Y_U_R_I_S_T ha katta rahmat asab kasalligi haqida etarli malumot oldim.Bo'lmasa jinnilar ko'z oldimga kelyotgandi.
Jinnilik ham asab kasalligidan boshlanmaydimi
Jinnilik(aqli norasolik) va asab kasalligi umuman boshqa narsa. Bular bir-biridan ilmiy, tibbiy va yuridik jihatdan farq qiladi.
Men tibbiy va ilmiy farqlanishini bilmayman. Mutaxasisligim boshqa. Shuning uchun sizga yuridik ta'rif beraman:
"Jinoyat sodir etish vaqtida o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o'z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso, deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo'lgan, ya'ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o'z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi." O'z. Res. Jinoyat Kodeksi, 18-modda, 1 va 2-qismlari