Ilon-chayon chaqishi, quturgan it tishlashi davosi  ( 16864 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:04:37

Oq va qora murch ilon zahrini, hasharotlar chaqqan joydagi og‘riqni kesadi.

Ilon chaqqan joyga sigir tezagi issiq-issiq holida bog‘lansa, zahari ta’sirini yo‘qotadi.

Kunjutni yanchib ilon chaqqan joyga bog‘lansa, foyda beradi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:04:47

Zirani yanchib, sirkaga aralashtirib ichilsa, ilon zahrini yo‘qotadi.

Ilon chaqsa, o‘sha yerga suvdagi baqaning qornini yorib bosish kerak.

Sigir suti va mol yog‘i ilon chaqqanida zaharini daf qiladi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:05:56

Ilon chaqsa, chaqilgan joyga nashtar urib, qortiq bilan qoni so‘rib tashlansa, og‘riqdan xalos bo‘linadi.

Besh diram qalampirni yaxshilab tuyib, yoqqa aralashtirib ilon chaqqan bemor og‘ziga quyilsa, shifo bo‘ladi.

Chayon chaqqanida sarimsoq piyozni ezib, tuz aralashtirib bosilsa, davo bo‘ladi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:06:08

Sirka chayon chaqqan joyga surkalgani hamon foyda beradi.

Qisqichbaqa go‘shti chayon chaqqan joyga bosilsa, zahrini kesib, og‘rig‘ini daf qiladi.

Qo‘ng‘izni yanchib chayon chaqqan joyga qo‘ysangiz, zahrini oladi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:06:57

Pista iste’mol qilish har qanday zaharli hasharot zahrini kesadi.

Hasharot chaqqan joyga yovvoyi zanjabil qo‘yish ham shifodir.

Muxallis   (yaproqli   norichnik)  har   qanday   zaharni   kesuvchi   vosita hisoblanadi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:07:10

Ari chaqqanida sikanjabun, ispag‘ul, sirka qo‘yish foyda beradi.

Quturgan   it   tishlaganida   sarimsoqni   ezib,   tok   kuli   va   sirkaga aralashtirib, tishlangan joyga qo‘yilsa, darddan forig‘ bo‘linadi.

Shirin bodom mag‘zi anjirga qo‘shib iste’mol qilinsa yoki ikkovini iylab bog‘lansa, quturgan it qopganda shifo bo‘ladi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:07:18

Quturgan it qopganda piyoz suvidan bir piyoladan uch kun mobaynida ichib turilsa, zahri tanadan ketadi.

Quturgan it tishlagan joyga yalpiz bog‘lansa ham, foydasi bor.

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  19 Avgust 2007, 01:35:33

Shifolarni o'qib chiqdim!
Tavsiyalar uchun rahmat Nodi !

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 20:02:27

Ajoyib m'lumotlar uchun rahmat. Ilohim bu davolarni hayotda qo'llashga to'g'ri kelmasinu, lekin agar shunday bo'lib qolsa yordami tegadi

Qayd etilgan