Turli yaralar davosi  ( 18337 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:56:20

Anor guli har qanday yara-chaqalarni daf etadi, ayniqsa, ichak yarasiga undan katta naf yetadi.

Gulxayrining tomirini qaynatib iste’mol qilinsa, ichak yaralarini davolaydi.

Tanadagi kuygan joylarga yoki yaralarga sirkadan surkab bog‘lansa, tezda davosini topadi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:56:29

Ukropni kuydirib, kulidan jarohatga surkalsa, foyda beradi.

Surma qo‘yilsa, yaradagi ortiqcha etni ketkazadi.

Ballut (dub yong‘og‘i) ichakdagi yaralarni bartaraf etadi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:56:37

Aloe (sabir) shirasi ko‘z, og‘iz, burundagi yaralarni, shishlarni va qo‘tirni davolashda eng yaxshi vositalardan sanaladi.

Ichak yaralarini davolashda anjabor (O’zbekistonning tog‘li yerlarida o‘sadi) sharbatini iste’mol qilish katta foyda beradi.

Agar tuya yungini kuydirib, kuli jarohatga sepilsa, tuzatadi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:56:49

Ayollar ko‘kragidagi yaraning davosi - unga gulxayri barglarini bog‘lashdir.

Rayhon urug‘ini yegan bemor ichak yarasidan qutiladi.

Quyonning qoni biron narsa chiqqan joyga bog‘lansa, og‘riqni qoldiradi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:56:59

Jayra qonidan surkalsa yoki bog‘lansa, yiringli yaralarni yo‘qotadi.

Tipratikanning kuydirilgan terisi yuqumli yara, tanadagi o‘sib chiqqan ortiqcha go‘shtlarni quritib yuboradi.

Quritilgan oshqovoq po‘sti yara va kesib olingan joylarga sepilsa, qon oqishini to‘xtatadi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 05:57:10

Qurigan sunbul yara ustiga sepilsa, tuzatadi.

Tirnoqgulning bargi arpa uni bilan aralashtirib qo‘yilsa, yiringli yaralarga davo bo‘ladi.

Yalpizning ho‘l bargini bir necha soat qaynagan suvga solib qo‘yib, teri yarasiga bog‘lang, davo bo‘ladi.

Ho‘l shivitni (ukrop) ezib, shishgan joylarga bog‘lasangiz, ularni pishiradi, agar zaytun yog‘i bilan aralashtirib bog‘lasangiz, foydasi yanada kuchliroq bo‘ladi.

Qayd etilgan