"BAVARIYA" BUTTGA QIZIQMOQDA
"Bavariya" rahbariyati "Bayer" va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni, ayni paytda Portugaliyaning "Benfika"sida to'p surayotgan Xans Yorg Buttga qiziqish bildirilayotganligini tasdiqlashdi. "Biz u bilan gaplashib oldik va barcha masala yaqin kunlarda hal etiladi",dedi "Bavariya" bosh menejeri Uli Xyoness. 34 yoshli Xans Yorg Butt ham o'z vataniga qaytishga qarshi emas.