Hayotiy tasodif yoki nimadandir ranjish oqibatida ruhi tushgan sog‘Âlom kishi haqiqiy bemorga aylanishi hech gapmas. Shunday ekan, bemorlar ham imkoniyat va vaqt borida kishi o‘z qalbida ishonch tuyg‘usini uyg‘ota olsa, yurakdagi ana shu ishonch orqali o‘ziga ham, uni davolayotgan shifokorga ham nihoyatda oson kechadi. Axir aytishadi-ku, tabobatning dardi ko‘p, darmoni ham oz emas deb...
Tabiiyki, qonga shakar oziqlanish yo‘li bilan keladi. Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari oqsil, yog‘, uglevodlardan tarkib topgan bo‘lib, oqsil tana uchun qurilish materiali hisoblanadi. Yog‘ va uglevodlar kuch-quvvat manbaidir.
Shu yerda yana bir izoh: Glyukozaning asosiy manbai — uglevodlar. Uglevodlar ichakdan qonga glyukoza tarzida so‘riladi. Uglevodlar (glyukoza) samarali qayta ishlanib, quvvatga aylanishi uchun insulin hosil bo‘lishi zarur...
Insulin — yuqori darajada faol kimyoviy modda, garmon bo‘lib, u oshqozon osti bezining alohida xujayralarida ishlab chiqiladi. To‘planib orolchalarga guruhlashadi. Mabodo tanada insulin yetishmasa, qandli diabet yuzaga keladi va rivojlanadi.
Ushbu kasallikka chalinganlar chanqash, og‘izning qurib qolishi, katta miqdorda siydik ajralishi, ozib ketish va holsizlik kabi alomatlaridan sezishlari mumkin. Bunday paytÂda zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari shart.
O‘tib ketar, erta-indin uchrasharman, degan xayollar bilar beparvo bo‘lmaslik kerak. Muhimi, vaqtni boy bermaslik zarur. Ana shundagina kasallik tanadan tezroq chiqib ketadi...
Manzura G‘anieva,
Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri poliklinikasi mudirasi, oliy toifali vrach
Hurriyat.uz dan