GERMANIYA BUNDESLIGASI  ( 40182 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Shoxjahon12  28 Mart 2008, 16:37:50

TONI:" CHEMPIONLIK HAQIDA GAPIRISHGA HALI ERTA"




'Bayer" bilan o'yindan keyin ("Bavariya"ning 2:1 hisobidagi g'alaba bilan tugagan) "Bavariya"ning italiyalik xujumchisi Luka Toni jamoasini chempion deb hisoblashga hali erta ekanligini ta'kidladi. "Chempionat hali tugagani yo'q. Shuning uchun tabiiyki chempionlik masalasi hali ochiq turibdi. Bugun biz g;alaba qozonishimiz shart edi va buni uddaladik", dedi Toni. Eslatib o'tamiz, Luka Toni Germaniyadgi o'zining debyut mavsumidayoq hozircha 16ta gol urishga erishgan bo'lsa, "Bavariya" chempionat tugashiga 9 tur qolganida yaqin ta'qibchisidan 7 ochkoli farq bilan o'zib ketgan.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  16 May 2008, 12:38:14

LEMANN  VATANIGA QAYTISHI MUMKIN


Angliyaning "Arsenal" klubi posboni germaniyalik Yens Lemann London klubidagi faoliyatida mamnun emas. U "kanonirlar" asosiy tarkibidagi o'rnini Manuel Almuniyaga berib qo'ygacha zahira o'rindig'ida qolib ketmoqda. Shuning uchun ham nemis posboni shu yozda Germaniyaning "Shtutgart" klubiga o'tish niyatida.

Qayd etilgan


ikbaljohn  17 May 2008, 12:07:36

Bavariyani muddatidan oldin chempiyon bo'lganini yozmabsilaru?
Barcha Bavariya muxlislarini (mendan tashqari yana Bavariya muxlisi borligiga shubxam bor :D) chempiyonlik bilan tabriklayman!

Qayd etilgan


Ahmadiy  17 May 2008, 13:51:26

-Ha bu yil "Bavarya Munchen" chempin bo'ldi va man juda ham hursandman....
Yahshi ko'rgan o'yinchim Franc Bilol Riberiy ham chempionlar safidaligi mani ikki bor hursand qildi....

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 May 2008, 12:52:46

'BAVARIYA" CHEMPION

Qayd etilgan


Shoxjahon12  02 Iyun 2008, 15:27:02

"BAVARIYA"  BUTTGA  QIZIQMOQDA


"Bavariya" rahbariyati "Bayer" va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni, ayni paytda Portugaliyaning "Benfika"sida to'p surayotgan Xans Yorg Buttga qiziqish bildirilayotganligini tasdiqlashdi. "Biz u bilan gaplashib oldik va barcha masala yaqin kunlarda hal etiladi",dedi "Bavariya" bosh menejeri Uli Xyoness. 34 yoshli Xans Yorg Butt ham o'z vataniga qaytishga  qarshi emas.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Iyun 2008, 17:52:42

''BAVARIYA"  GOMESNI OLMOQCHI


"Bavariya" klubi rahbarlaridan biri Karl Xaynts-Rummenige "Shtutgart" va Germaniya terma jamoasi xujumchisi Mario Gomesga qiziqish bildirilayotganligini tasdiqladi. "Biz ayni paytda muzokara olib bormoqdamiz va bir qancha klublar qiziqishiga sabab bo'layotgan Gomesni o'z safimizda ko'rmoqchimiz", dedi Rummenige.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Avgust 2008, 18:18:17

DIEGO  KIMGA  NASIB  ETADI?

Nihoyat "Verder" rahbariyati jamoaning pleymeykeri braziliyalik Diegoga Madridning "Atletiko"sidan taklif bo'lganligini tan oldi. Madridliklar Diego uchun 12 million yevro taklif etishgan. Lekin "bremenlik musiqachilar" Diegoni 18 milliondan kamiga sotmoqchi emaslar.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Avgust 2008, 17:30:54

TONI  YANA  SAFDA

"Bavariya"ning italiyalik xujumchisi Luka Toni "Borussiya" bilan bo'ladigan bundesliga 2-turida o'yinda maydonga tushishi mumkin. Myunxenliklarning yana bir legioneri Riberi esa shu haftadan yengil mashg'ulotlarga kirishadi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 Avgust 2008, 16:11:10

'GAMBURG'  A'ZOSI  ANGLIYADA

"Gamburg" rasmiy sayti xabariga ko'ra, ximoyachi Vensant Kompani Angliyaning "Manchester Siti" klubiga yo'l oladigan bo'ldi. Ikki jamoa rahbarlari transfer masalasini hal qilib bo'lishdi.

Qayd etilgan