Yoʻtalni davolash  ( 11915 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:21:11

Anjirni sutda qaynatib ichgan kishi yo‘tal tutishidan tezda xalos bo‘ladi.

Ovozi bo‘g‘ilib qolgan odam turp suvini ichib, tomog‘ini g‘arg‘ara qilsa,
darhol ovozi ochiladi.

Kiyik o‘tini suvda qaynatib ichib yurilsa, yo‘taldan forig‘ bo‘linadi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:21:22

Surunkali yo‘tal qiynayotgan kishi otning yangi suti (yoki qimiz) ichib yursa, bu darddan xalos bo‘ladi.

Ko‘ksida balg‘am ko‘paygan bemor tez-tez anjir yeb tursa, undan qutiladi.

Yo‘talning kelib chiqishiga turli omillar sabab bo‘ladi. Shuning uchun uni davolashga kirishganda qaysi kasallikning nishonasi ekanini aniqlab olish lozim.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:21:33

Bir choy qoshiqdagi ukrop urug‘ini bir choynak suvga damlab ichish balg‘amning yengil ko‘chishiga foyda qiladi, surunkali yo‘talni qoldiradi.

Orasiga sariyog‘ yoki dumba qo‘yib bug‘da yo dimlab pishirilgan behi yoki sholg‘om quruq yo‘talni davolashda eng yaxshi shifodir.

Yo‘taldan ko‘p aziyat chekkan kishi mol yog‘i iste’mol qilsa, darddan forig‘ bo‘ladi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:22:01

Yog‘i olinmagan sutni sariyog‘ bilan qaynatib issiq holda ichish tomoqni yumshatadi, qirilishi va yo‘taldan qutilishda yordam beradi.

Yovvoyi (achchiq) bodomni chaqib, choydek damlab ichish ham yo‘talga foyda qiladi.

Bir stakan qaynoq suvga bir osh qoshiqda quritib maydalangan bargizub (zubturum) bargini damlab ichish ham yo‘talning davosidir.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:22:11

Oqbosh karam sharbatiga shakar yoki asal aralashtirib ichish ham tomoqni yumshatib, yo‘talni qoldiradi.

Olma va anjir mevasi yoki qoqisidan tayyorlangan damlama ham tomoqni yumshatadi, balg‘am ko‘chirib, yo‘talga davo bo‘ladi.

Yantoqni qaynatib suvini ichish ham yo‘talga davodir.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:22:21

Eski yo‘tallarni davolashda turpni suvda qaynatib ichish ham foyda beradi.

Arpabodiyon mevasi (urug‘i)dan tayyorlangan damlama quruq yo‘talni qoldiradi, nafas yo‘llari shamollashiga shifo bo‘ladi.

Nonushta paytida yeyilgan dolchin eski yo‘tallarni daf qiladi.

Qayd etilgan