QANDLI DIABET yoxud uning asoratlari xususida  ( 33115 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:23:57

O’g‘li qotgan nonni mayin ezib, toza shakar bilan aralashtirib, har kuni nahorga ikki kaftdan iste’mol qilish qandli diabetga foydali.

Bir kilo chigit yaxshilab tuyiladi, uch litr suvda bir kecha-kunduz ivitib qo‘yiladi, keyin aralashtirib dokadan o‘tkaziladi. Olingan suvga novvotni yanchib qo‘shiladi. Keyin uni toza qozonga solib, sekin biroz qaynatiladi. Har kuni saharda nahorga 150 gr. dan ichib, uch soat yuriladi. Dori tugagach, bir hafta dam olib yangitdan tayyorlanadi va ichiladi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:24:11

Muntazam xom karam yeb yurish ham qandli diabetda foydali.

Siren gulining bahordagi g‘uddasini qaynatib, kuniga ovqatdan oldin bir osh qoshiqda uch martadan ichish ham qandli diabetga davodir.

Suv yoqasidagi tol bargidan yuz donasini suvda qaynatib, sovugach ichiladi, bu muolaja 10 kun davom etadi.

Qayd etilgan


Laylo  31 Iyul 2007, 02:45:52

QANDLI DIABET
yoxud uning asoratlari xususida


Sog‘liq o‘z qadrini biladiganlar uchun bebaho boylik. Odamzod nimaniki xor qilsa, aynan o‘sha narsaga zor bo‘ladi. Ba’zan haddan ziyod bemavrid ovqatlanishlar, spirtli ichimlik iste’mol qilish, tamaki chekish, bo‘lar-bo‘lmas ishlarga aralashib asabbuzarlik holatlari, albatta, vaqt o‘tgan sayin yuzaga kelayotgan kasallik, bemorlik poydevorini mus­tahkamlab boraveradi. Harakatdagi organizm goh bildirib, goho bildirmay yashirin ravishda kasallikni rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Tanaga "œyaxshigina" o‘rnashib olgan kasallik kutilmaganda kishini bezovta qilgandan so‘ng ham, shifokorga vaqtida uchrashmaymiz. Ish, ro‘zg‘or tashvishi, rejali tadbirlarni tanadagi og‘riqdan ustun ko‘ramiz ba’zan.
Hozirgi paytda kasallik turlarining ko‘payib borayotganligi dunyo tibbiyot tizimi xodimlarini tashvishga solmoqda. Inchunun, juda keng tar­qalgan qandli diabet kasalligi ham.
Qandli diabet, haqiqatan ham, keng tarqalgan kasallik. Dunyo miqyosida ushbu kasallikka chalingan bemorlar soni 100 million kishidan ortganligini statistik ma’lumotlar isbotlab turibdi. Achinarlisi shundaki, bemorlar soni yiliga 5-7 foizga o‘sib bormoqda.
Avvalo, qandli diabet nima? Bu inson organizmida moddalar almashinuvi kasalligi bo‘lib, qon tarkibidagi shakar (glyukoza)ning doimiy ravishda ortib borishidir. Qandli diabet kelib chiqish  sabablari turlicha bo‘lgan kasalliklar guruhi uning tarkibiga birlashishidir. Shu o‘rinda aytib o‘tmoq joizki, gen ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu kasallik irsiy belgilar orqali nasl­dan naslga o‘tishi tibbiyotda tasdig‘ini topgan.

Qayd etilgan


Laylo  31 Iyul 2007, 02:46:21

Haqiqatan ham, qandli diabet kasalligi yildan yilga oshib bormoqda. Viloyatda 2005 yilda bemorlarning umumiy soni 6155 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2006 yilga kelib 6975 ta; yangi aniqlanib dispanser nazoratiga olingan qandli diabet 2005 yilda 857 tani, 2006 yilga kelib esa 1293 ta yoki qalqonsimon bez — bo‘qoq kasalligi 2005 yilda 90587 tani, 2006 yilda bu raqam 102599 taga yetdi.
Viloyatdagi 52 nafar vrach endokrinologlarga 43 ta ish kabineti joriy etilgan bo‘lib, shundan 9 tasi viloyat endokrinologiya dispanserida, 11 tasi Buxoro shahrida, qolgan 23 tasi 11 ta tumanlarda tashkil etilib, 14 ta bolalar endokrinologlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan 2006 yil davomida 435 ming 400 nafar kasal vrachlar tomonidan ko‘rilgan bo‘lib, shundan 135 ming 527 tasi bolalar, 229 ming 873 nafar katta yoshdagilar. 2942 bemor esa uyiga borib ko‘rildi.
Viloyat endokrinologiya dispanserida 2006 yilda davolangan bemorlar soni 4207 nafar bo‘lib, shundan qandli diabet 2752 ta; qalqonsimon bez, bo‘qoq kasalligiga chalingan 1000 ta va 700 ta boshqa endokrin kasalligiga chalingan bemorlardir.
Bu qo‘rqitish emas, albatta. Qandli diabet bir umrlik kasallik bo‘lib uni butun hayot davomida davolashga to‘g‘ri keladi. Qandli diabet kasalligining asosan ikkita turi mavjud bo‘lib, 1-tur — bu insulinga qaram; 2-tur — insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabetdir.
Albatta, kasallikka chalingan har bir bemor doimo xavotir bilan yashaydi. Tushkunlikka tushmay, tetik ruh bilan hayotga qarash, yondashish, shifokorlar maslahatiga rioya qilish o‘ylaymanki, o‘zining ijobiy samarasini beradi.

Qayd etilgan


Laylo  31 Iyul 2007, 02:47:12

Hayotiy tasodif yoki nimadandir ranjish oqibatida ruhi tushgan sog‘­lom kishi haqiqiy bemorga aylanishi hech gapmas. Shunday ekan, bemorlar ham imkoniyat va vaqt borida kishi o‘z qalbida ishonch tuyg‘usini uyg‘ota olsa, yurakdagi ana shu ishonch orqali o‘ziga ham, uni davolayotgan shifokorga ham nihoyatda oson kechadi. Axir aytishadi-ku, tabobatning dardi ko‘p, darmoni ham oz emas deb...
Tabiiyki, qonga shakar oziqlanish yo‘li bilan keladi. Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari oqsil, yog‘, uglevodlardan tarkib topgan bo‘lib, oqsil tana uchun qurilish materiali hisoblanadi. Yog‘ va uglevodlar kuch-quvvat manbaidir.
Shu yerda yana bir izoh: Glyukozaning asosiy manbai — uglevodlar. Uglevodlar ichakdan qonga glyukoza tarzida so‘riladi. Uglevodlar (glyukoza) samarali qayta ishlanib, quvvatga aylanishi uchun insulin hosil bo‘lishi zarur...
Insulin — yuqori darajada faol kimyoviy modda, garmon bo‘lib, u oshqozon osti bezining alohida xujayralarida ishlab chiqiladi. To‘planib orolchalarga guruhlashadi. Mabodo tanada insulin yetishmasa, qandli diabet yuzaga keladi va rivojlanadi.
Ushbu kasallikka chalinganlar chanqash, og‘izning qurib qolishi, katta miqdorda siydik ajralishi, ozib ketish va holsizlik kabi alomatlaridan sezishlari mumkin. Bunday payt­da zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari shart.
O‘tib ketar, erta-indin uchrasharman, degan xayollar bilar beparvo bo‘lmaslik kerak. Muhimi, vaqtni boy bermaslik zarur. Ana shundagina kasallik tanadan tezroq chiqib ketadi...

Manzura G‘anieva,
Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri poliklinikasi mudirasi, oliy toifali vrach

Hurriyat.uz dan

Qayd etilgan


Soliha  10 Fevral 2008, 22:11:50

afsuski o'zi bemorligini bila turib dietaga rioya qilmaydigan insonlar ko'p. ozgina yesam nima bo'ladi degan gap noto'g'ri. ayniqsa bizning o'zbeklarimiz 1 oy oldin o'lchaganimda 6 edi norma edi deb o'ylashadi ammo bu noto'g'ri chunki qondagi qand 1 sutkani o'zida miqdoran tebranib (kolebayetsa) turadi. qand kasalligi asoratlari bilan og'ir kasallik hisoblanadi. tanani regeneratsiya funksiyasi (tiklanish) buziladi va turli a'zolarda trofik yaralar paydo bo'ladi.  chunki shirali muhit mikroblar uchun qulay sharoitdir.bunday yaralar asosan hirurgik yo'l bilan davolanadi. shuningdek qand kasalligi ko'plab boshqa kasalliklar uchun darvoza hisoblanadi.

Qayd etilgan


Skato  20 Mart 2013, 22:52:27

laylo siz oldin qaysi qandli diabetti qaysi turi to'risida yozganizzi bilvolin...


nodi siz  bo'lar bo'mas gaplani yozmen umuman forumga xozi sizzi yozganlarizzi o'qigan inson usha ishshi qilib ko'rsa va xudoni o'zi asrasinku gipperglikimiya holatiga tushib qolsa nima bo'ladi azgina o'ylash kere. bu insonku xayvonmas agar xudoni o'zi asrasinku siz etkandaka qilib gipperglikimiya holatiga tushkanda xech kim bo'mi qolsa va vafot etsa usha odammi vafotiga siz xam gunohkor bo'lasiz insonmizaku aqilli ishlatilu iltimos agar qandli diabet bilan og'rigan bemorla bo'sa siladan iltimos bu yerda yozilgan narsalani xech qaysini qilib ko'rmela inson xayoti uchun o'ta hafli... forum adminlarigaxam iltimos bunqa malumotlani forumdan tez o'chirib tashela agar not'ri gapirgan bo'lsam uzr oldindan...

Qayd etilgan