Yuz parvarishi  ( 42437 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:02:09

Ravoch ildizini yanchib, sirkaga qo‘shib yuzga surtilsa, undagi dog‘ va sepkilni yo‘qotadi, yuzni ko‘rkam qiladi.

Qovunni muntazam iste’mol qilib yurishning sepkil, qotgan qon va dog‘larni yo‘qotishda foydasi bor.

Dengiz piyozini tuz bilan aralashtirib iste’mol qilinsa, so‘gal chiqqan joyni tekislab qo‘yadi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:02:41

Achchiq bodom mag‘ziga sirka aralashtirib, dog‘ va sepkil bor joyga surtilsa, ularni tezda ketkazadi.

Dolchin yuzdagi dog‘ va sepkillarni ketkazuvchi eng yaxshi vositalardan sanaladi.

Tuxumning sarig‘ini  asalga   qo‘shib   yuzga  surtilsa,   yuzdagi  dog‘larni ketkazadi, oqi surkalsa, quyosh nuri u yuzga ta’sir qilmaydi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:02:49

Arpa ezib bog‘lansa, yuzdagi dog‘ va qo‘tirga barham beradi.

Sedanani yanchib, ilon qonida iylab surkalsa, teridagi dog‘larni daf etadi.

Oq va qora murch lab tortishganda va yuz qiyshayganda shifodir.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:02:56

Nargis guli ham yuzdagi dog‘larni ketkazadi.

Pishirilgan ot sutini iste’mol qilish yuz rangini qizartiradi.

Baqlajon suvi yuzga surtilsa, undagi dog‘larni kamaytiradi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:03:04

Yuzida dog‘i bor odam quyon suti ichishi yoki turp urug‘i yeyishi kerak.

Yuzingizda dog‘ bo‘lsa, turp urug‘ini maydalab, sirka bilan aralashtirib surting.

Yuz falaji bor odam qo‘shjiyda gulini hidlasin va sarimsoq yeb tursin.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:03:17

Yasmig‘ni  pishirib,  qovun urug‘ini  maydalab, unga aralashtirib yuzga surtsangiz, rangu ruxsoringizni ochadi, yuz sariqligini bartaraf etadi.

Mirt mevasini loviya uni bilan xamir qilib yuzga surtilsa, yuz dog‘ini yo‘qotadi.

Yong‘oqning po‘stlog‘ini maydalab, uni sirka bilan xamir qilib yuzga surtsangiz, yuzingizni qizartiradi.

Daraxt tanasidagi   qo‘ziqorindan   0,8   gramm  yesangiz,   yuzingiz  go‘zal bo‘ladi.

Qayd etilgan


Odina  19 Fevral 2007, 10:35:26

Assalomu  Alaykum!!!

Opajon  Yasmig‘ni o`zi  nima?Uni qaydan topsak bo`ladi?

Qayd etilgan


New_city  01 May 2007, 19:23:13

Yuzdagi dog`larni ketkazish uchun nima qilish kerak?

Qayd etilgan


lolo  02 May 2007, 10:21:14

Yuzdagi dog'larga ichaklardagi shlaklar sababchi, deyishadi ko'pchilik shifokorlar. Ba'zi shifokorlar esa ichki organlarning nosog'lomligi yuzga tasir qiladi, deyishadi. Yana ba'zilari bu uni qonida bor, deyishadi. Mani fikrimcha tuzatishdan oldin uni sababini aniqlash kerak, chunki noto'g'ri muolaja tufayli bu kasallik yanada avj olishi mumkin.

Qayd etilgan


Ashiq Garib  12 May 2007, 14:24:19

Yuzdagi dog'lar _qilgan hatolaringiz uchun "kongil"  qoraygan ,shu dog'lar yuzga chiqar ekan

buning muolajasi Dilni dog'dan poklash kere _bunig uchun afsus -nadomat lar chekib yig'lash kere.Gunohdan tavba qilib _bundan keyn gunohlardan saqlanish kerak..
..bobomda eshtgan eidm buni--yana bilmadim

Qayd etilgan