Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!  ( 27806 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Dilmurod Nizamutdinov  04 Noyabr 2006, 14:13:50

Osmondagi yulduzlar tanho,
Kuyosh tanho, bu zamin tanho!
Eshit, tingla so'zlarim mudom,
Dustlik tanxo, muhabbat tanxo!

Hayot so'qmog'ida qoqilsam birdan,
Agar yiqilsam, turolmay xech ham.
Kimga suyangayman, kimga ishonay,
Ko'nglimni chulg'asa betinim alam?

Qo'lingni cho'zasan, madadkor bo'lib,
Ko'z yoshim artasan sochlaring ila
Kalbimga qo'l solib, xamsuxbat bo'lib
Alamni yengarsan, q'ayrating ila.

Do'stginam, dunyoda o'zing bebaxo
O'zingsan farishta, o'zingsan zebo.
Eshit, tingla so'zlarim mudom,
Do'stlik tanxodir, muxabbat tanxo!

Qayd etilgan


watson  05 Noyabr 2006, 03:38:52

dahshat!!!!!!!!!

Qayd etilgan


Dilnura  02 Aprel 2007, 16:39:50

Gap bo'lishi mumkunmas :9

Qayd etilgan


Fatima  10 Aprel 2007, 15:50:06

Do’st

Ko’p ishonibman, afsus uzimga

Dustlarimni xech, ilmay kuzimga

Armon tuz berar, endi suzimga

Insonning dusti, bor bulsin ekan.

 

Yurakda orzu, dustlaring bilan

Niyating ezgu dustlaring bilan

Yutmaysan ogu dustlaring bilan

Insonning dusti bor bulsin ekan.

 

Omading nogox, kaytgan oningda

Dardu alamlar yonsa joningda

Fakat chin dustlar, turar yoningda

Insonning dusti bor bulsin ekan.

 

Yurakda orzu dustlaring bilan

Niyating ezgu dustlaring bilan

Yutmaysan ogu dustlaring bilan

Insonning dusti bor bulsin ekan

 

Yurakda orzu dustlaring bilan

Niyating ezgu dustlaring bilan

Yutmaysan ogu dustlaring bilan

Insonning dusti bor bulsin ekan

Qayd etilgan


Ashiq Garib  10 May 2007, 18:09:58

Ey, aziz do`st, ko`zlaring giryon, mani tark aylama,
Ketma mandan yiroq, osmon mani tark aylama,
Ey, zamin, poyimda tur, davron mani tark aylama,
O`zga olamda yurib, karvon mani tark aylama.

Ko`k aro sendan sendan munavvardur ul mohi anvari,
Qo`ldagi qutlug` asoying yo`lda jonim rahbari,
Men-ku chavgonman nigohing olmagil mandan nari,
Qistama otingni, ey, armon mani tark aylama.

Goh uyonu, goh buyona talpinar lov-lov yonib,
Titragan ojiz bu tanda e’toqod ham o`rtanib,
Bo`ldi kim sobit bu yo`lda kimdir imondan tonib,
Duo etarman yolvorib, imon mani tark aylama.

Ey, zamin poyimda tur, davron mani tark aylama,
Jism aro jonsan hamisha, jon mani tark aylama.



Qayd etilgan


Amina  14 May 2007, 12:08:05

Aslida haqiqiy dost svegidan hamustnro tursa kere manimcha.
she`rla esa juda ta`sirli!

Qayd etilgan


lolo  15 May 2007, 21:26:53

Agar sen birov bilan do’st tutinmoqchi bo’lsang bunga amal qil:

Har do’stki, dilida uch xislat bo’lmas,
Kech undan, do’stlikka also arzimas.
Biri vafodorlik, biri sir saqlash,
Biri molin sendan ayamasa bas!

"œHar narsaning yangisi yaxshi, ammo do’stning eskisi!" Hakimlarning aytishicha, har kim badavlatlik paytida do’stlarga yordam qo’lini cho’zmasa, bechoralik paytida hech kim unga qo’lini cho’zmaydi. So’radilar: "œDo’st kim?" Javob: "œOg’ir kunlarda qo’llagan kishi!"

Qayd etilgan


lolo  15 May 2007, 21:30:52

Hikoyat. Bir ulug’ kishining do’sti tunda eshik qoqib keldi. Ulug’ kishi o’rnidan turdi, bir halta pul oldi, o’tkir qilich osdi va kanizagiga sham olib birga yurishini tayinladi. Eshikni ochib do’stiga dedi: "œSening kelishing sababini uch narsa deb tahmin qildim. 1-biror hodisa yuz berib pulga muhtoj bo’ldingmi deb pul olib chiqdim! 2-dushman senga hujum qildimikin deb qilich ko’tarib chiqdim! 3-biror ishing bo’lsa deb kanizagimni olib chiqdim!" Do’sti undan uzr so’radi va do’stiga ishonchi yanada oshdi.

Bir hakim buyuradi: "œDo’sting senga nasihat qilishdan erinsa, to’g’ri yo’l ko’rsatishga urinmasa, aybingdan seni ogohlantirmasa, unday do’stdan kechmoq va uzoqlashmoq kerak."

Qo’lingda bor ekan toki imkoning,
Birovning ko’ngliga bermagin ozor.
Minglab kishilarni do’st tutmoq yaxshi,
Ammo bitta dushman undan ham bisyor!

Bir hakimdan so’radilar: "œQanday safar eng uzoq safar?" Javob: "œSadoqatli do’stni qidirish safari!"

Qayd etilgan


lolo  15 May 2007, 21:33:54

Yaxshi do’st atrfurushga o’xshaydi, u o’z atridan sizga bermasa-da, siz uning atrlari hididan bahramand bo’laverasiz. Yomon ulfat temirchiga o’xshaydi, uning olovi sizni kuydirmasa-da, biroq qora tutuni sizga ta’sir qilaveradi. Shuning uchun yomon ulfatdan qoching.

Anbar sotuvchining oldidan o’tsang,
Libosing anbarning hidin oladi.
Temirchi yonidan o’tganing zamon,
Qora dudi senga yuqib qoladi.

Donolarning aytishicha do’st 3 hil bo’ladi: 1-jon do’st, bunday do’st haqiqiy hisoblanadi va u o’z do’sti uchun jonini ham ayamaydi. 2-til do’st, u rasman tilda do’stlik izhor qiladi, ammo boshga biror kulfat tushsa o’zini ko’rsatmaydi. 3-mol do’st, bunday do’st yeb-ichish uchungina do’st bo’ladi. Puling tugaganda esa qorasini ko’rsatmaydi.

Kulib boqsa kishiga tole’,
Kamayadi dushmanlari ham.
Bevafolik qilsa tolei,
Dushmanlarga to’lar har qadam!

Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:55:12

Menga do’st kerakdir, do’st bo’lar faqat,
O , fikri fikrimga gar monand bo’lsa.
Ishoning, ont ichay, umrim hadya,
Xalqila bir yig’lab, birga shod bo’lsa.


Bir beburdlik topgan qadringni,
Sovurishga qilar kifoya.
Kichik ishga ixlos, e’tibor,
Ulug’ ishga bo’lar bir poya.



Mayli, zarralarga aylansin yurak,
Do’stlik, mehr bo’lib singsa har tanga.
Axir, she’r, yurak ne uchun kerak,
Yaxshilik qilmasa agar insonga.      Shukrullo


Qayd etilgan