lgan uchar tarelkalar haqida hujjatli filmni suratga tushirmoqda. 1943 yil. Yevropa uzra uchinchi reyxning bayrog‘i hilpiramoqda. Garchi Stalingrad ostonasida va Shimoliy Afrikada fashistlar armiyasining mag‘lubiyati natsistlarning "œengilmas" degan tushunchasini chippakka chiqargan bo‘lsa-da, Gitler hamon g‘alabadan umidini uzgani yo‘q. Radar tuta olmaydigan bomba tashuvchi "œuchar bo‘ri"lari yordamida Germaniyaga buyuklikni qaytarib, Yevropani siquvda ushlab turishiga ishonadi.

Pragadagi "œShkoda" zavodlaridan birida nemis harbiy konstruktorlari g‘aroyib prototip ustida ish olib bormoqdalar. Sal ilgariroq yosh nemis injeneri Andreas Epp "œLyuftvaffe" generaliga chizmalari bilan xat jo‘natdi. Ammo u o‘z ixtirosining qurilishida ishtirok etmadi. Aniqrog‘i, uni taklif qilishmadi. Keyinchalik Epp o‘z xotiralarida (Andreas Epp 1997 yilda vafot etgan) bunday yozadi: "œPragada mening ixtiroim bo‘lmish uchar disklar ustida ish borayotganini bilardim. Ular mening g‘oyamni o‘g‘irlagan edilar". Epp Pragadagi maxfiy harbiy tadqiqot aviabazasiga yo‘l oladi. "œTasodifan boshim uzra g‘alati ko‘lankani ko‘rdim. Uning qanotlari yo‘q edi", eslaydi Epp.

Aviatsiya tarixi bo‘yicha ekspert, ingliz Genri Stivens shunday deydi: "œSSning topshirig‘i bilan 15 ta prototip yaratilgan. Jism ostidagi propellarning yordamida reaktiv tezlikda ucha olgan, ammo o‘sha paytdagi texnik tajribasizlik uchuvchi xavfsizligini ta’minlay olmagan edi". Uchar tarelkalar ustida birinchi marta 1944 yilda o‘tkazilgan sinov muvaffaqiyatli o‘tdi. Gitler ittifoqchisi Mussolinining oldiga yo‘l oladi. U tezroq "œduche"dan suyunchi olishni xohlardi. 84 yoshli Luidji Romersa urush davrida Mussolining harbiy maslahatchilaridan biri edi. U Diskaveriga bergan intervyusida:

"œBu juda antiqa uchar jism edi. Jism disk shaklida bo‘lib, o‘rtasida uchuvchi kabinasi bo‘rtib chiqqan edi", deya eslaydi. Ammo uchar tarelkalar jang maydonlari ustida paydo bo‘lmadi. Tanqis materiallar, kamchiliklar va ittifoqchi kuchlarning yaqinlashib qolgani tajribalarni nihoyasiga yetkazishga yo‘l qo‘ymadi. 1945 yil bahorida "œqizil armiya"ning yaqinlashishi bilan nemis konstruktorlari Pragadagi "œShkoda fabrikasi"ni tajriba va prototiplari bilan birga "œyo‘q qilishdi". Bir necha kundan so‘ng Germaniya taslim bo‘ldi. Gitlerning g‘oya va maqsadlari amalga oshmay qoldi. Ammo haligacha nemis konstruktori Eppning urushdan so‘ng o‘z tajribalarini MRBda davom ettirgani haqida gap-so‘zlar yuradi.

Mavzu arxivi

Qayd etilgan



Hadija  13 Noyabr 2010, 13:11:24

А­нг киска никохлар.


Агарда кимки факат таникли инсонлар космик тезликда турмуш куриб ажрашадилар деб хисобласа адашадилар, оддий жуфтликлар хам борки никохи икки ойга хам чузилмаган, балки икки соат давом стган. А оссисда снг киска никох 25 дакика давом стган. Ажрашиш сабабини сса жуфтликлар снг оригинал йул билан хал стишган.


Аижний Аовгородда сса снги келин-куёвлар Абадий оловга гул куймокчи булдилар. Шу пайт куёв бироз схтиётсизлик туфайли келинни оёгини босиб олди, лекин атайин смас. Келин куп уйлаб утирмасдан куёвни юзига бир шапати урдию, кейин бамайлихотир гулни оловга куйди. Буни кутмаган Куёв никох кайд килинган далолатномани олиб оловга отди. Шундан сунг келин-куёвлар тинчгина, хеч кандай жанжалсиз бошка-бошка машиналарга утиришдию, бир умрга ажралишди.


Сириснинг Латакис шахрида хам келин-куёвлар туй тантанасининг узидаёк ажрашишга улгуришди. Келин бола туйда "Я люблю тебс, мой ослик" деб номланувчи хазил кушикка раксга тушмокчи булди, куёвнинг хаётга карашлари сса анчагина жиддий сди ва у раксга бошка схширок кушик танлашни талаб килди. Лекин на диджей ва на ёш келин уни гапини маъкулламадилар. Шундан сунг куёв уч марта "талок" деб бакирди. У мусулмон сди ва биз биламизки никохни бузиш учун шу сузнинг узи етарли.


Куйидаги никох сса бор йуги бир суткага чузилган.
Москва шахрида ёш куёв келинни гувох йигитдан рашк килди. Спиртли ичимлик ичиб олган куёвга гувох унинг хотинига жудасм кизикувчан назар билан караётгандек куринди. Шундан сунг гувох хам, келин хам куёвдан калтак еб олишди. Келин сртаси куниёк ажрашиш учун ариза ёзди.


Qayd etilgan