Burundan qon ketishini davolash  ( 14836 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:43:35

To‘qson gramm bargizub suvini iste’mol qilish bilan burundan oqayotgan qonni to‘xtatish mumkin.

Mo‘miyoni suvda ivitib burunga tomizilsa, qon to‘xtaydi.

Qog‘ozni kuydirib naycha orqali kulini burunga yuborilsa, qon ketishi to‘xtaydi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:43:43

Surmani  peshona  va  boshning yarmiga  qo‘yib bog‘lansa,  burun  qonini to‘xtatadi.

Tuxum po‘chog‘ini mayin maydalab burunga qo‘yilsa, undan kelayotgan qonni to‘xtatadi.

Burundan  yoki  boshqa  joydan  to‘xtamay  qon  oqaversa,  lola  suvidan surkasangiz, qon to‘xtaydi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:43:51

Agar  burun   qonashdan  to‘xtamasa,   kabutar  bolasining  qoni   burunga tomizilsa, u batamom to‘xtaydi.

Agar burunga yara chiqib, undan qon va yiring oqsa, halila, za’faronni tovuq yog‘iga qo‘shib surkash yordam beradi.

Qayd etilgan


Dilnura  02 Aprel 2007, 17:43:47

Nodi siz aytganlarni shu zahoti amalga oshirish juda kiyin,chunki birinchi yordamni kancha sekin ko'rsatilsa shuncha ko'p kon ketishiga sabab bo'ladi.
 1 chidan kamdan kam oilada kabutar bolasini koni,lola moyi,yana shunga o'hshash noyob narsalar bo'ladi, men sizga aytsam buni kulayrok yo'llari juda ko'p mas:
 bemorni boshi yukoriga ko'tarilib,burnini tamponada kilinadi ya'ni  pahtani yumalok kilib burun teshiklariga ko'yiladi,so'ngra peshona kismiga sovuk suv to'ldirilgan selafanli bolishcha ko'yiladi yoki sovuk suvga solingan doka ko'yiladi.
 Menimcha bu jarayonni amalga oshirish yukoridagilardan ancha kulayrok.

Qayd etilgan


HusanBek  23 Avgust 2010, 08:02:38

Assalomu Alaykum, Kechirasiz man "Gaymorit" kasalligi haqida ma'lumot olmoqchi edim, Kerakli maslahatlar bera olsangiz hursand bo'lar edim.

Qayd etilgan


yoqutxon  06 Oktyabr 2010, 07:32:21

Assalomu Alaykum, Kechirasiz man "Gaymorit" kasalligi haqida ma'lumot olmoqchi edim, Kerakli maslahatlar bera olsangiz hursand bo'lar edim.
Vaaleykum assalam bu kasallik haqidagi ayrim malumotlar mana bu yerda yozilgan.http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4830.15

Qayd etilgan


yoqutxon  06 Oktyabr 2010, 07:34:45

Burundan qon ketganda tezda krapiva o'tidan choy damlab ichilsa yahshi yordan beradi, burundan qon ketishi to'htaydi.

Qayd etilgan